O'ta xavfli yuqumli kasalliklar va ularning tarqalishini oldini оlish chora tadbirlari


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix14.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#180572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ota-xavfli-yuqumli-kasalliklar-va-ularning-tarqalishini-oldini-olish-chora-tadbirlari (1)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 344  www.ares.uz 
SARS-CoV-2 -Koronavirusning kelib chiqishi -2019 yilning so‘nggi 
kunlarida Xitoyning Uxan shahrida yangi koronavirus paydo bo‘ldi. Uning ta’siri 
dastlab ommaviy axborot vositalarida bilindi: SARS-CoV-2 haqida yangiliklar
tahlillar, ilmiy maqolalar e’lon qilina boshladi. Oradan bir necha oy o‘tib, 2020 yilning 
mart oyi o‘rtalariga kelib atrofimiz deyarli shu so‘z bilan boshlanadigan yoki shu so‘z 
qatnashadigan gaplardan iborat bo‘lib qoldi. Bugun “koronavirus” degan so‘zni 
bilmaydigan odam yo‘q, hisobi – tili chiqqan bolakaydan o‘lim to‘shagida yotgan 
keksalargacha bu haqda nimadir biladi. Koronavirus infeksiyasining yashirin davri 2 
kundan 14 kungacha davom etadi. Hozirgi kunda virus tarqalishi asosan odamdan 
odamga yaqin aloqa oqibatida yuz bermoqda. Uning alomatlari isitma, yoʻtal va 
nafas qisishi hisoblanadi. 
Virusni barcha yoshdagi odamlar yuqtirishi mumkin. Yoshi katta, surunkali 
kasallikka yoʻliqqan, immuniteti zaiflashgan odamlarda kasallik ogʻirroq kechishi 
mumkin. Ayni paytda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va dunyo davlatlari 
mutaxassislari ushbu virusga qarshi kurashoqda. 
Profilaktikas –avvalo
shaxsiy 
gigiena qoidalariga amal qilish lozim.
Qoʻllarni tez-tez va sovun bilan yaxshilab suvda yuvishning ahamiyati beqiyos. 
Bundan tashqari, spirti dezinfeksiyadan foydalanish kerak. Ovqat qilish davomida 
hamda undan oldin va keyin, shuningdek, ovqatlanishdan oldin, uy hayvonlari oldidan 
qaytganda ham qoʻllarni yuvishni unutmaslik kerak. Avvalo, shamollash yoki gripp 
alomatlari kuzatilgan odamlar bilan yaqin aloqa qilishdan tiyilish kerak. Yuzni qoʻl 
bilan ushlamang. Imkon qadar bozor, vokzal, katta doʻkonlar kabi odamlar yigʻiladigan 
joylarga borishni kamaytiring. Yoʻtalganda, burun qoqqanda va aksirganda ogʻiz va 
burningizni berkiting Goʻsht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qoʻllarni 
yaxshilab yuvish muhim oʻrin tutadi. 
Goʻsht mahsulotlarini yaxshilab pishirish lozim. Xom yoki chala qaynatilgan 
goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qilishdan saqlaning.. Kasallikning ilk alomatlari 
kuzatilganda, uyda qoling va darhol shifokorga murojaat qiling. 
Kasallikning rivojlanishi
–Kasallik klinikasi virus yuqqandan so‘ng 2/4 kun 
o‘tgandan keyin namoyon bo‘ladi. Kasallik o‘tkir, tana haroratining oshishi, yaqqol 
rivojlanmagan umumiy zaharlanish belgilari bilan boshlanadi. Shuningdek, bolalarda 
nafas olganda ko‘krak qafasida og‘riq,pnevmoniya, yo‘tal, quruq hushtaksimon 
xirillashlar eshitiladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin