O’tkazilgan vaqt



Yüklə 18,17 Kb.
tarix08.09.2023
ölçüsü18,17 Kb.
#142023
1-hafta muloqot darsi


Ijtimoiy gumanitar fanlar” fakulteti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” yo’nalishi 22-4 guruhning 1-hafta “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” mavzusida o’tkazilgan muloqot darsi


BAYONNOMA
O’tkazilgan vaqt: 05.09.2022 soat 12:30
O’tkazilgan joy: 1-bino 202- xona
Qatnashdilar: 1. Guruh murabbiysi: Madirimova S.
2. 22-4 guruh talabalari.


Kun tartibi:



  1. Muloqot soati mavzusi bayoni.

  2. Talabalarning universitet ichki tartib qoidalari bilan tanishtirish.

  3. Guruh sardorini saylash.



Eshitildi:

Yig’ilishning kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan guruh murabbiysi so’zga chiqib o’z so’zida talabalarga “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” mavzusida tayyorlagan tagdimoti, video darslar va boshqa materiallar asosida ma’lumotlar berdi. Mavzu yuzasidan talabalar fikirlari bilan tanishdi. Talabalar o’rtasida mavzuga doir baxs munozaralar bo’lib o’tdi, savollarga javob berildi. Talabalarni bildirgan fikirlariga o’z izohlarini bildirib o’tdi.


Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan guruh murabbiysi talabalarni universitet ichki tartib qoidalari bilan tanishtirib o’tildi va tanishganlik to’g’risida qaydnoma shakillantirilib xar bir talaba o’z imzosi bilan tasdiqlab o’tdi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan guruh murabbiysi so’zga chiqib guruh sardorini saylash taklifini bildirdi. Guruhdan ikkita nomzod taklif qilindi ular Erkinboyev Erkinboy va Rajabov Jayhun nomzodlari berildi. Nomzodlar ochiq ovoz berish yo’li bilan saylandi va Erkinboyev Erkinboy 10 ta ovoz, Rajabov Jayhun 8 ta ovoz to’pladilar. Natijalarga ko’ra Erkinboyev Erkinboy guruh sardori qilib saylandi. Guruh sardori zimmasiga guruhning 32 ustunli talabalarning to’liq malumotlari jamlangan jadvalni shakllantirish topshirildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan talabalar fikri o’rganildi.


Qaror qilindi.

1. Universitet ichki tartib qoidalari buzilgan taqdirda nizomga muvofiq chora ko’rilishi haqida ogohlantirildi.


2. 12 soatdan ortiq sababsiz dars qoldirgan talabalarga nisbatan keskin choralar ko’rilishi haqida ogohlantirilsin.
3. Ularning dars soatlari 72 soatga yetganda universitet nizomiga ko’ra xayfsan e’lon qilinishi ma’lum qilinsin hamda ularning ota-onalari chaqirtirilib, ulardan farzandlarining xulq atvoriga izoh berish talab etilishi tushuntirilsin.
4. Guruh talabalarining ma’lumotlarini yig’ish va yuqoridagi jadvalni shakllantirish guruh sardori zimmasiga yuklatilsin.


Guruh raxbari: Madirimova. S.
Yüklə 18,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin