100
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‗shagan
yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‗ olinadigan ekinlarni ekish,
shuningdek, yangi intensiv bog‗ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga
ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
fermer xo‗jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish,
qurilish ishlari va xizmatlar ko‗rsatish bilan shug‗ullanayotgan ko‗p
tarmoqli fermer xo‗jaliklarini rag‗batlantirish va rivojlantirish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish;
sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash,
melioratsiya va irrigatsiya ob‘ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq
xo‗jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va
resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish,
unumdorligi yuqori bo‗lgan qishloq xo‗jaligi texnikasidan foydalanish;
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik
sharoitlarga moslashgan qishloq xo‗jaligi ekinlarining yangi seleksiya
navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va
ishlab chiqarishga joriy etish bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini
kengaytirish;
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk
huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag„batlantirishga qaratilgan
institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni
ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‗lidagi barcha
to‗siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‗liq erkinlik berish, «Agar xalq
boy bo‗lsa, davlat ham boy va kuchli bo‗ladi» degan tamoyilni amalga
oshirish va boshqalar.
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal
foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush
darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-
xomashyo, sanoat, qishloq xo‗jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan
kompleks va samarali foydalanishni ta‘minlash va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: