Asarida kiyim-kechak nomlarining berilishi



Yüklə 245,04 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü245,04 Kb.
#177746
  1   2   3   4   5   6   7
lUTFULLO


I BOB. “DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARIDA
KIYIM-KECHAK NOMLARINING BERILISHI


    1. Devonu lug‘otit turk” da kiyim-kechak leksikasi tasnifi

“Kiyinish har bir xalqning qadim zamonlardan buyon yashab kelayotgan mintaqasi, shart-sharoiti, turmush tarzi, udum, urf- odatlari, tabiati bilan ham chambarachas bog‘liq bo‘lgan”, deydi Mahmud Sattor o‘zining “O‘zbek udumlari” kitobida1. Darhaqiqat, xalqimizning milliy kiyimlari ham tarixiy va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tikilgan. Binobarin, tarixiy voqeylik, yashash sharoiti tufayli insonlar o‘zlariga yashash uchun mos va eng qulay bo‘lgan liboslarni kiyishga odatlanganlar. Qoraxoniylar davri to‘g‘risida so‘z yuritganimizda, bir vaqtlar ayrim o‘quvchilarimiz o‘sha davrning kiyimlaridan ma’lumotlar berishimizni so‘ragan edilar. Endi o‘ylab ko‘rsak, nafaqat kiyinishga o‘ch bo‘lganlar, balki oddiy kishilarga ham bu mavzu xuddi taomlar kabi juda qiziqdir.
Akademik Karim Shoniyozov Qoraxoniylar davlatining asosiy tayanch kuchi bo‘lgan qarluqlar kiyimlariga doir quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “Qarluqlar davrida kiyim va bezaklarga ham katta e’tibor berilgan. Ustki kiyimlar asosan jun iplardan to‘qilgan matolardan tikilgan. Turkiy xalqlarda qadimdan qo‘llanib kelingan dastgohlarda (do‘konlarda) iplardan mato to‘qilgan. To‘qimalarning ishlanganlari bozorga ham chiqarilgan, albatta. Yuqori tabaqadagi (xoqon, xon, bek va b.) kishilarning kiyimlari ko‘pincha ipakli matolardan tikilgan. Ipak matolar Movarounnahrdan va Sharqiy Turkiston orqali Xitoydan keltirilgan.
Ustki kiyimlar ixcham, tanaga yopishib turadigan qilib bichilgan, bel charm yoki maxsus (ipdan, ip aralash ipakdan) to‘qilgan kamar bilan bezatilgan. Avom xalq ko‘pincha junli to‘qimalardan tikilgan ust kiyimlar kiyib bellarini jun ipdan ingichka to‘qilgan qur yoki chibchilgan (qirrali qilib to‘qilgan ip) bilan bog‘lab yurgan. Kamarga g‘ilofga solingan shamshir (yuqori tabaqadagi kishilarda, harbiy sarkardalarda), qiniga solingan pichoq, kosa yoki piyola solib yuradigan charm quti chiniqop yoki tarkash, igna, bigiz, qayroq, chaqmoq va chaqmoq tosh solinadigan, charmdan tikilgan maxsus buyum — gudor yoki musvog taqib yurilgan; yoy-o‘q solingan sadoqni (ko‘pincha jangchilar, begbachchalar, ovchilar) yelkada olib yurganlar.
Sovuq paytlarda jun ipdan chakmon, astari yupqa kigizdan qilingan chaydam va po‘stin, oshlangan teridan tikilgan issiq ishton (dambal) va boshqalar kiyilgan.
Turkiylarning oyoq kiyimi, (etigi) charmdan, tagi uncha qalin bo‘lmagan, (tikishi yuziga chiqarilgan) ag‘darilmasdan (ustdan tikilgan) uchi tepaga qayrilgan bo‘lgan.
Keltirilgan ma’lumotlardan aniq bo‘ladiki, qarluqlar davrida matolar (asosan jun ipdan) to‘qish, kiyim tikish va ularni bezash charmgarlik va hunarmandchilikning boshqa turlari birmuncha rivojlangan. Shuni ham uqdirib o‘tish joizki, jun matolarni to‘qish, kiyimbosh tikish, ularni yo‘rma naqshidalar bilan bezash va boshqalar ko‘pincha uy hunarmandchiligi darajasida qolgan edi. Oiladan, qishloq aholisining talabidan ortib qolgan qo‘l hunarmandchilik mahsulotlari bozorga ham chiqarilgan, albatta.
Kiyimlarni bezashda ko‘pincha turli xildagi va rangdagi munchoq, yupqa va yassi qilib oltindan, kumushdan yasalgan bargaklar bilan ishlangan zirak, sirg‘a, uzuk, bilak uzuk, ko‘krak va bo‘yin taqinchoqlari ham mavjud bo‘lgan. Taqinchoklar moviy, zangori, munchoqlar, qimmatbaho (nefrit, feruza, lal va boshqa) toshlar bilan bezatilgan2.
Akademik Karim Shoniyozovning mazkur ma’lumotlari Qoraxoniylar davrida teriga ishlov berish taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Qolaversa, Farg‘ona vodiysidagi qadimgi shaharlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ham buni tasdiqlamokda. Masalan, qadim Quva shahristonidagi topilmalarni olaylik. Bu haqida qadimshunos G.P.Ivanov quyidagilarni bayon etadi: “Charm ishlash bo‘yicha ustaxona ham shahristonning janubi- sharqiy burchagida kovlab o‘rganildi. Bu erdaga uy xo‘jaligining bir xonasida uning bajargan vazifasini dalillovchi topilmalar qayd etildi. Xona poli yaxshilab qotirilgan. Unda uchta to‘rtburchakli qurilma tozalab ochildi. Bu qurilma devorlari va ichkari tomoni alebastr (ganch) bilan 3 sm.gacha qalinlikda suvalgan. Gipsni qadimdan gidroizolyaцiya xususiyati ma’lum va shuning uchun ushbu inshootlar suyuqlik saqlaydigan katta idish sifatida foydalanilgan. Pol ustida toshdan yasalgan teri tekislagich topildi. Bu xonani hayvon terisini qayta ishlab charm tayёrlash uchun moslashtirilgan xona deyish mumkin”3.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar qanchalik qiziqarli bo‘lmasin XI-XII asrlardagi Movarounahrda yashovchi o‘troq xalqlarning kiyinish madaniyatiga doir to‘liq ma’lumot bera olmaydi. Shu sababdan biz Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan turkiy xaqlarning kiyimlariga doir ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Zero, madaniy merosimizning sarchashmalaridan biri bo‘lgan “Devonu lug‘otit- turk” buyuk qomusiy asar bo‘lishi bilan birga ayni vaqtda ijtimoiy turmushning har qaysi tomonlarini, ajdodlarimiz yaratgan yuksak madaniyatning turli qatlam kategoriyalariga oid ko‘p qimmatlik ma’lumotlarini o‘zida mujassam etganligi bilan ham bebaho asar hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlarda o‘z navbatida nafaqat tarixiy asarlarga o‘xshash, hatto ulardan ham batafsilroq o‘sha davrdagi bir butun ijtimoiy siyosiy hayotni asil qiyofasini aks ettirib bergan. Ularni atroflicha bilib o‘rganish uchun dastavval mazkur ma’lumotlarni ayrim sohalar bo‘yicha chuqur tadqiq qilishga hamda o‘sha davrning moddiy, ma’naviy turmushi bilan ham bevosita bog‘lagan holda tahlil qilishga to‘g‘ri keladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda “Devonu lug‘otit-turk”dagi kiyim-kechakka doir ma’lumotlardan ayrimlarini havola etishni lozim topdik va so‘zimiz avvalida uyg‘ur olim Erkin Idrisning quyidagi fikrlarini keltirib o‘tmoqchimiz: “Milliy madaniyatning muhim tarkibiy qismi, shuningdek milliy xoslikning aniq ifodalanish shakllardan biri bo‘lgan kiyim-kechak madaniyati - moddiy va ma’naviy turmushning ko‘plab taraflarini nihoyatda obrazlik qilib ko‘rsatib bera oladi. “Turkiy tillar devoni”ni tafsili ko‘rib chiqilganligi kishida “to‘n” so‘zi juda chuqur ta’sir qoldiradi. Mazkur asarning uyg‘urcha nashrining 1-tom 188-betida “to‘n, kiyim” izohlangan.
“Turkiy tillar devoni”da ko‘p uchraydigan so‘zlarning yana biri “tovar” (tovar, mol) bo‘lib, u 80 o‘rinda uchraydi. “Tovar” so‘zining ko‘p qalamga olinishi savdo ishlarining ijtimoiy hayotda zo‘r salmoqni egallaganligidandir. Qoraxoniylar sulolasi davrida savdo-sotiq ishlarining nihoyatda rivojlanganligidan darak berganiga o‘xshash, “to‘n” so‘zining shuncha ko‘p qalamga olinishi ham kiyim-kechakka zo‘r e’tibor beriliganligidan darak beradi. Holbuki, kiyim-kechakka berilgan bundoq e’tibor muayyan iqtisodiy qudrat va ma’naviy boylikni namoyon qilgan bo‘ladi.
“Turkiy tillar devoni”da kiyim-kechak madaniyatiga doir ma’lumotlar nihoyatda mo‘l bo‘lib, unda bosh kiyim, ustki kiyim, ichki kiyim, ziynat va pardoz buyumlari, gazlama, yung-teri, to‘qimachilik va tikuvchilikka oid hunar, san’at, asbob va jabduq, gaz - o‘lcham shu bilan birga kiyinish, yasanish odati faoliyatlari jihatidagi ma’lumotlarning hammasi ifodalanadi”4.
Darhaqiqat, mazkur asarda turkiy xalqlarining kiyinish madaniyatiga oid bo‘lgan atamalar 225 ta so‘zdan tashkil topgan5.
H.Nazirova “Devonu lug‘otit turk” asarida kiyim-kechaklar tavsifi” nomli maqolasida mazkur atamalardan kelib chiqib, faslbop kiyimlar, aёllar kiyimlari, эrkaklar kiyimlari, marosim kiyimlari, kasb kiyimlari singari turlarga tasniflaydi. Biroq biz ushbu kitobimizda dastlab “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan qolip va dazmol haqidagi ma’lumotlardan boshlasak.
Jah - qolip, andaza. Bu - biror narsaning shakli olinib, so‘ngra unga o‘xshatib yasalgan qolipdir. Chunonchi, bork jani -- kuloh andazasi. Bunda qog‘ozdan cho‘ziq ёki yumaloq shakllarda bir narsalar kesiladi ёki o‘yiladi. Yoki loydan quvur shaklida bir narsa yasalib, qalpoq shohichi unga o‘lchanib, unga moslab kesiladi. Har narsaning qolipi ham shundaydir6.
E’tibor bergan bo‘lsangiz bundan ming yil avval bosh kiyimlarni tayyorlashdagi qolip, ya’ni andaza olish usuli hozirgi kunda ham saqlanib qolgan.
Otuk - dazmol; andavaga o‘xshash temir [asbob] bo‘lib, uni qizdiradilar va kiyimning chok hamda baxyalarini va tuklarini bostirib silliqlaydilar.
Markaziy Osiyolik turkiy xalqlarni kiyimlarni dazmollashlari haqidagi ushbu ma’lumot o‘z navbatida Qoraxoniylar davridagi ajdodlarimizni naqadar yuksak madaniyatga ega bo‘lganliklaridan dalolat beradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek “Devonu lug‘otit turk” asaridagi kiyim va matolarning nomigina keltirilmasdan ularning marosimlarga xosligi haqida ham so‘z yuritiladi. Masalan, to‘y bilan bog‘liq kiyim, taqinchoqlarni olaylik.
“Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra kelin bilan kuyov ishtirokida kechasi yig‘ilib, ularning ustlaridan pul sochadigan majlisni, chigilchasiga - mendiri deb ataganlar. To‘yda kelin va kuyovga yaqinlariga hurmat yuzasidan kiydiriladigan to‘n bo‘lsa - kezut deyilgan.
Didak - kelin ko‘chganda, yurganda begonalardan yashirinish uchun yopinadigan narsa.
Didim - nikoh kechasi kelinga kiydiriladigan toj (Qimmatbaho toshlar o‘rnatilgan bosh kiyimi)7.
Gazlamalar
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida gazlamalarga doir o‘nlab atamalarning nomi tilga olingan bo‘lib, biz faqat ayrimlarini keltirib o‘tamiz:
Ay - to‘q sariq rangdagi bir ipak kiyimlik.
Taxtu - yigirilmagan xom ipak.
Chuz - qizil rangli zar tikilgan Chin ipak gazmoli.
Zonom - Chin ipak gazmollaridan bir xili.
Mindatu - ipak gazlama.
Jalma - paxtali to‘n.
Chit - ola-bula gullari bor gazlama.
Eshkurati - naqshli (gulli) xitoycha ipak kiyimlik.
Turqu - ipak kiyimlik.
Xulin - Chindan keltirilgan, har turli ranglari bo‘lgan bir xil ipak kiyimlik.
Jengsho - kalta paxtalik to‘n.
Qafgar - za’far rangidagi ipak ko‘ylak.
Loxtaj - Chinning bir xil qizil ipak kiyimligi, ustida sariq xollari bo‘ladi
Kerim - gulli parda, gul choyshab.
Chikin - ipak, chtan ipi - ipak ip.
Chikin - atlasni zar qubbali qilib tikish.
Turqu - ipak kiyimlik.
Cheknadi - qiz chekin cheknadi - qiz oltin iplar bilan ipak kiyimlik ustiga rasmlar soldi.
Ayollar kiyimi va taqinchoqlari
Kidok - patdan qilinadigan bosh kiyim.
Uzuk - xotinlar laqabi; sof, oltin, kabi toza, pok xotin mazmunida oltin uzuk deyiladi8.
Boz munchuq -xotinlar taqadigan bir xil munchoq.
Kopa - zirak, isirg‘a.
Sata - marjon (taqiladigan ziynat asbobi).
But - aёnlarning o‘g‘il-qizlari- peshonalariga taqadigan qimmatbaho tosh. Kin but ypidi - qiz firuza taqdi.
Burunchuk - peshonabog‘, xotinlar ro‘moli.
Terinchak - xotinlarning engi yo‘q ustki kiyimi.
Artig - xotinlar kiyadigan nimcha.
Bokom - bokom etuk -xotinlar kiyadigan эtik, maxsi (o‘g‘uzcha). O‘g‘uzlardan boshqalar mukim, mukin deydilar.
Ulatu - burun artadigan dastro‘mol.
Okmak - Xotinlarning ko‘ylaklariga taqiladigan oltin ёki kumushdan qilingan xalqa, zirak.
Enlik - xotinlar yuzlariga (ёnochlariga) surtadigan pushti qizil rang, upa -эlik.
Qur - qurshovchi, belbog‘ kamar. Ichqur xotinlarning qo‘ltiq ostiga taqadigan ziynat asbobi.
Kiz - mushk qutichasi.
Kezlik - xotinlarning kiyimlariga taqib o‘zlari bilan olib yuradigan kichkina pichoqcha.
Suvluq - dastro‘mol.
Xotinlar эri bilan suhbat istaganda qizil ipakli kiyadi, yalinish va xushomadgo‘ylik vaqtida yashil kiyim kiyadi. Xotinlar haqidagi bu maqol maqsadga эrishish, ёqimli muomalada bo‘lishni эslatish maqsadida ishlatiladi9.
Qilnu bilsa qizil kizar,
Japanu bilsa jashil kizar.
Mahmud Qoshg‘ariydan keyingi bir necha asrlar mobaynida ham turkiy ayollari kiyinish madaniyati borasida nafis kiyim va taqinchoqlarining o‘ziga xos rang-barangligini saqlanib qoldi. Bu haqida N.Sodiqova “O‘zbek miliy kiyimlari” kitobida quyidagilarni keltirib o‘tadi:
“Ayniqsa yangi turmush qurgan kelinlar, yosh juvonlar mehmon kutgan yoki mehmondorchilikka borgan kezlarida quyidagi zeb- ziynatlarni ko‘z-ko‘z qilishgan, ular ayollar kiyimining tarkibiy qismi hisoblangan.
Tillaqosh - yupqa tilla hal yuritilgan kumush plastinkadan yasalib, feruza va boshqa qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Ayniqsa, Buxoro, Toshkent va Farg‘ona vodiysida rasm bo‘lgan.
Osmado‘zi - qoshga o‘xshatib ishlanib, peshonaga taqiladi, shokilalar, nodir toshlar bilan ziynatlanadi, ko‘proq Xorazm vohasida rasm bo‘lgan.
Bargak - bu ham peshonaga bog‘lanib, o‘rtasida noyob toshlar joylashtirilgan, uning atrofi mayda feruza toshlar, ba’zan shokilalar bilan bezatilgan. Asosiy qismi to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi plastinkalari oshiq-moshiqchalar bilan bir-biriga mahkamlab qo‘yilgan. Buxoro, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona vodiysida eng ko‘p tarqalgan.
ZebigarDon - bo‘yinga taqilib, ko‘krakka tushirib qo‘yiladi, halqacha, sadaf, munchoq, marjonlar bir-biriga biriktirib yasalishidan hosil bo‘ladi, qubbalari qimmatli toshlar bilan bezatilgan. Yuqorida sanalgan viloyatlarda keng rasm bo‘lgan.
Uzuk - uchinchi barmokdan tashqari (bu barmoqqa faqat g‘assollar taqishadi) barcha barmoqlarga taqsa bo‘ladigan ziynat belgisi bo‘lib, o‘rtasidagi ko‘ziga nodir toshlar o‘rnatilgan, o‘zi oltin, kumush, misdan yasalgan.
Bilakuzuk, Dastpona - tilla, kumush, misdan, munchoq, marjon shodalaridan ham yasalib, bodomcha, yapaloq, ilonboshi, baqaboshi, rosmana, kichik bilakuzuk kabi turlari mavjud. Buxoro va Samarqandda shabaka, Xorazmda - zalvorli bilakuzuk, Toshkent va Farg‘ona vodiysida - vazni engil, o‘yma naqshli qora kumush suvi yuritilgan bilakuzuklar ko‘proq uchraydi. Buxoroda shibirmak deb ataladigan xili ham bo‘lib, ko‘ziga yoquttosh, atrofiga durlar o‘rnatilgan, gultojibarg shaklida ishlanib, shokila va bargaklari bo‘ladi.
Isirg‘a, zirak - ayollar ayniqsa yoqtirgan bu ziynat buyumning ko‘zida noyob tosh o‘rnatilib, mayda shisha toshchalardan iborat shokilalari ham bo‘ladi, Qoshg‘arbaldoq, oybaldoq, xalqa kabilar ham quloqqa taqilib, oltin va kumushdan ishlanadi, ko‘proq Farg‘ona vodiysida uchraydi.
Buloqi, xolbinni - burunga taqiladigan isirg‘alar.
Oktyabr to‘ntarishidan avval o‘zbek qiz-juvonlarining zeb- ziynatlari juda xilma-xil bo‘lib, yuqorida qayd qilganimizdek, bosh, peshona, gardon, chekka, soch, quloq, ko‘krak, barmoq, bilak, bo‘yin, burun, qo‘ltiq, belga taqilgan.
Biz ta’riflab o‘tganlarimizdan tashqari ko‘krakka-murg‘ak, nozigardon, bo‘yinga - tumor, marjon, bozband, boshga oltin tumor, qo‘ltiq ostiga - qo‘ltiq tumor, belga-kamarband, sochga - sochpopuklar, tuf, zulfi tillo, osma bezak, butundirnoq, yarimdirnoq kabilar taqib yurilgan. Mahalliy aholi turmushida zargarlik buyumlarining ahamiyati katta bo‘lib, shu zeb-ziynatlar sohibalari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy o‘rni, hamda mavqei qay darajada ekanligi ko‘rinib turgan. Bundan tashqari, badiiy jihatdan qanday qimmatbaho toshlar bilan bezatilgani, qaysi mohir ustalar tomonidan yasalganiga qarab ham baholangan. Marvarid va noyob toshlar bilan bezatilgan zeb-ziynatlar asosan aslzodalar, xon va amirlar saroyi a’yonlari uchun ishlangan. O‘rtahol aholi tabaqalari orasida ko‘proq kumush suvi yuritilgan, rango-rang tosh va shishachalar bilan bezatiladigan taqinchoqlar rasm bo‘lgan. Kambag‘allar kumush, mis, birinj va shishalardan ishlangan zargarlik buyumlarini taqishgan. Eng ommaviy ravishda tarqalgan ziynatlar asosan kumushdan yasalgan.
Zeb-ziynatlarni yasashda turli texnik usullar qo‘llanilgan: oltin, kumush, mis, qalayi, jez kabi xom ashyo ma’danlarni eritish va quyish (tabanak), xoyis bolg‘a bilan bolg‘alash (xoiskori), qoliplash (qolipaki), (shabaka), mayda - nozik ishlarni bajarish (rahkori), zig‘irak va hokazo.
Zargarlik buyumlarini jimjimador o‘yma naqshlar (kandakori), shakllar (chizma) bilan bezaganlar. Gul-naqshlar va ular atrofiga qora kumush suvi yoki miyno emalini bir tekis surtib, jilo berganlar. Uzuk, zirak, tillaqosh, zebigardon va boshqalarga feruza, marjon, sadaf, yoqut, zumrad, dur kabilardan ko‘z solganlar bunday ko‘zlar urniga ko‘pincha shisha va marjon, rangdor oyna hamda mayda munchoqlarni ham o‘rnatishgan.
Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, Marg‘ilon, Toshkent, Namangan, Andijon kabi shaharlarda yashab, ijod etgan mohir zargarlar o‘z nafis buyumlarini o‘sha davrlarda rasm bo‘lgan namuna - andazalar asosida, iste’molchilarning buyurtmalaridan kelib chiqib yasaganlar. Mahalliy xalq ustalari ijodida qo‘shni mamlakatlar bilan madaniy-iqtisodiy aloqalar va mazkur o‘lkalarda yashagan ustalarning tajribasi aks etgan. Ular nafaqat ayollar uchun, balki bu nafis hunarmandchilik qadriga etadigan yuksak didli kishilar uchun tinimsiz mehnat qilib, chinakam san’at asarlarini yaratganlar10.
Erkaklar kiyimi
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida erkaklar kiyimiga doir quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
Eliklik - qo‘lqop.
Kork - mo‘yna, po‘stin.
Ishuk -ust kiyimi.
Ichmak- qo‘zi terisidan qilingan po‘stin.
Kemak - paxta ipidan to‘qilgan uzun-uzun oq yo‘lli yupqa kiyimlik,undan ust kiyimlar qilinadi. Qipchoqlar undan yomg‘irda kiyiladigan (yopinchiq qiladilar).
Yüklə 245,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin