2021 uyg‘ur tilidagi o‘simlik nomlarida arabizmlar gisarov F. M


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix24.11.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#70194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
uyg-ur-tilidagi-o-simlik-nomlarida-arabizmlar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
277 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
Ruf bu grek anatomi va vrachi ham Rim imperatori Trayan hukmronlik davrida 
faoliyat olib borgan Galendan keyingi mashhur tabib sanaladi.Uning asarlari Xunayn 
ibn Ishoq tomonidan arab tiliga tarjima qilingan. “Saydana”da bu olim to‘rtta 
paragrafda eslab o‘tiladi. 
Jolinus –Klavdiy Galen e.o.129-yilda kichik Osiyodagi Pergam shahrida 
tug‘ilgan va u Gippokratdan so‘ng eng yirik antik vrach hisoblanadi. Beruniy 
Jolinusning quyidagi asarlaridan foydalangan:“Sodda dorilar haqida kitob”, “Oson 
tayyorlanadigan dorilar haqida”, “Dori tayyorlash xususida kitob”, “Kasalliklarga 
qarshi dorilar”, “Taryoq”, “Ovqatlar haqida kitob”, “Davolash usuli”, “Glaukonga 
bag‘ishlangan kitob”, Bulardan tashqari Beruniy uning asarlariga yozilgan sharhlarni 
ham tahliliy o‘rgangan. 
Aflimun Gippokrat (Buqrot)ning zamondoshi bo‘lgan mashhur olim 
hisoblangan. Beruniy uning “Suv havozalari” asaridan iqtiboslar keltirgan. 
Filagriy eramizdan oldingi IV-asrda yashagan tabib.U «Saydana» asarida bir 
o‘rinda keltirilgan. 
Oribaziy (325-402 yoki 403-yillarda yashagan).Bu vrach 70 kitobdan iborat 
ensiklopediya yozgan.U o‘g‘li uchun “Sinopsis” asarini yozib bergan.Beruniy 
Oribaziyni 70 ta paragrafda eslatgan. 
Atyus al-Amidiy (502-575-yillarda yashagan), u 16 jildlik tibbiy to‘plam 
muallifi sanaladi. Beruniy o‘zining “Saydana” kitobida Al-Amidiyning “Kunnashu 
Amidiy”(Amidiy to‘plami) asarini 28 o‘rinda keltirib o‘tgan. 
Stefan-ehtimol Stefan al-Iskandariy bo‘lib, u imperator Irakliy podsholigi 
davrida (610-641-yillarda) Konstantinopolda saroyda vrachlik qilgan. «Saydana»da 
bu vrach faqat bir o‘rinda eslatilgan.
Pavel (615-690-y.y.) Egin orolida tug‘ilib o‘sgan, Arablar u yerni ishg‘ol etgach, 
Iskandariyada yashagan qadimgi grek medisinasining eng so‘nggi vakili hisoblanadi. 
Pavel yetti kitobdan iborat tibbiyot ensiklopediyasining muallifi sanaladi. Beruniy 
uning asarlaridan 190 ga yaqin iqtiboslar keltirgan. 
Abu Jurayj-Abu jurayj Ar Rohib, u xristian vrachlik maktabi vakillaridan biri 
bo‘lib, yozma asarlari nomi keltirilmagan.Biroq “Saydana” kitobida Beruniy 
tomonidan 25 ta paragrafda zikr etib o‘tilgan. 
Jurjiys-Jurjis ibn Jibril ibn Buxteyshu, fors xristianlari vrachlik maktabi vakili 
sanaladi.(VIII-IX asrlar).Jurjis grek medisinasi asarlarini arab tiliga tarjima qilishni 
boshlab berganlardan hisoblanadi.Suryoniy tilida uning “Kunnash”(To‘plam) asari 
ma’lum. ”Saydana”da Jurjisning bu kitobidan bitta iqtibos keltirilgan. 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin