Belbog،turkiy so‘z bo‘lib, bel - odam tanasining o‘rta qismi, bog،- boglanadigan narsa.
Belbog،XI asr tilida qur, qurshag،so‘zlari bilan ifodalangan. Aslida qurshag،- qurshamoq (o’ramoq) fe‘lidan olingan bo‘lib, —Devonu lug‘otit turk” da bu so‘z yana o‘tov ustidan aylantirib bog‘lanadigan jiyak, o’tov jiyagi, arqoni kabi ma‘nolarda ham ishlatilgan (I, 432).
Qur - qurshovchi, belboq, kamar (I, 314).
XIV - XV asr va so‘nggi davrlar manbalarida qur, belbog‘, po’ta so‘zlari uchrab turadi. A.Borovkov qur so‘zini belga bog‘lanadigan belbog‘ deb izohlagan (Borovkov, 745)20. Qur, qurshcg‘, belbog’ so‘zlarining tarixiy rivoji yuzasidan o‘tkazilgan kuzatishlar qur so‘zi o‘rnida keyingi asrlarda belbog‘ qollana boshlanganini ko‘rsatadi. Hozirgi zamon turkiy tillarda uchrovchi qo’shoq // qurshoq (belbog‘ ma‘nosida) so‘zlari ham qadimiy qur so‘zi bilan aloqador.
Kiyimlarga yordamchi buyumlar nomidan yana biri kamar (f-t.) va qayishdir.—Devonu lug‘otit turk”da bu so‘z qazish shaklida uchraydi (DLT., I, 343);
qazishladi - qayish kesdi (DLT. Ind., 343);
qolan - qulvog‘, kamar (I, 383);
qazish - hayvon terisidan qirqib ishlangan qayish kamar (I, 350);
to’z - qayish yoki kamarga taqiladigan va bog‘lanadigan halqa (III, 135);
su- yungdan (qo‘lda) to‘qilgan kamar.
Keyinchalik bu so‘z qayish shaklini olganMuqaddimatul al-adab”da qayish - remen (Poppe, 343). O‘zbek tilida qayish, kamar; qozoq tilida qayo’s (Qoz.s., II, 22)21, tatar tilida qayo’sh, kamar (Budagov, II, 33), qirg‘iz tilida qayo’sh (Qir. - rus., 325).
Qayish so‘zi ham z fonemasining y lashishidan yuzaga kelgan deyish mumkin.