ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 344 www.ares.uz SARS-CoV-2 -Koronavirusning kelib chiqishi -2019 yilning so‘nggi
kunlarida Xitoyning Uxan shahrida yangi koronavirus paydo bo‘ldi. Uning ta’siri
dastlab ommaviy axborot vositalarida bilindi: SARS-CoV-2 haqida yangiliklar,
tahlillar, ilmiy maqolalar e’lon qilina boshladi. Oradan bir necha oy o‘tib, 2020 yilning
mart oyi o‘rtalariga kelib atrofimiz deyarli shu so‘z bilan boshlanadigan yoki shu so‘z
qatnashadigan gaplardan iborat bo‘lib qoldi. Bugun “koronavirus” degan so‘zni
bilmaydigan odam yo‘q, hisobi – tili chiqqan bolakaydan o‘lim to‘shagida yotgan
keksalargacha bu haqda nimadir biladi. Koronavirus infeksiyasining yashirin davri 2
kundan 14 kungacha davom etadi. Hozirgi kunda virus tarqalishi asosan odamdan
odamga yaqin aloqa oqibatida yuz bermoqda. Uning alomatlari isitma, yoʻtal va
nafas qisishi hisoblanadi.
Virusni barcha yoshdagi odamlar yuqtirishi mumkin. Yoshi katta, surunkali
kasallikka yoʻliqqan, immuniteti zaiflashgan odamlarda kasallik ogʻirroq kechishi
mumkin. Ayni paytda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va dunyo davlatlari
mutaxassislari ushbu virusga qarshi kurashoqda.
Profilaktikas –avvalo shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish lozim. Qoʻllarni tez-tez va sovun bilan yaxshilab suvda yuvishning ahamiyati beqiyos.
Bundan tashqari, spirti dezinfeksiyadan foydalanish kerak. Ovqat qilish davomida
hamda undan oldin va keyin, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, uy hayvonlari oldidan
qaytganda ham qoʻllarni yuvishni unutmaslik kerak. Avvalo, shamollash yoki gripp
alomatlari kuzatilgan odamlar bilan yaqin aloqa qilishdan tiyilish kerak. Yuzni qoʻl
bilan ushlamang. Imkon qadar bozor, vokzal, katta doʻkonlar kabi odamlar yigʻiladigan
joylarga borishni kamaytiring. Yoʻtalganda, burun qoqqanda va aksirganda ogʻiz va
burningizni berkiting Goʻsht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qoʻllarni
yaxshilab yuvish muhim oʻrin tutadi.
Goʻsht mahsulotlarini yaxshilab pishirish lozim. Xom yoki chala qaynatilgan
goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qilishdan saqlaning.. Kasallikning ilk alomatlari
kuzatilganda, uyda qoling va darhol shifokorga murojaat qiling.
Kasallikning rivojlanishi –Kasallik klinikasi virus yuqqandan so‘ng 2/4 kun
o‘tgandan keyin namoyon bo‘ladi. Kasallik o‘tkir, tana haroratining oshishi, yaqqol
rivojlanmagan umumiy zaharlanish belgilari bilan boshlanadi. Shuningdek, bolalarda
nafas olganda ko‘krak qafasida og‘riq,pnevmoniya, yo‘tal, quruq hushtaksimon
xirillashlar eshitiladi.