Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
275
w
www.oriens.uz
July
2021
UYG‘UR TILIDAGI O‘SIMLIK NOMLARIDA ARABIZMLAR
Gisarov F.M.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o’qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada uyg’ur tilidagi ba’zi arabizmlar haqida mulohaza yuritiladi.
Uyg‘ur tili ham barcha turkiy tillar kabi o‘zining morfemik, morfologik, leksik-
semantik, grammatik , sintaktik , stilistik o‘ziga xos tizimiga ega bo‘lgan qadimiy
tillardan biri hisoblanadi.
Kalit so’zlar: arabizm, qomusiy bilimlar, “Kitobu s-saydana fi-t-tib”, Susrut,
Qirotus
ABSTRACT
This article discusses some of the Uyghurs in Arabic. Uyghur, like all Turkic
languages, is one of the ancient languages with its own morphemic, morphological,
lexical-semantic, grammatical, syntactic and stylistic system.
Keywords: Arabicism, encyclopedic knowledge, "Kitabu s-saydana fi-t-tib",
Susrut, Qirotus
KIRISH
Qomusiy bilimlar sohibi Abu Rayhon Beruniy “Kitobu s-saydana fi-t-
tib”(“Tibbiyot farmakognoziyasi”)nomli asarning muallifidir.
Mazkur kitobda sharq
tabobatida qo‘llanilgan 674 ta dorivor o‘simliklar va 90 xil o‘simlik mahsulotlari
haqida ma’lumotlar jamlangan. Abu Rayhon Beruniyning”Saydana” asarida bundan
tashqari104ta hayvonlarning go‘shti, ichki a’zolari, shoxi, junlaridan tayyorlanadigan
shifolik ahamiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar keltirilgan.Abu
Rayhon Beruniyning
farmakognoziya fani oldidagi katta xizmatlaridan yana biri shuki, alloma o‘zigacha
boshqa olimlar tomonidan noto‘g‘ri qo‘llanib kelgan yoki
nodurust tarjima etilgan
113 ta dorivorlarning nomlari, ya’ni atamalarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqid
qilgan va ularni qanday atash to‘g‘ri bo‘lishini ta’riflab, asoslab bergan.