Основные понятия, компоненты и модели



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə66/78
tarix24.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#193238
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78
Основные понятия, компоненты и модели

7.3.3 O‘chirishga so‘rovlar


Bu turdagi so‘rovlar jadvaldan ma’lum tanlash mezonlariga mos yozuvlar guruhini o‘chirish uchun xizmat qiladi. So‘rov yordamida o‘chirilgan yozuvlarni tiklab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham tanlash mezoni har tomonlama tashkil qilinishi zarur. Avvalo Условие отбора satrida mezon ko‘rsatilib o‘chiriluvchi yozuvlarni tanlashga so‘rov yaratilishi zarur. Berilgan mezonlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun bu so‘rov bajariladi va konstruktor holatiga o‘tiladi. Undan so‘ng Запрос menyusining Удаление buyrug‘ini ishga tushurish kerek bo‘ladi. Access so‘rov blankiga Удаление qatorini qo‘shadi va yacheykaga Uslovie ning qiymatini kiritadi. Bu foydalanuvchi qo‘shimcha tanlash mezonlarini o‘rnatish mumkinligini bildiradi. So‘ng uskunalar panelidagi undov belgisi tushirilgan tugmani bosib, so‘rovni bajarish kerak bo‘ladi. Access maxsus muloqot oynasida jadvaldan nechta yozuv qo‘shilishini ko‘rsatadi va o‘chirishni ta’kidlashni talab qiladi.

7.3.4 Yangilashga so‘rov


Yangilashga so‘rovdan foydalanib, foydalanuvchi ma’lum mezonlar asosida ajratib olingan yozuvlar guruxini o‘zgartirishi mumkin. Yangilashga so‘rovni tuzishda avvalotanlovga so‘rov yaratiladi va tekshiriladi. So‘ngra konstruktor holatida Zapros menyusining Обновление buyrug‘i ishga tushiriladi. Natijada Access jadval maydonlarining yangi qiymatlarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan Обновление qatorini so‘rov blankiga qo‘shadi. Bu maqsadda hisoblanuchi ifodalarni ham ishlatish mumkin. Запуск tugmasi bosilgandan so‘ng Access maxsus muloqot oynasida jadvalning nechta yozuvi o‘zgartirilishini va o‘zgarishini ta’kidlashni talab qiladi.

7.3.5 Jadval hosil qilishga so‘rov


So‘rovning natijaviy yozuvlar to‘plami asosida jadval hosil qilish so‘rovi yordamida yangi jadvallar yaratish mumkin. Bunday jadvallar odatda eski yozuvlarni arxivlash uchun yoki jadvallarning rezerv nusxasini saqlash uchun ishdatiladi. Tanlovga so‘rov tayyorlanishi zarur va so‘rovning to‘g‘riligini tekshirib Recordset ma’lumotlarning dinamik to‘plami hosil qilinadi. Agar yozuvlarning natijaviy to‘plamlari sizning talablaringizga mos kelsa, konstruktor holatiga qayting va Запрос menyusining Создание таблицы buyrug‘ini tanlang. Access yangi jadvalning nomini kiritish uchun создание таблицы muloqot oynasini ochadi. So‘ngra uskunalar panelida undov belgisi shakli tushirilgan tugmani bosib so‘rov bajariladi. Access maxsus muloqot oynasida yangi jadvalga nechta yozuv qo‘shilishini ko‘rsatadi va bu amalning bajarishni ta’kidlashni talab qiladi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin