Ota ona va farzand munosabatlarining o‘ziga xosligi reja



Yüklə 29 Kb.
səhifə1/7
tarix23.06.2022
ölçüsü29 Kb.
#62165
  1   2   3   4   5   6   7
OTA ONA VA FARZAND MUNOSABATLARINING O‘ZIGA XOSLIGI


OTA ONA VA FARZAND MUNOSABATLARINING O‘ZIGA XOSLIGI
Reja:

  1. Oila ichidagi o‘zaro munosabatlar psixologiyasi.

  2. Ota-ona – bola munosabatlari tizimi.

  3. Oilada ijtimoiy tarbiyaning bosqich va vositalari.

  4. Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi nizolar.


Oila-o‘ziga xos ijtimoiy birlik bo‘lib, uning asosida er-xotin ittifoqi, qarindoshlik munosabatlari, maishiy hayot birligi, axloqiy va huquqiy ma’suliyat hamda jamiyat tomonidan o‘rnatilgan ota-onalarning bolalarini tarbiyalashi bo‘yicha va farzandlarning o‘z ota-onalari uchun muayyan majburiyatlari turadi.
Oila hayoti shaklining davrlari-oilaning shakllanishidan boshlab parchalanishigacha o‘zgarishlari dinamikasini tavsiflovchi kategoriya. Oila funksiyalari-oila va uning a’zolari yashashi va faoliyatini namoyon qilish usuli, oila funksiyalari tarixidir va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan chambarchas bog‘liq.

  • Oilaning hissiy-emotsional muloqot funksiyasi – bu uning o‘z a’zolari o‘rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o‘rtasida mehroqibat, o‘zaro g‘amxo‘rlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir.

  • Oilaning tarbiyaviy funksiyasi – madaniy, ma’naviy merosni avloddan-avlodga uzatish, yosh avlodni tarbiyalash, jamiyatni madaniy merosini ta’minlab turishdan iborat.

  • Jismoniy quvvatni ta’minlash funksiyasi – oila a’zolarining jismonan sog‘, tetik va o‘zini yaxshi his qilishlarini ta’minlashga bog‘liq bo‘lgan sharoitlarni nazarda tutad.

  • Ma’naviy muloqotni ta’minlash funksiyasi – odamning o‘z naslnasabi, ma’naviy-madaniy an’analari bo‘lishiga intilishidan kelib chiqadi.

  • Reproduktivfunksiya – bu oilaning nafaqat avlodlar, vorislarni yaratishga aloqador vazifasi, balki, shu orqali ota va ona bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘lish, davlatning esa tub aholi sonini muayyan miqdorda ushlab turishiga ham xizmat qiladi.


  • Yüklə 29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin