O’tgan Kunlar



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə2/3
tarix23.12.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#77524
1   2   3
O\'tgan kunlar (1)

Badiiy tasvir vositalari
  • Badiiy tasvir vositalaridan o’xshatish
  • 1.1. Uslubiyatdagi badiiy tasvir vositalarining nutq madaniyatida tutgan o’rni
  • Badiiy matnda ko’chimlar turli ko’rinishlarga ega bo’lib ularni ko’pchilik adabiyotlarda “troplar’ deb yuritiladi. “Ko’chimlar deyilganda adabiy asarning badiiy qimmatini, ifodaliligini ekspressivlikni kuchaytirish uchun bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarning umuman ko’chma ma’noda ishlatilishi”6 nazarda tutiladi.
  • So’z ma’nosining ko’chish jarayonlari turli ko’rinishlarda voqe bo’ladi, bu jarayonlar va ularning natijalari sifatida yuzaga keladigan hodisalar, bu hodisalarning turlari, o’ziga xos xususiyatlari kabi masalalar o’zbek tilshunosligida ancha batafsil o’rganilgan. “Badiiy tekstning lingvistik tahlili” qo’llanmasida ko’chimlar quyidagicha tasnif qilingan.
  • So’z ma’nosining miqdoriy ko’chishiga asoslangan ko’chimlar: a) giperbola b) meyozis.
  • So’z ma’nosining sifatiy ko’chishga asoslangan ko’chimlar a) metafora b) metonimiya v) ironiya.
  • Boshqa tasvir vositalari mazkur ko’chimlarning ko’rinishi sifatida beriladi. “Simvol, jonlantirish, epitit, apastfora-metaforaning, perifraza, sinekdoxa, allegoriya, epitet-metonimiyaning; antifraza, sarkazm-ironiyaning; litota-meyozisning ko’rinishlaridir.
  • Tasviriy vositalarning deyarli barchasida o’xshatish, chog’ishtirishdan iborat tushuncha yotadi.
  • Maxsus ifoda tasviriy vositalar troplar va figuralar deb ikkiga bo’linadi. Maxsus ifoda-tasviriy vositalari tilda obrazlilik, hissiylik keltirib chiqaradi. Ulardan foydalanish bilan muallif tinglovchining sezgisiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari bayonda qisqalikka, aniqlikka erishiladi. Buning uchun esa ma’lum shart-sharoitlar kerak bo’ladi: birinchidan, notiq ifoda tasviriy vositalarning tabiatini, xususiyatini yaxshi tushungan bo’lishi kerak; ikkinchidan , ifoda tasvir vositalariga, nutqni bo’yash, haddan tashqari ko’p o’rinli-o’rinsiz murojaat qilmasligi kerak. Ularning ishlatish o’rni, payti vazifasini yaxshi tushunish kerak. Aks holda nutq madaniyati buziladi, tinglovchi yoki o’quvchida o’sha nutqga u orqali muallifga nisbatan salbiy munosabat
  • uyg’onishi mumkin.
    • Ifodalilik ekspressivlik va aniqlikni ta’minlash niyatida, biror narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko’chirish, o’xshatish yoki so’zlarni shu maqsadda ko’chma ma’noda ishlatish troplar deyiladi.7
    • Metafora, o’xshatish, sifatlash, metonimiya, sinekdoxa, mubolag’a, allegoriya, jonlantirish, prafraza kabi usullar ko’chimlarning turlaridir.8
    • Metafora – narsa-buyum, voqea – hodisalar o’rtasidagi o’zaro o’xshashlikka asoslangan ma’no ko’chishiga metafora deyiladi.9 Mumtoz adabiyotshunoslikda metafora “isteora” deb yuritiladi. Metaforaning ikki turini farqlash lozim. Lingvistik metafora, xususiy muallif metaforalari mavjuddir.
    • Lingvistik metaforalar til taraqqiyoti bilan bog’liq hodisa. Bunday metaforalar asosan nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda ekspressivlik, binobarin ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan subyektiv munosabat aks etmaydi. Faqatgina ma’lum bir so’zning ma’no doirasi kengayadi. Masalan: odamning oyog’i – stolning oyog’i.
    • Xususiy – muallif metaforalari yozuvchining estetik maqsadi, ya’ni borliqni subyektiv munosabatini ifodalagan holda nomlashi asosida yuzaga keladi.
    • Metafora va o’xshatish konstruksiyasining o’zoro farqi haqida tilshunoslar o’zlarining fikrlarini aytib o’tishgan.
    • 1. O’xshatishda so’zlar o’z ma’nosi bilan ishtirok etadi. Metaforada so’zlar ko’chma ma’noda bo’ladi.
    • 2. O’xshatishda ikki komponent o’xshatiluvchi obyekt va o’xshovchi obraz qiyoslanadi. Metafora esa bir komponentli bo’ladi.
    • 3. O’xshatishda maxsus ko’rsatkichlar bo’ladi; -dek, - day, - simon, kabi, singari va boshqalar. Metaforalarda bunday ko’rsatkichlar bo’lmaydi.
    • Tilshunoslikda mazmuniy jihatdan metaforalarning uch turi ya’ni odatiy metaforalar, jonlantirish va uslubiy metaforalar farqlanadi.
    • Jonlantirish – badiiy nutqda obrazlilik baxsh etuvchi muhim vositalardan biridir. Jonlantirish odamlarga xos bo’lgan xislatlarini jonsiz predmetlar, tabiat hodisalari, hayvonot, parranda, qush kabilarga ko’chirish orqali paydo bo’ladigan tasvir usulidir.
    • Tashxis – shaxslantirish. Jonsiz narsalarning insonlarday qilib tasvirlash.
    • Jonsiz narsalarga insonlarga murojaat qilgandek munosabatda bo’lish ham jonlantirishning bir ko’rinishi hisoblanadi. Bu hodisa apastrofa deb yuritiladi. Masalan, “Bebosh yaproqlarning shivir
    • – shiviri, mungli yomg’irkuyi, mayin-harir maysalar, injiq shamol, siz soddagina daraxtlarim va men egilishni eplolmagan asov g’alayon – hammamiz yolg’iz sog’inch bilan bog’langanmiz.
    • Intoq – nutq sohibi sifatida tasvirlash, insonlardek gapirtirish demakdir. Insonlarga xos ba’zi qusurlar, kamchiliklar, narsa-buyumlar misolida obrazli qilib ko’rsatib beriladi. Yevropa adabiyotshunoslik ilmida allegoriya deb atalgan bu ko’chim ham “gapirtirish” usuliga asoslanadi. Intoq jonlantirishda, narsa va buyumlar, hayvonlar insonlardek gapiradi.
    • Uslubiy metaforalarda bir sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa-tushuncha boshqa sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa tushunchaga o’xshatiladi.
    • Masalan: shirin tabassum, shirin gap ,yengil tabassum, yengil nigoh.
    • Metonimiya – voqea – hodisa, narsa buyumlar o’rtasidagi o’zaro yaqinlik va bog’liqlik asosida ma’no ko’chishiga aytiladi. Masalan: Saroy tinch uyquda tun yarim. Bu misolda saroy so’zi orqali. “Saroydagi odamlar” ma’nosi ifodalangan.
    • Sinekdoxa – butun bo’lak munosabatiga asoslanuvchi ma’no ko’chishiga aytiladi.
    • Adabiyotlarda “ko’plik o’rnida birlik yoxud birlik o’rnida ko’plik shakllarini qo’llash yo’li bilan ham sinekdoxalar yaratilishi mumkin. Masalan, qo’limni kesib oldim, daraxtlar sarg’aydi birikmalarida butunning nomi bilan bo’lak; tirnoqqa zor, jamoaning qo’li baland keldi kabi birikmalarda qismning nomi butun bilan ifodalanayapti.
    • Kinoya deb, til birligini uning haqiqiy ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, qochirim, piching bilan ishlatishdan iborat ko’chimga aytiladi. Yevropa adabiyotshunosligida bu hodisa “ironiya” atamasi ostida umumlashtiriladi. Uning antifraza (mas’hara, u yoki bu ijobiy xususiyatni kulgu, kalaka yo’li bilan inkor qilish) hamda sarkazm (zaharxanda ta’na, istehzoli piching, sha’ma) deb ataluvchi ko’rinishlari farqlanadi. Mohir so’z ustasi Abdulla Qahhor asarlarida kinoyaning nodir namunalarini uchratish mumkin.
    • Parafraza deb ataluvchi tasviriy ifodalar ham badiiy nutqning emotsional – ekspressivligini ta’minlovchi uslubiy vositalardan biri. Parafraza deb narsa va hodisani o’z nomi bilan emas, ularni xarakterli belgi- xususiyatlari asosida tasviriy usul bilan ifodalashga aytiladi. Masalan: yoshlik sevgi fasli…
    1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin