Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 279
w www.oriens.uz July 2021 Al Jaxiz- Abu Usmon Amr Ibn Baxr al Joxiz (780-869 y.y.)- Basrada yashagan
arab filologi, faylasufi, adibi, «Saydana»da uning «Hayvonlar to‘g‘risida kitob»i 8
paragrafda zikr etiladi.
Sabur-Sabur ibn Sahl-Jundishopur shifoxonasida boshiaruvchi bщlib ishlagan va
850-yilda Bag‘dod shahriga taklif qilingan. Bu vrachning “Sabur farmakopiyasi”
asari uch asr davomida dorixonalar va shifoxonalarda asosiy manba bo‘lib kelgan.
“Saydana”da bu kitobdan bitta o‘rinda iqtibos keltirilgan.
Al Kindiy-Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq ibn As Sabboh al Kindiy-800-yillarda
Basrada tug‘ilgan, Bag‘dodda yashagan buyuk arab faylasufi, qomusiy olimi. Uning
asarlari qatorida 30 ta medisina bo‘yicha asarlari turadi. Beruniy o‘z kitobida 7
o‘rinda bu muallif ishlaridan iqtiboslar keltirib o‘tgan.
Xunayn ibn Ishoq-(808-873 y.y.)-Abu Zayd Xunayn ibn Ishoq al Ibodiy Xiro
shahrida farmasevt oilasida tug‘ilgan. Yahyo ibn Masavayhning shogirdi, arab, fors,
suryoniy va grek tillarini mukammal bilgan tibbiyot tarjimoni va vrach. U Galen,
Buqrot, Aflotun, Aristotel, Dioskrid, Ptolemey, Oribaziy va Pavel asarlaridan 150
tasini arab tiliga tarjima qilgan.Uning 100 ga yaqin original asarlar yozganligi
keltiriladi, biroq ular to‘liq saqlab qolinmagan.”Saydana”da Xunayn ibn Ishoqning
uchta asari: “Dorilarning ishonchli ro‘yxati”, “Sodda dorilar nomlari haqida”,
“Xunayn taryoqi”dan ko‘p iqtiboslar keltiriladi.
Ibn Masa-Iso ibn Masa Marv shifoxonasida vrachlik qilgan, to‘g‘ri ovqatlanish,
qon olish, hammomlardan to‘g‘ri foydalanish haqida asarlar yozgan.”Saydana”da 36
ta paragrafda uning ismi zikr etilgan.
Xubaysh-Xubaysh ibn al Hasan al A’sam Ad Dimashqiy Xunayn ibn Ishoqning
jiyani va shogirdi. U ustozining asarlarini suryoniy tiliga tarjima qilgan. Xubaysh
Galenning 35 ta asarini arab va 3 ta asarini suryoniy tillariga tarjima qilgan.
“Saydana”da unga 7 ta paragrafda murojaat qilingan.
Ibn Sarabiyun-Yuxanna (Yahya)ibn Sarabiyun (Serapion)-Ixasr ikkinchi
yarmida Damashqda yashagan suriyalik vrach, medisina bo‘yicha ikkita to‘plam
yozgan va u “Saydana”da 4 o‘rinda zikr etilgan.
Saxarbuxt-Iso ibn Saxarbuxt va uning “Sodda dorilarning kuchi haqida” kitobi
“Saydana”da 80 marta zikr etilgan.
Abu Hanifa (815 yoki 825-895)-Abu Xanifa Axmad ibn Dovud ibn Vanand Ad
Dinovariy va uning “O‘simliklar haqida kitob”i “Saydana”da 230 o‘rinda zikr etilgan.
Sobit ibn Qurra-Abu l Hasan Sobit ibn Qurra as Sobi al Xarroniy(834-901 y.y.)
va uning “Tibbiyot fanining ganjinasi” kitobi “Saydana”da bir o‘rinda keltirilgan.