Oʻtkazuvchanlik
Oʻtkazuvchanlik 1) elektr oʻt k a z u v ch a
n l i k — jismning elektr maydoni taʼsirida
elektr tokini oʻtkazish xususiyati. Oʻlchov
birligi 1/Om. Elektr tokini oʻtkazadygan
jismlar oʻtkazgichlar deyiladi. Ularda
hamisha erkin zaryadlar — elektronlar,
ionlar mavjud boʻladi. Ularning tartibli
harakati elektr tokini hosil qiladi.
Koʻpgina oʻtkazgich (metall,
yarimoʻtkazgich, plazma)larning elektr
Oʻ.gi elektronlarning harakatiga
asoslangan. Uz. 1 m va koʻndalang kesim
yuzi 1 mm2boʻlgan oʻtkazgichning
qarshiligi metallarning solishtirma elektr
oʻtkazuvchanligi deyiladi. Metallning
issiqlik Oʻ.gi bilan elektr Oʻ.gi orasida
toʻgʻri mutanosib (proporsional)
bogʻlanish mavjud, yaʼni uncha past
boʻlmagan trada sof metallar uchun
elektr Oʻ. koeffitsiyentining issiklik Oʻ.
koeffitsiyentiga nisbati oʻzgarmas
kattalikdir.
Yarimoʻtkazgichlarda elektron va kovak
Oʻ. mavjud. Erkin elektronlar tufayli hosil
boʻladigan Oʻ.ga elektron Oʻ., koʻchgan
elektronning boʻsh qolgan oʻrni kovak,
kovaklar siljishi esa kovak Oʻ., deyiladi.
Kovak musbat zaryadli. Kovaklar
harakatining yoʻnalishi elektronlar
harakatiga qarama-qarshidir.
temperatura qoʻtarilishi bilan metallarda
elektr Oʻ. kamayadi, elektrolit va
yarimoʻtkazgichlarda esa koʻpayadi.
Oʻtkazgichlar temperaturasi maʼlum kritik
temperatura (Tk) dan pasayganida
ularning elektr oʻtkazish qarshiligi
nolgacha pasayish xossasi oʻta
oʻkazuvchanlik deyiladi.
Oʻtkazgichlarning normal holatdan oʻta
Oʻ. holatiga oʻtish chegarasi bilan bogʻliq
boʻlgan sirt energiyaga ega. Bu
energiyaning musbat yoki manfiy
boʻlishiga qarab, oʻta oʻtkazgichlar 1 va
2turga boʻlinadi. Niobiy, vanadiy va
texnitsiy kabi metallar 2tur, qolgan
metallar 1tur oʻta oʻtkazgichlarga kiradi;
2) issiqlik oʻtkazuvchanlik — temperatura
taʼsirida modda zarralarining issiqlik
harakati tufayli issiqtikning uzatilishi.
Suyuqlik issiqlikni metallga nisbatan
yomon, gazga nisbatan esa yaxshiroq
oʻtkazadi. temperatura orta borishi bilan
metall va gazlarning issiqlik Oʻ.gi orta
boradi, suyuqliklarniki esa kamaya
boradi. Ichki va tashqi issiqlik Oʻ.gi
mavjud. Agar vaqt oʻtishi bilan
temperatura oʻzgarmasa, ichki issiqlik Oʻ.
roʻy beradi, tashqi Oʻ esa ikki muhit —
metall va gaz oqimi, metall va suyuklik
oqimi chegarasida roʻy beradi. Oʻ.dan
hisoblash va oʻlchash texnikasida hamda
boshqa qurilmalarda foydalaniladi.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 16:17 da
tahrir qilingan.
•
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=O%CA%BBtkazuvchanlik&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=O
ʻ
tkazuvchanlik&oldid=28521
12
" dan olindi
Matndan
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Dostları ilə paylaş: |