Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 281
w www.oriens.uz July 2021 san’atining yuz san’ati” kitobini muallif xorazmshoh Abu l Abbos Ma’mun ibn
Ma’munga bag‘ishlagan. Bu muallif va kitobi “Saydana”da 8 o‘rinda zikr etilgan.
Ali ibn Iso Bu ism ko‘z shifokori Sharafuddin Ali ibn Iso al Kahhalga tegishli
bo‘lsa kerak deb yozadi U.I. Karimov. Ali ibn Isoni Beruniy o‘z kitobida 2 marta
keltirib o‘tgan.
Abu l Xayr al Hasan ibn Sivar ibn Bobo ibn Behnom ibn al Hammar 942-yilda
Bag‘dodda tug‘ilgan, mantiq va falsafa bilan shug‘ullangan. Abu l Xayr Beruniy va
Ibn Sino bilan birga Ma’mun akademiyasida ishlagan olimdir. U suryoniy tilidan arab
tiliga tarjimalar qilgan. “Saydana”da Abu l Xayr 70 martaga yaqin keltirilgan.
Abu Ali ibn Miskavayh (1030-yilda olamdan o‘tgan), uning “Xalqlar tajribalari”
kitobidan tashqari “Ichimliklar kitobi”, “Eguliklar kitobi”, “Sodda dorilar haqida”
kabi asarlari “Saydana”da 4ta paragrafda keltirib o‘tilgan.
Yuqorida ismlari keltirilgan olimlardan tashqari Abu Rayhan Beruniy o‘z
asarida Abu l Abbos Xushshakiy, Abu Zayd al Arrajjoniy, Abu Malik, Abu Mu’oz,
Abu Nasr An Nisaburiy, Abu Nasr Al-Xatibi, Abu Sa’d al Jurjoniy, Abu Saxl ar
Rasailiy, Abu Umar, Al Azdiy, Ali ibn Xamza al Isbahoniy, Badig‘urus, Bishr ibn
Abdulvahhob al Fazariy, Bishr As Sijoziy, Germes, Az Zanjaniy, Irohim Al Valiy,
Ibrohim as Sandaniy, Yushubuxt al Matran, Al Ma’mun, Muhammad Attor, An
Najjar, As Savahiliy, As Sibaviy, As Sullabiy, At Tohir ibn Muhammad, Tohir As
Sijaziy, Al Umaniy, Al Fahlaman yoki Al Bahlaman, Hakam ibn Xunayn, Hasan,
Hofiz ad Din, Al Xuziy, Chendiy(yoki Cheng Chi-mashhur xitoylik tabib, dieta
saqlash bo‘yicha kitob muallifi II asrning ikkinchi yarmida yashagan) kabi
mualliflarning asarlaridan ham iqtiboslar keltirgan.
Sharq
tabobati
ilmining
shakllanishi va taraqqiy topishida Uyg‘ur tabibchiligi ham salmoqli ahamiyatga
egadir.Shinjong Xalq Sixxiya nashriyotida 2012 yilda chop etilgan II qismdan
iborat ”Uyg‘ur tabobati xom dorilar ilmi” ensiklopediyasida Uyg‘ur dorivor
o‘simliklar bilan davolash tarixi, tibbiy usullarning benazirligi, xalq tabobati
texnikasi, inson tanasining fiziologik tuzilmalari orasidagi uzviy bog‘liqlik, inson
tanasi a’zolarining faoliyati, ushbu faoliyatni yaxshilash yo‘lida foydali
dorivorlarning o‘ziga xos ahamiyatli jihatlari, tabiatda xom uchraydigan shifobaxsh
o‘simliklarning turlari, ulardan inson salomatligini yaxshilashda qo‘llanish metodlari,
mazkur o‘simliklarning kimyoviy tarkiblari va ularni tabobatda ishlatish me’yorlari
kabi masalalar batafsil bayon etilgan.Ushbu ensiklopedik salohiyatga ega bo‘lgan
kitob uyg‘ur tabobatchilik-dorigarchilik(farmasevtika)oliy maktab(o‘quv yurt)lari
uchun darslik vazifasini o‘tab kelmoqda.