Ota ona va farzand munosabatlarining o‘ziga xosligi reja


Rus olimlari M. Rodionova, F.YE. Vasilyuklar shaxs tiplarini 4ga ajratishgan



Yüklə 29 Kb.
səhifə3/7
tarix23.06.2022
ölçüsü29 Kb.
#62165
1   2   3   4   5   6   7
OTA ONA VA FARZAND MUNOSABATLARINING O‘ZIGA XOSLIGI

Rus olimlari M. Rodionova, F.YE. Vasilyuklar shaxs tiplarini 4ga ajratishgan:

  1. infantil

  2. realistik

  3. qadriyatli

  4. ijodiy

Infantily tip lichnosti vistupayet faktorom riska otkaza materi o rebyonka, otkaz nosit impulsivniy xarakter i predstavlyayet soboy deystviye zashitnogo tipa. Bu tipdagi ayollar bolaga nisbatan keskin qarshi qaraydi, ya’ni, “mening baxtslizligim sababchisi - bola” deb qabul qiladi. Agarda bolani qabul qiladigan bo‘lsa ham, unda u “bolani- tanamning bir qismi”- degan munsabatda bo‘ladi. Bunaqa onani anamnezi so‘ralsa, u yoshligida ona tomonidan inkorlik va ona mehrini ko‘rmaganligi kelib chiqadi. Bunday ayollar homiladorlik paytini ahamiyatsizlik bilan o‘tkazadi, “nima bo‘lsa bo‘lar” degandek. Tug‘ishdan avval yoki tuqqandan so‘ng onsongina rad etadi, bunda una hech qanday kechinmalar, vijdon azobi kuzatilmaydi.
Realistik tip-bolani rad etish- maqsadga qaratilgan hodisa bo‘ladi. Bu tipdagi ayollar hammasini ma’qul va qarshi tomonlarini o‘lchab ko‘radi. Bunda u o‘zini manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bolaga asbobga qaraganday munosabatda bo‘ladi: kerak bo‘lsa qoldiradi, faydasi bo‘lmasa inkor etadi. Masalan, bola uy-joy masalasi bo‘yicha foyda bersa, ular vijdon azobisiz tug‘ruqxonaga qaytib kelib bolani qaytarib oladilar. Bu tipdagi ayollarni psixologik xususiyatlari: ularda tabiiy onalikka bo‘lgan ehtiyoj past darajada va odatda empatiya ham past darajada bo‘ladi. Apamnezida-o‘zi voyaga yetgan oilasiga nisbatan sovuqqon, bosiq. Bolani hech qanday emotsional kechinmasiz oson rad etadi.
Qadriyatli tip-onalik qimmati juda yuqori, ular uchun ijtimoiy holati, mablag‘i katta ahamiyatga ega, shuning uchun bu tomoni to‘g‘ri kelmasa konfliktli kechinmalarga olib keladi. Bu holat homilador davrida va bola dunyoga kelgandan so‘ng ham davom etadi. Oqibatda onada aybdorlik hissi, xavotirlik paydo bo‘ladi, bu esa o‘zini himoya qilish uchun bolaga nisbatan bo‘lgan munosabati yaxshi bo‘lmaydi. Ularda doimiy motivlar kurashi, qaror qabul qilish qiyin bo‘ladi.
Ijodiy tip- bu tipdagi ayollarda bolani inkor etish darajasi judayam past, agar ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lganda ham. Ularda tabiiy onalik instinkti kuchli, bolaga mehri kuchli.
E.Fromm konsepsiyasi bo‘yicha onalik va otalik muhabbati bir-biridan farqli; yuzaga kelishi, ko‘rinishi va bolani rivojlanishida farqli ta’siri bo‘ladi.
Onalik mehri- tabiatan shartsiz bo‘ladi, bolani yutuqlariga bog‘liq emas, ko‘zlari ko‘r, va odalatli bo‘lmaydi.
Otalik mehri esa-shartli, talabchan ko‘rinishida bo‘ladi, otasini muhabbatini bola erishish kerak. Ota ijtimoiy kontrol vazifasini bjaradi: bolani tekshirish, intizom talab qilish, o‘zini qonun-qoidalariga bo‘ysindirish. Tadqiqot shuni ko‘rsatganki o‘smirlar ota tomonidan olidagina jazoni to‘g‘ri qabul qiladilar; onani jazosini esa – rad etish, yaxshi ko‘rmaslik, adovat (vrajdebnost) deb qabul qiladi. Tarbiya jarayonida ota va onaning ota-onalik xulq- atvori modeli bolani jinsiga qarab o‘zgaradi, bu esa bolani jinsiy mosligini shakllanishida muhim shart hisoblanadi. Tadqiqotlarda o‘g‘il va qizlarni tarbiyasida otaning hulqatvorida ko‘rinarli farqlar ko‘ringan. Otalar bolani go‘dalik va ilk bolalik davrida qiz va o‘g‘ilni jinsiy farq qilmagan holda munosabatda bo‘ladilar. Jinsiy farqlash tarbiyada, bolani bog‘cha yosh davrida boshlanadi. Ota o‘g‘illarda maskulin sifatlarini, qizlarda esa femin sifatlarini shakllanishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Maskulin sifatlarga: avtonomlik, mustaqillik, konkurentlik, maqsadga erishish kiradi; femin sifatlarga – yuqori darajadagi empatiya, g‘amho‘rlik, kommunikativlik kiradi.
Otaning yoki onaning o‘g‘ilga va qizga bo‘lgan munosabati: ota-onaning yoshiga, er-xotinni o‘zaro munosabatiga, oiladagi bolalar soniga, bola oilada nechanchi farzandligiga va bolani shaxs hususiyatlariga bog‘liq. Agar erxotin munosabatlari yaxshi bo‘lsa, ota bolalar tarbiyasiga ko‘proq ahamiyat beradigan bo‘ladi. O‘zi namuna sifatida o‘g‘il va qizida jins mosligiga xos xususiyatlarini shakllanishida yordam beradi. Agarda er-xotin munosabatlari yaxshi bo‘lmasa, unda oilada “ona bilan qiz otaga qarshi”, yoki “ota bilan o‘g‘il onaga qarshi” kabi vaziyatlar yuzaga keladi, bu esa o‘z navbatida farzandlarda shaxs rivojlanishidagi buzilishlarga olib keladi. Yana ota-onalarni ko‘pincha oilada qizlarda nisbatan o‘g‘illarga ko‘proq e’tibor berishi kuzatiladi. Evolyutsiya davomida qizlar o‘g‘illarga nisbatan ancha jiznestoykiy, ustoychiviy bo‘lgan. Shuning uchun ham biologik tomondan o‘g‘illarga ko‘proq e’tiborli bo‘lish oqlangan. Hozirgi zamonda ota-ona o‘rni o‘zgarib bormoqda: bunga sabab, ota-onani teng huquqligi, onalarni ishlanshi. Buni ham olbatta oilaga, farzandlarga yaxshi tomoni ham, yomon tomoni ham bor.
Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o‘chog‘i, maskani hisoblanadi. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga Mehribonlik uylari, maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi. Chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o‘sha yerning normalari, qadriyatlari va talablari ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo‘lib yetiladi. Agar dastlabki yoki ikkilamchi sotsializatsiyadan chekinish, undan mahrum bo‘lish yoki xulqning tashqi salbiy ta’sirotlar natijasida deviant shaklga kelishi qayd etilsa, unda ilmiy tilda aytganda, resotsializatsiyadeb nomlangan jarayon nazarda tutiladi.
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkichnchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, soh va salomat shaxs bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. YA’ni, oila va uning sog‘lom ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo‘lish, muomalada ahloq-odob normalariga bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.
Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta’kidlashicha, oila ijtimoiypsixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini ko‘rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo‘lsa, uning normativ ta’siri ham shunchalik samarali bo‘ladi. Bunday oilada o‘zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Uning ahamiyati shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda o‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan vijdonan bajdaradigan bo‘lib, bolalar jamiyatida hamisha o‘zining o‘rniga ega bo‘la oladi. Bunday farzanjdga turli bid’atlar, bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir etmaydi, mustqil fikrli, pok vijdonli inson bo‘lib yetishadi. Chunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham mustahkam bo‘lishini o‘zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda qadrlanadi, nikoh muqaddas rishta sifatida e’zozlanadi.
Albatta, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa ijtimoiy omillar ham mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari va u yerlardagi ta’lim va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor munosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayonidan tashqari, oila muhitining o‘zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo‘lib qolishi mumkin.

Yüklə 29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin