101
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam
ta‘minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‗yicha farqlanish
darajasini
yanada kamaytirish;
byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va
ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur‘atlaridan yuqori miqdorda izchil
oshirish;
yangi ish o‗rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‗rta
maxsus va oliy o‗quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta‘minlash,
mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta‘minlash,
ishsizlik darajasini kamaytirish va boshqalar.
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog„liqni saqlash tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish:
aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko‗rsatish qulayligi hamda
sifatini oshirishga, aholi o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini shakllantirishga,
tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga
yo‗naltirgan holda sog‗liqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki
bo‗g‗inini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada
isloh qilish;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va
jamiyat boshqaruvidagi o‗rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar
kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta‘minlash, ularni tadbirkorlik
faoliyatiga
keng jalb etish, oila asoslarini
yanada mustahkamlash;
pensionerlar, nogiron, yolg‗iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand
toifalarining to‗laqonli hayot kechirishlarini ta‘minlash uchun ularga
tibbiy-ijtimoiy yordam ko‗rsatish tizimini yanada rivojlantirish va
takomillashtirish;
4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo„yicha maqsadli dasturlarni
amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta‟minlovchi
yo„l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish:
aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan
fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning
yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda
shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali
yanada yaxshilash;
teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma‘rifiy tashkilotlar va
muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
4.4. Ta‟lim va fan sohasini rivojlantirish:
uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim
xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy
102
ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom
ettirish;
maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog‗ini kengaytirish va ushbu
muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy
rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning
maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish
imkoniyatlarini ta‘minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka
darajasini
yuksaltirish;
umumiy o‗rta ta‘lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika
hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab
yuqori bo‗lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‗rganish va boshqalar.
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
jismonan sog‗lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan,
Vatanga sodiq, qat‘iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash,
demokratik
islohotlarni
chuqurlashtirish
va
fuqarolik
jamiyatini
rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy
va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni
yaratish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari, ta‘lim muassasalari, yoshlar va boshqa
tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: