ЗапросmenyusiningПараметры buyrug‘ini ishga tushiring. Параметры запроса muloqat oynasiningПараметр maydoniga so‘rov spetsifikatsiyasining Условие отбора maydonida joylashgan matnni kiriting. Bu holatda qavslarni ishlatish kerak emas. Тип данных maydonidagi ma’lumotlarning turlari aniqlab, so‘ngra ОК tugmasini bosganimizdan keyin so‘rov tayyor bo‘ladi.
Access Введите значение параметра oynasida mezon qiymatini bering, deb sizga murojaat etadi.
Parametrlarni kiritgandan so‘ng parametrik so‘rov bajarilishining natijalari olinadi.
7.5 Qamrovli so‘rovlar
Qamrovli so‘rovlar tanlangan kattaliklarni kompakt aks ettirish va bir jinsli ma’lumotlarni birlashtirish imkonini beradi. Qamrovli so‘rovlar bajarilishining natijalari aks ettiriladigan jadvallar usta yordamida diagrammalar va grafiklar yaratish uchun qulay bo‘ladi.
Har bir fan bo‘yicha har xil o‘qituvchilar uchun dars soatlari sonini aniqlaylik. Qamrovli so‘rovlar ishlatilganda ma’lumotlarning natijaviy to‘plamida o‘qituvchilarning familiyalari faqat bir martagina qatnashadi, chunki Access barcha fanlar bo‘yicha yozuvlarni birlashtiradi. Qamrovli so‘rovlar mazkur o‘qituvchiga mos yozuvlarning har biri ma’lumotlarning natijaviy to‘plamiga kiritiladigan tanlashga so‘rovdan ana shunisi bilan farqlanadi.
Запросmenyusida Перекрестный buyrug‘ini ishga tushiring. Access so‘rov blankasida Групповая операция va Перекрестная таблица qatorlarni akslantiradi. (НазвПредм) maydonining qiymati qator sarlavshasida paydo bo‘lishi uchun Перекрестная таблица qatorini sichqon bilan bosing va ro‘yxatdan Заголовки строк qatorini tanlang. Групповая операцияqatorida bu maydon uchun Группировка standart o‘rnatmasi saqlanilishi zarur.
ФИОПрепод maydoning qiymati ustun sarlavhasida hosil bo‘lishi uchun Перекрестная таблица qatorini sichqon bilan bosib Заголовки столбцов qatorini tanlang. Bu holda Групповая операцияqatorida Группировка standart qo‘yilmasi qoldirilishi zarur.
Qamrovli jadvalda maydonning qiymatini (КолЧас) qiymati sifatida aks ettirish uchun Перекрестная таблица qatorini sichqon bilan bosing va Значение ni tanlang. Bu maydon uchun Групповая операция qatorida zarur bo‘lgan Sum funksiyasini kiriting.