2-§.Erkalash shakllari. –jon, -xon, -oy affikslari
atoqli va turdosh otlarga
qo‘shilib, erkalash, suyish kabi ijobiy munosabat shakllarini hosil qiladi:
ukajon,
oyijon,
kuzgujon,
akaxon,
Abrorjon,
Hulkaroy,
Halimaxon.
Bu affikslar ba’zi kishi ismlarining tarkibiy qismi sifatida ham uchraydi:
Onaxon,
O‘g‘iloy, Mamajon kabi.
Shuningdek,
oromijon, rohatijon kabi
forsiy izofalar
tarkibida jon mustaqil so‘z sifatida «jonning oromi», «jonning rohati» kabi
ma’nolarga teng bo‘ladi; –xon affiksi esa,
gazetxon, kitobxon kabi otlarning
yasalishida
ishtirok
etib,
-xon
shakl
yasovchisiga
omonim bo‘ladi.
- (a) loq affiksi qiz, bo‘ta kabi so‘zlarga qo‘shilgandagina erkalash ma’nosini hosil
qiladi:
qizaloq, bo‘taloq, toyloq. Ba’zi o‘rinda –cha
affiksi bilan sinonim bo‘la
oladi: qizaloq-qizcha, toyloq-toycha. Bu affiks o‘rin-joy oti yasovchi –loq affiksi
bilan
omonimlik munosabatga
ham
ega
bo‘ladi:
o‘tloq,
qumloq.
-gina affiksi. Asosan, shaxs bildiruvchi otga qo‘shilib,
erkalatish-kichraytirish
shaklini
hosil
qiladi:
bolagina(m),
qizgina(m),
jongina(m).
Mazkur
affiks
yaxshigina, kattagina, tezgina, endigina kabi so‘zlarda sifat va ravishga xos
shakl yasaydi. So‘z takibida shakl yasovchi sifatida ishtirok etganda urg‘uli
hisoblanadi:
bolagina΄, yaxshigina΄, ozgina΄. Urg‘usiz holatda esa,
ayiruv-
chegaralov
yuklamasi
vazifasini
bajaradi
va
shakl
yasovchilar
bilan
omonim bo‘ladi.
Masalan:
bola΄gina,
faqa΄tgina,
so‘zlarni΄gina.
3-§. Qarashlilik shakli ot yoki olmoshlarga –
niki affiksini qo‘shish bilan yasaladi.
Bu affiks o‘zakka qo‘shilib, narsaning asosdan anglashilgan shaxs yoki narsaga
qarashli ekanligini bildiradi:
akamniki, do‘stingniki, ko‘chaniki, maktabniki
kabi. Men, sen olmoshlariga qo‘shilganda qo‘shimcha
tarkibidagi n undoshi
tushiriladi:
men+iki, sen+iki. Qarashlilik shaklidagi ot mazmunan egalik affiksini
olgan otlarga sinonim bo‘ladi.
http://fayllar.org