2021 uyg‘ur tilidagi o‘simlik nomlarida arabizmlar gisarov F. M



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix24.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#70194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
uyg-ur-tilidagi-o-simlik-nomlarida-arabizmlar

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Abu Rayhon Beruniy o‘zidan oldin va o‘z zamonida ilmiy asarlar yaratgan
tabobat ilmi bo‘yicha kitoblarni yunon, grek, rum tillaridan arab tiliga, suryoniy tilga 
tarjima qilib bergan ko‘plab olimlarning ishlarini sinchiklab o‘rganib chiqdi. Beruniy 
o‘zining “Saydana” asarida o‘sha olimlarning, tabiblar va tarjimonlarning ismlarini 
birma-bir keltirib, ularning fanga qo‘shgan hissalarini ta’kidladi. Olim 
“Farmakognoziya” asarini yaratishda nafaqat ilmiy asarlardan, balki badiiy 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
276 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
adabiyotlardan ham oqilona foydalandi, shuningdek mazkur olim va adiblarning 
ro‘yxatini tuzib, o‘z kitobida bu ro‘yxatni kelajak avlodlar uchun taqdim etdi. Alloma 
o‘zining bu kitobida har bir o‘simlik borasida burungi olimlar, ulamolar bildirgan 
fikrlarni ham birma-bir keltirib o‘tadi. Abu Rayhon Beruniyning «Tibbiyot 
farmakognoziyasi» yoki «Dorivor o‘simliklar haqida kitob» asarida ismlari 
keltirilgan olimlar ro‘yxati:
Susrut (arabcha yozuvida ismning oxirgi harfi dol bilan tugagan, biroq Susrud 
deb tarjima qilinmagan).Qadimgi hind tabobati vakili eramizdan oldingi VI asrlarda 
yashagan. Susruta ayurveda asarining muallifi.) 
Gippokrat-Buqrot (eramizdan oldingi 460-355-yillarda yashagan).Uning 
“Buqrot aforizmlari” nomli asarini va shu asarga Galen yozgan sharhlari bilan birga 
suryoniy va arab tiliga Xunayn ibn Ishoq tarjima qilgan. 
Aristotel (eramizdan oldingi 384-322-yilarda yashagan).Olim Aristotelning 
«Hayvonlar haqida kitob»idan iqtiboslar keltirgan.“Toshlar haqidagi kitob” asari 
Aristotelga tegishli emas, degan fikrni birinchi bo‘lib o‘rtaga tashlagan. 
Feofrast 
(eramizdan 
oldingi 
370-285-yillarda 
yashagan.)Aflotun 
va 
Aristotelning shogirdi bo‘lgan va uning botanikaga oid ikki asari “O‘simliklar 
sababi” va “O‘simliklar bo‘yicha tadqiqotlar” to‘liq saqlanib qolgan. 
Qirotus (Cratevas) bu olim va tabib podsho Mitridat Yevpator(eramizdan 
oldingi 132-63-yillarda hukmronlik qilgan)ning saroy tabibi bo‘lgan. U besh jildlik 
dorivor o‘simliklar kitobi muallifi bo‘lgan. 
Kleopatra –(e.o.69-30-yillarda Misr malikasi bo‘lgan) va “Kleopatra kitobi” 
nomli zaharli o‘simliklar to‘g‘risida asar yozib qoldirgan.Beruniy o‘z kitobida 11 
paragrafida Malika Kleopatra asaridan iqtiboslar keltirgan. 
Nikolay al-Iskandariy, bu olimning ismi Galenning “O‘n olti kitob”ini to‘plab, 
sharhlagan yetti vrachlardan biri sifatida adabiyotlarga kiritilgan.
Dioskorid (eramizdan oldin Kichik Osiyoda Anasarbda tug‘ilgan va Rim 
imperatorlari Klavdiy, Neronlar hukmronlik yillarida yashagan) Uning “Davolash 
vositalari” nomli asari mashhur. Bu asarda 570 ta shifobaxsh o‘simliklardan 
olinadigan dorilar bayon qilingan.
Charaka hind vrachi Panchanad(Panjob)da tug‘ilgan va Charaka samxita asari 
bilan mashhur bo‘lgan. 
Arxigen 
Rim 
imperatori 
Trayan 
hukmronligi 
davrida 
faoliyat 
ko‘rsatgan.(eramizdan oldingi 83-117-yillar). Bu muallif “Saydana” asarida ikki 
paragrafda keltirib o‘tilgan. 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin