Tabobat atamalaridagi arabizmlarida uyg‘ur tili fonetikasi ta’siri
Uyg‘ur tili tarixan ilg‘or tillar bilan uchrashish chog‘ida o‘sha tillardan ilm-
fanga oid terminlar va badiiy, diniy sohalardagi so‘zlarni o‘zlashtirib oldi.
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
283
w
www.oriens.uz
July
2021
Arslan Abdullaevning 2010 yilda Shinjong Xalq nashriyotida bosmadan chiqqan
“Hozirgi zamon uyg‘ur tili” nomli kitobida arab tilining uyg‘ur tiliga ta’siri nomli
paragrafida shunday ma’lumotlar keltirilgan: “ Uyg‘ur tilining arab tili bilan aloqasi
uyg‘urlarning islom dinini qabul qilgan vaqtdan boshlanadi...
14-asrdan boshlab islom dini Turfan tarafga tarqaldi, buning bilan arab tili va
yozuvi sharqiy va shimoliy Shinjongga kengaydi. Shinjongdan topilgan ijtimoiy-
iqtisodiy vasiqalarda arab tilidan kirgan Haq, Qissa, Kitab, Mal, Adam, Ali kabi
so‘zlar uchraydi”
1
“Uyg‘ur tilining izohli lo‘g‘ati”da jamlangan 35836 ta so‘zlar kompyuter
statistikasi bo‘yicha tekshirilganda, ulardan 2669 tasi arab tilidan (7,4 foiz), 1470 tasi
(4,1 foiz) fors tilidan, 2356 ta so‘z (6,6 foiz) rus tilidan o‘zlashgan so‘zlar ekanligi
ma’lum bo‘ldi. 28802 (80,4 foiz) ta so‘z uyg‘ur tiliga xos so‘zlar ekanligi aniqlandi.
2
Tarixda uyg‘ur alifbosi bir necha marotaba o‘zgarishlarga uchradi. Qadimgi
uyg‘ur yozuvi namunalari to‘liq saqlab qolinmagan bo‘lsa-da, u yozuvning mavjud
bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar adabiyotlarda keltirib o‘tiladi. Arab yozuvi va
tili ta’siri ostida tuzilgan uyg‘ur alifbosida arab tiliga xos fonetik xususiyatlar o‘z
ta’sirini ko‘rsatdi. Arab tilidagi fonetik jihatlar uyg‘ur tilidagi fonetik imkoniyatlar
asosida moslashtirib chiqildi. Bu imlo o‘zgartirishlari alifbodagi harflarning fonetik
jihatlarini to‘liq ochib berolmadi. Arab tilidagi tovushlar uyg‘ur tili fonetik
imkoniyatlariga to‘liq mos kelmadi. Biroq, arab tilining mavqeyi boshqa tillarga
kuchli ta’sir o‘tkazdi.Tilshunos olimlar milliy tillar grammatikasi va alifbosini qayta
ko‘rib, arab harflari asosida shakllantirib chiqish vazifasini ado etdilar. Bu
jarayonnning qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini vaqt ko‘rsatadi,
albatta. B ujarayonning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lganligi sir emas.Uyg‘ur tilida
mavjud bo‘lmagan tovushlarni yozuvda aks ettirish arab tovushlarini noto‘g‘ri talqin
etilishiga o‘xshash hodisalarni yuzaga keltirdi. Arab tilidagi emfatik, sirg‘luvchi, til
oldi-tish uchi tovushlari va boshqa xususiyatlarni uyg‘ur alifbosida ifodalashda qator
yangi harf birikmalari sun’iy ravishda yasaldi.Xuddi shu hol kirill yozuvi talablari
asosida uyg‘ur alifbosini shakllantirish jarayonida ham kuzatildi. Bunda ham
tilshunos olimlar kirill alifbosi tarkibiga yangi bir ko‘rinishli harflar va diftonglar
triftonglarni ifodalash uchun qo‘shma harflarni ixtiro etdilar.Har ikkala jarayon ham
uyg‘ur yozuvini to‘g‘ri o‘qish va to‘g‘ri tushunishda muammolar keltirib chiqardi.
1
А.Абдуллаев Ҳозирги замон уйғур тили. Шинжонг. 2010. 157-бет.
2
А.Абдуллаев Ҳозирги замон уйғур тили. Шинжонг. 2010. 161-бет.
|