Основные понятия, компоненты и модели


So‘rovdan maydon va jadvallarni o‘chirish



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə59/78
tarix24.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#193238
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78
Основные понятия, компоненты и модели

7.2.3 So‘rovdan maydon va jadvallarni o‘chirish.


So‘rov blankidan maydonlarni o‘chirish uchun u joylashgan ustun tanlanadi va [Del] tugmasi bosiladi yoki Правка menyusining Удалить столбцы buyrug‘i bajariladi.
So‘rovdan jadvallarni o‘chirish uchun avvalo so‘rov konstruktori oynasining yuqori qismida joylashgan jadval belgilanadi. Buning uchun uning maydonlaridagi ixtiyoriy nomi sichqon yordamida bosiladi. So‘ngra [Del] tugmasi bosiladi yoki Правка menyusining Удалить buyrug‘i tanlanadi.

7.2.4 Yozuvlarni tanlash mezonini o‘rnatish


Tanlash mezoni yordamida foydalanuvchi Access га jadvalning qaysi yozuvlarini tanlash va so‘rov bajarilishining natijaviy jadvalida aks ettirish kerakligi ko‘rsatiladi. Tanlov mezoni bittia yoki bir necha maydon uchun ko‘rsatilishi mumukin. Mazkur misoldagi tuzilgan so‘rov natijasida «4» va «5» baho olgan «101» nomerli gurux o‘quvchilari haqidagi ma’lumotlar tanlanadi.



7.2.5 So‘rovda ma’lumotlarni saralash


So‘rovlar bajarilishi davomida qatnashadigan yozuvlar Recordset dinamik ma’lumotlar to‘plamida alfavit bo‘yicha o‘skuchi yoki kamayuvchi tartibida saralanishi mumkin. Bir paytning o‘zida bir nechta maydon (10 tagacha) tashkil etuvchilari ustida saralash ishlarini bajarish mumkin. Saralashni bajarish uchun so‘rov blankining maydon nomiga ega va saralash bajarilishi zarur bo‘lgan ustuniga o‘tiladi, Сортировка satrida saralash usullari ko‘rsatiladi. Bu qatorda sichqon bosilganda saralash usullari ko‘rsatilgan ro‘yxat maydoni paydo bo‘ladi. Отсутствует qiymati mazkur maydon bo‘yicha saralashni bekor qilishni bildiradi.

7.2.6 So‘rovda maydonlarni aks ettirishni bekor qilish


Zarurat tug‘ilganda yozuvlarning natijaviy to‘plamida maydonlarni aks ettirishni bekor qilish mumkin (hatto saralash bajarilayotganlar uchun ham). So‘rov blankining mos ustunidagi Вывод на экран qatoridagi indikator ochilganda (yoqilganda) maydonlar so‘rov natijalari jadvalida aks ettiriladi. Aks ettirishni bekor qilish uchun indikatorni bosish (o‘chirish etarli).

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin