47
hamda insonning barkamolligidan dalolat beradi. Ko‗ngilli faoliyat yuritar
ekan inson axloqiy jihatdan takomillashib boradi, muloqot madaniyatini
rivojlantiradi, o‗zaro hamkorlik va birodarlik hissiga, insonparvarlik
tuyg‗usiga ega bo‗ladi. Ko‗ngillilik faoliyati faol va ijodiy xarakterga ega
bo‗lib, inson o‗z salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Bu
faoliyat tevarak atrofda ro‗y berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan faol
munosabatning shakllanishiga, siyosiy voqelikka ziyrak nazar bilan
qarashga yordam beradi.
Aynan fuqaroviy faollikning o‗zi bir necha jihatlar bilan ajralib turadi:
- faol fuqaro guruhiga mansub kishilar asosan siyosiy va iqtisodiy
tizim to‗g‗risida bilim olishga tayyor bo‗lgan kishilardan iborat;
- faol fuqarolarda o‗z haq-huquqlarini faol amalga oshirish uchun
bilim va
qobiliyat mavjud;
- faol fuqarolarda ana shu bilimlarni joriy qilish uchun ko‗nikmalar
mavjud bo‗ladi
1
.
Fuqarolik faolligi bugungi kunda davlat uchun misli ko‗rilmagan
ko‗makchiga aylanmoqda. Turli ijtimoiy loyihalarga birlashgan fuqarolar
ro‗y berayotgan, tug‗ilayotgan va mavjud muammolarni muhokama qilish,
ularning yechimini topish va hukumatga taklif etish imkoniyatiga ega.
Turli nodavlat tuzilmalaridagi yetuk mutaxassislar bozor munosabatlari
sharoitida kutilmaganda ro‗y beradigan muammolar, bozorning betartartib
jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishga hukumatga
ko‗makchilik qilmoqdalar.
Ma‘lumki bozor munosabatlari sharoitida rang-barang ijtimoiy
muammolar yuzaga kelaveradi, ammo ularning yechimini hukumat
hamisha ham o‗z vaqtida hal etavermaydi. Boshqacha aytganda bunday
muammolarni hukumat o‗z vaqtida payqash imkoniyatiga ega emas.
Dostları ilə paylaş: