Ota ona va farzand munosabatlarining o‘ziga xosligi reja


Muallif oilaning yo‘nalishiga qarab uch toifaga mansub ekanligini ko‘rsatib beradi



Yüklə 29 Kb.
səhifə6/7
tarix23.06.2022
ölçüsü29 Kb.
#62165
1   2   3   4   5   6   7
OTA ONA VA FARZAND MUNOSABATLARINING O‘ZIGA XOSLIGI

Muallif oilaning yo‘nalishiga qarab uch toifaga mansub ekanligini ko‘rsatib beradi:

  1. Ijtimoiy – ilg‘or yo‘nalishdagi oila.

  2. Ziddiyatli yo‘nalishga ega bo‘lgan oila.

  3. Past darajadagi ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan oila.

Birinchi toifaga xos bo‘lgan oilalar bizdagi oilalarning ko‘pchilik qismini tashkil qiladi. Bundan oilalarda shaxslararo munosabatlar axloq prinsiplari va qoidalaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi, shuningdek xar tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy ideali (yuksak orzu timsoli) nazarda tutiladi.
Ijtimoiy ilg‘or yo‘nalishdagi oilalarning voyaga yetgan a’zolari ishlab chiqarishda, korxanada, jamoat ishlarida faol qatnashadilar, ilg‘or madaniyatga nisbatan qiziqishlarni namoyish qiladilar, shuning bilan bu narsaga o‘z farzandlarida ham xavas uyg‘otadilar.
Oilada goxo bo‘ladigan ziddiyatlarni juda qisqa muddatda xamjixatlik bilan bartaraf qiladilar. Ushbu toifaga mansub oilalarda xo‘jalik ashyolari, qimmatbaxo materiallar xar-hil extiyolarni qondirish vositasi sifatida qaraladi, bu narsalar shaxsning kelajak istiqboli bilan mutlaqo bog‘lanmaydi.
Ikkinchi toifagamansub oilada barqaror yo‘nalish bo‘lmaydi. Oiladagi turmush munosabatlari uzluksiz ravishda biron-bir g‘oyani boshqa g‘oya bilan o‘zaro niqoblangan kurashi bosqichida bo‘ladi. U yoki bu qarashlarning ustunligi, istiqboli xech qanday ahamiyat kasb etmaydi.
Er-xotinnig yoki boshqa voyaga yetgan oila a’zolarining murosasiz pozitsiyalari (nuqtai nazarlari) ko‘pincha ularning fe’l atvor xususiyatlariga tafovut negizi bilan bog‘liq bo‘lib, oilada so‘z bilan ish birligi masalasi bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘ladi. Burch xissigina muayyan majbariyatni bajarishgina oila a’zolarining o‘zaro birlashtirib turadi. Mana bunday oilalarda er-xotinning bolalarga ta’sir o‘tkazish kuchi kurashi, raqobati yaqqol namoyon bo‘ladi.
Uchinchi toifadagi oilalarda ko‘pincha meshchanlik udumi va ideallari xokimlik qiladi. Mazkur oilalarda barcha narsa yagona narsaga bo‘ysundirilgan, ya’ni moldunyo to‘plashga, moddiy-maishiy jixatadan ustunlikka erishishga qaratilgan. Voyaga yetgan oila-a’zolarining, ota-onaning korxonada, muassasada, tashkilotda mehnat qilishi anna shu ko‘zlagan maqsadga yetishi vositasi sifatida, xar qanday mehnat esa ish xaqi miqdori bilan o‘lchanadi.
Oila boshlig‘ining zo‘ravonligi, zolimligi, unga ko‘r-ko‘rona va so‘zsiz bo‘ysunishlik sajda qilishlik, zaif va nimjon oila a’zolari faolligini poymol qilishga intilishi va hokazolar ustun bo‘ladi. Meshchanlik ideal iva diniy e’tiqod doirasidan tashqarii chiqish hollari (kitob o‘qish, ijtimoiy turmush faoliyatida ishtirok etish) kamsitilib, bekorga vaqt sarflash deb baholanadi.
Shu bois past darajadagi ijtimoiy yo‘nalishga mansub oilalarda xudbin, qo‘qoq, jamiyat uchun nafi kam tegadigan o‘g‘il-qizlar yetishib chiqishi mumkin. Oiladagi munosabatlar ta’sirida ilk bolalikdan umumiy ishga sodiqlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, qat’iylik, qadr-qimmat xissi kabi insoniy xislar shakllana boshlaydi.
Asta-sekin tug‘ishganlarga g‘axo‘rlik, ak-uka va opa-singillik mehri, ota-onalarga muxabbat va shavqat tuyg‘ular namoyon bo‘lib boradi. Agarda oilalarda turmush munosabatlari qo‘pollik, andishasizlik negiziga qurilgan bo‘lsa, u holda oila a’zolari ruxiy dunyosida kekkayish, pismiqlik ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xatti-harakatlar qoidalarni sezmaslik, ularni mensimaslik, yalqovlik, ma’suliyatsizlik, dimog‘dorlik illatlari unib chiqadi.
Oila boshlig‘i xisoblangan ota-onalarning asosiy diqqat e’tibori ahloq normalari va qoidalari talabidan kelib chiqqan xolda o‘z farzandlarida ijobiy xarakter xislarini zamon ruxiga mos shaxs fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan. Mazkur toifadagi oila a’zolari davrasidagi suhbatlar, munozalar, mulohazalar o‘zaro tinchlik, o‘zaro hurmat ruhiga bo‘ysindiriladi.
Oilada shaxslararo munosabatlardagi kelishmovchiliklar va ziddiyatlarning shakllanishida besabrlik, o‘zgani tushunmaslik, e’tiborsizlik, qizg‘anchiqlik, jizzakilik, uquvsizlik, bilimsizlik, beparvolik, loqaydlik, qo‘pollik, ba’zi hollarda betakalluflik, didsizlik, uyatsizlik, munofiqlik va hatto buzuqlik sababli yuzaga kelishi tasdiqlangan. O‘zbek oilasi uchun xarakterli bo‘lgan nizolardan biri er yoki xotinning qarindosh urug‘lari bilan bo‘ladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar.

Yüklə 29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin