chiqаruvchi оrgаndаgi hаr bir dеputаt dеyarli tеng miqdоrdаgi fuqаrоlаr
vаkili hisоblаnаdi, shuningdеk, hаr bir sаylоvchi umumiy sаylоv
qаrоrlаrigа bir xildа tа‟sir etish dаrаjаlаrigа egа bo„lаdi.
Dеmоkrаtik sаylоvlаrning yanа bir mеzоni – sаylоvlаrni to„g„ridаn-
to„g„ri o„tkаzish qоidаsi hisоblаnаdi. Pаrlаmеnt dеmоkrаtiyasi rivоjlаngаn
mаmlаkаtlаrning ko‗pchiligidа sаylоvchilаr to‗g‗ridаn-to‗g‗ri (dеlеgаtlаr
yoki vаkillаr vоsitаsisiz) prеzidеnt, pаrlаmеnt vа bоshqа siyosiy hоkimiyat
оrgаnlаrini sаylаydilаr.
Dеmоkrаtik sаylоvlаrning yanа bir muhim qоidаsi musоbаqаdоshlik
yoki o„zаrо rаqоbаtbоshlik hisоblаnаdi. Ya‘ni u sаylоvlаrdа turli хil
ijtimоiy guruhlаr yoki qаtlаmlаr mаnfааtlаrini ifоdаlоvchi turli pаrtiyalаr
73
vа nоmzоdlаrni ishtirоki аsоsidаgi rаqоbаtdоshlik dеmоkrаtik rivоjlаngаn
mаmlаkаtlаr uchun хоs.
Bаrchа dеmоkrаtik mаmlаkаtlаr tоmоnidаn tаn оlingаn qоidаlаrdаn
yanа biri, bu – yashirin оvоz bеrish usulidir. Sаylоvlаrdа yashirin оvоz
bеrish nаtijаsidа sаylоvchilаrgа tаshqаridаn tаzyiq yoki tа‘sir
o‗tkаzishning оldi оlinаdi, hаr bir sаylоvchining erkin bo‗lishi, o‗z хохish-
ihtiyorini аmаlgа оshirish uchun imkоniyatlаr yarаtilаdi.
Sаylоvlаr o‗tkаzishdаgi yanа bir dеmоkrаtik qоidа – sаylоvlаr
ustidаn хаlq nаzоrаtini o‗rnаtishdir. Qоlаvеrsа sаylоvlаr mаrоsimlаridа
milliy vа хоrijiy kuzаtuvchilаrning ishtirоk etishi sаylоv o‗tkаzilаyotgаn
dаvlаtning оbro‗-e‘tibоrini оshirаdi.
Dеmоkrаtik mаmlаkаtlаrdаgi sаylоvlаr o‗tkаzish qоidаlаridаn biri –
sаylоvchilаrning ishtirоk etishini iхtiyoriyligi hisоblаnаdi. Bu qоidаning
mоhiyati shundаki, hеch kim fuqаrоning sаylоvdа erkin o‗z хохishini
bildirishgа yoki sаylоvdа ishtirоk etish vа etmаsligigа tа‘sir o‗tkаzа
оlmаydi.
Dеmоkrаtik sаylоvlаrning yanа bir qоidаsi – nоmzоdlаrning
sаylоvоldi kurаshi uchun tеng imkоniyatlаr yarаtishdir. Bu qоidа
nоmzоdlаrgа turli mоddiy yoki siyosiy imkоniyatlаr ulаrninng bа‘zilаrigа
ustunliklаr vа imtiyozlаr pаydо bo‗lishini оldini оlib, bаrchа nоmzоdlаr
uchun tеng imkоniyatlаr yarаtаdi.
Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo‗lib, eng avvalo o‗zida
jamiyat a‘zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi.
Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan
islohotlarda saylovlarning o‗rni beqiyosdir. O‗zbekiston mustaqil
taraqqiyot yo‗lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik
organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi
demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat
sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir
1
.
Erkin saylovlarni o‗tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir
qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‗ishmasdan amal qilinishi ularni
muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga
xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning e‘tiroficha,
«demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular
o‗zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu
saylov degani». Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz
1
Парламент сайлови: миллий қонунчилик ва хорижий тажриба: илмий-амалий қўлланма // М.Абдусаломов ва
бошқалар; Масъул муҳаррир проф. Ш.Х.Файзиев; –Тошкент: Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузиридаги
Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторинги институти нашриѐти, 2009. 26-бет.
74
saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr
mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‗ladi.
Demokratiyaning ushbu eng muhim tamoyilini hayotga tatbiq etish,
fuqarolarning saylov huquqini, o‗z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‗z
qonuniy manfaatlarini ro‗yobga chiqarish va himoya qilish huquqini
ta‘minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, huquqiy asos yaratib berilishi
lozim. O‗zbekistonda bularning barchasi yaratilgan. O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 32, 77, 90, 105, 117 – moddalarida
saylov masalalari aks etgan.
Mustaqillik yillarida saylov jarayoni bilan bog‗liq ―O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to‗g‗risida‖gi, ―O‗zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylov to‗g‗risida‖gi, ―Fuqarolar saylov huquqlarining
kafolatlari to‗g‗risida‖gi, ―Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov to‗g‗risida‖gi, ―O‗zbekiston Respublikasining
Markaziy saylov komissiyasi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi
qonunlarida saylovlarga doir umume‘tirof etilgan demokratik xalqaro
tamoyil va qoidalar mustahkamlab qo‗yilgan edi.
2019 yil saylov qonunchiligi sohasida katta o‗zgarishlar amalga
oshirildi. Yuqoridagi va saylov qonunchiligiga oid ko‗plab boshqa
hujjatlarga
o‗zgartirishlar kiritildi. Yangi hujjat - O‗zbekiston
Respublikasining 2019 yil 25 – iyundagi O‗RQ-544-сон Qonuni bilan
tasdiqlangan Saylov kodeksi qabul qilindi. Mazkur kodeks Prezident,
Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a‘zolari, mahalliy kengashlar
deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‗rish va ularni o‗tkazish tartibini
belgilaydi. Shu paytgacha mamlakatimizda saylov to‗g‗risida ko‗plab
hujjatlar amal qilib kelmoqda edi. Biroq turli darajadagi 20 dan ortiq
qonun hujjatlarini amalda qo‗llashda murakkabliklar yuzaga kelishi
holatlari mavjud edi. Masalan, ushbu qonun hujjatlarida deyarli bir xil
narsalar yozilgan. Ammo o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish kerak
bo‗lsa, har biriga kiritib chiqish lozim bo‗lardi. Bu esa ko‗p vaqt va boshqa
resurslarni talab qiladi.
«O‗zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash
to‗g‗risida»gi
Qonun
va
u
bilan
tasdiqlangan
Kodeks
orqali
mamlakatimizda amalda bo‗lgan saylov to‗g‗risidagi 26 ta qonun hujjatlari
qamrab olindi. Ya‘ni shuncha hujjat bekor qilinib, o‗rniga ushbu yagona
kodeks amalga kiritildi. Jumladan, kodeksda quyidagi o‗zgarishlarni
ko‗rish mumkin: saylov jarayonidan oldin saylovchilarning elektron
ro‗yxati shakllantiriladi. Markaziy saylov komissiyasi mutaxassislari
saylovchilarning yagona elektron ro‗yxatini yaratish ustida ish olib
75
bordilar. Uyma-uy yurib, saylovchilar ro‗yxatga olindi, har bir saylovchi
turar joy kadastr raqamiga biriktirildi. Bundan maqsad «bir saylovchi – bir
ovoz‖ prinsipini to‗liq va bexato amalga oshirishdan iborat. Masalan, biror
saylovchi yashash joyi o‗zgarsa, doimiy ro‗yxatdan vaqtinchalik ro‗yxatga
o‗tsa, bu saylovchilarning yagona elektron ro‗yxatida o‗z aksini topadi. Bu
saylovchining faqat bir joyda bir marta ovoz berishini ta‘minlaydi. Shu
bilan birga ushbu elektron tizim orqali saylovchilarga ham qator
qulayliklar yaratildi. Masalan, saylovchi Markaziy saylov komissiyasi
saytiga kirib pasport raqamini kiritish orqali o‗zining qaysi saylov
uchastkasiga mansub ekanligini va saylov uchastkasi joylashgan manzilni
aniqlashi mumkin.
Kodeksda uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarning
jihozlanishiga oid talablar o‗z aksini topgan. Xususan, saylov
komissiyalari joylashgan binolarda saylov uchastkasining xaritasi, zarur
mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internetga ulangan va
jarayonni boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega
kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari) bo‗lishi kerak.
Saylov kodeksidagi yana bir o‗zgarish asosida saylov okruglari
ko‗paytirildi. Saylov kodeksi bilan saylov okruglari va uchastkalarini
tuzish, saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartibib belgilandi.
Unga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‗tkazish uchun
150 ta hududiy saylov okrugi tuziladi. Ilgari 135 ta okrug tuzilgan va 15
nafar deputat O‗zbekiston ekologik harakatidan saylangan. Endilikda
O‗zbekiston ekologik partiyasi tashkil etilganligi bois, mazkur partiya
deputatlikka o‗z nomzodlarini umumiy saylovlarga qo‗ygan holda
Qonunchilik palatasidan o‗rin egallashi mumkin. Shu sababli ushbu 15
o‗rin ham okruglarga berildi. Bu, birinchidan, har bir deputatning teng
sharoitlarda saylovlarda ishtirok etish va g‗alaba qozonishi uchun imkon
yaratadi. Qolaversa, saylovlarda hech bir partiya yoki harakat uchun
alohida sharoit yaratilmasligiga, saylovlarning sof demokratik ruhda
o‗tishiga yo‗l ochib beradi. Yana bir o‗zgarish ovoz berish vaqti o‗zgardi.
Ilgari saylovlar soat 06:00 dan soat 20:00 gacha o‗tkazilgan. Endilikda
ovoz berish soat 08.00 da boshlanadi va 20.00 da nihoyasiga yetadi.
Saylovlar asosan yil oxirida, qish faslida bo‗lib o‗tishi e‘tiborga olinsa, bu
oqilona yechim bo‗lganini ta‘kidlash mumkin.
3.Umumxalq saylovlari orqali davlat hokimiyati vakillik organlarini
shakllantirish demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir.
Demokratik davlatlarda saylovlar muhim ahamiyatga ega ekanligi
shundaki, ular mamlakat parlamenti qanday siyosiy kuchlardan tashkil
76
topishini aniqlab beradi. Saylovlar mamlakat aholisining kayfiyati va
kimni afzal bilishini namoyon etuvchi ko‗rsatkich sifatida ham katta
ahamiyat kasb etadi.
O‗zbekiston
Respublikasi
fuqarolarining
saylov
huquqi
Konstitutsiyaning 32-moddasida alohida mustahkamlangan. Unga ko‗ra,
―O‗zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda bevosita hamda o‗z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga
egadirlar. Bunday ishtirok etish o‗zini-o‗zi boshqarish, referendumlar
o‗tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‗li bilan
amalga oshiriladi‖. Saylov huquqiga oid yana bir – 60-moddasida ―Siyosiy
partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va
o‗zlarining demokratik yo‗l bilan saylab qo‗yilgan vakillari orqali davlat
hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar‖, deb belgilangan. Shuningdek,
Konstitutsiyaning 77-moddasida O‗zbekistonda saylovlar ko‗ppartiyalik
asosida o‗tishi ko‗zda tutilgan
1
.
Har qanday davlatning demokratik davlat, deb e‘lon qilishning o‗zi
kifoya emas, muhimi, uning tashkil etilishi va faoliyatini tegishli huquqiy
institutlar, huquqiy kafolatlar bilan ta‘minlashdan iboratdir. Bunday,
konstitutsiyaviy-huquqiy institutlarning negizini saylov huquqi instituti
tashkil etadi.
Saylovlar demokratiyani amalga oshirishning bevosita shakli bo‗lib,
fuqarolarni uyushgan holda o‗zlari yashab turgan davlat va jamiyatni
boshqarish jarayonlariga safarbar etadi. Haqiqatdan ham ―xalq
hokimiyatining bevosita oliy ifodasini erkin saylovlar tashkil etadi‖
2
.
Bunda fuqarolar har qanday jarayonning ishtirokchisi bo‗lganidek, saylov
jarayonida ishtirok etib o‗ziga siyosiy tajriba orttiradilar. Ular,
avvalambor, o„zlarining siyosiy ongini charxlab, siyosiy-huquqiy
Dostları ilə paylaş: |