2021 uyg‘ur tilidagi o‘simlik nomlarida arabizmlar gisarov F. M


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix24.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#70194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
uyg-ur-tilidagi-o-simlik-nomlarida-arabizmlar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
280 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
Ishoq-Xunayn ibn Ishoqning o‘g‘li Abu Yo’qub Ishoq ibn Xunayn ibn Ishoq al 
Ibodiy va uning “Sodda dorilar haqida kitob”, “Hamma yerda uchraydigan dorilar” 
kitoblari “Saydana”da ikki paragrafda keltirib o‘tilgan. 
Qusto-Qust ibn Luka al Ba’lbakkiy, Suriya (Ba’albakka)da tug‘ilgan, arman 
millatiga mansub vrach, faylasuf, astronom, matematik olim, Armanistonda vafot 
etgan.“Saydana”da 8 paragrafda eslab o‘tilgan. 
Al Jayhaniy - Buxoro amiri Nasr II(Ikkinchi)ning vaziri Abu Abdulloh 
Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Al Jayhoniy va uning “Davlatni bilishda yo‘llarning 
ahamiyati” kitobi “Saydana”da 3 o‘rinda eslab o‘tilgan. 
Ar Roziy-Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ibn Yahyo ar-Roziy, turli 
sohalarda 260 ga yaqin asar yozgan buyuk olim, “Saydana”da Beruniy bu olimni va 
asarlarini 270 marta eslatib o‘tgan. 
Abu Zayd al Balxiy (235/850-322/934)-Abu Zayd Ahmad ibn Sahl al Balxiy
Balx okrugida tug‘ilgan Al Kindiyning shogirdi, Al Balxiy va uning “Kimyo kitobi” 
“Saydana”da 2ta paragrafda keltirilgan. 
Xamza 
al 
Isbahoniy 
–Abu Abdulloh Xamza ibn al Hasan al 
Isbahoniy(Isfahoniy)(280/893-360/970) Isfahon shahrida tug‘ilgan, Bag‘dod shahrida 
yashagan tarixchi,filolog olim. Beruniy uning fors tilidagi asarlarini va olimni 
“Saydana”da bir necha o‘rinlarda keltirib o‘tgan. 
Sobit(976-yilda vafot etgan)-Sobit ibn Sinon va uning “Tarix” kitobi 
“Saydana”da uchta paragrafda keltirilgan. 
Abu l Hasan At Turunjiy va uning “Kunnash”(To‘plam) kitobi «Saydana» da 17 
marta keltirib o‘tilgan.
Ibn Mandavayh-Abu Ali Ahmad ibn Abdurrahmon ibn Mandavayh al Isfahoniy 
Adud Davla tomonidan Bag‘dodga taklif etilgan. Bu olim 40 ga yaqin kichik risolalar 
yozgan.”Saydana”da 12 paragrafda zikr etilgan. 
Abu l Hasan al Amiriy (991-yilda olamdan o‘tgan).Abu l Hasan Muhammad ibn 
Yusuf al Amiriy an Nisaburiy, ”Saydana”da bu olim 2 o‘rinda zikr etilgan. 
Buxteyshu ibn Abdulloh(Ubaydulloh bo‘lishi ham mumkin)va uning “Al Kofiy” 
kitobidan Beruniy bir necha iqtiboslar keltirgan. 
Ibn Samanjun (1009-1010 yilda vafot etgan)Abu Bakr Xamid ibn Samanjun va 
uning “Sodda dorilar haqida”kitobiga 2 o‘rinda murojaat qilingan. 
Abu sahl (1010-yilda olamdan o‘tgan) Abu Sahl Iso ibn Yahyo al Masihi Al 
Jurjoniy-vrach, tabiatshunos, astronom va faylasuf. Gurgonda tug‘ilgan, Xorazmlik 
bu olim Ibn Sino, Beruniy va Abu l Xayr kabilar bilan birga ijod qilgan. “Tib 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin