132
Kuchli fuqarolik jamiyatida fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish
organlarining o‗rni muhim hisblanadi. Reppublikamizda «Fuqarolarning
o‗zini o‗zi boshqarish organlari to‗g‗risida»gi Qonun bilan o‗zini o‗zi
boshqarishning yaxlit tizimi yaratilgan. Dunyoning kamdan-kam
mamlakatida uchraydigan bunday ijtimoiy tuzilma o‗zining demokratligi
va izchil boshqaruvga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Birinchi
Prezidentimiz I.Karimov aytganidek, «...
odamlarning siyosiy ongi, siyosiy
madaniyati, siyosiy faolligi yuksalib borgani sari, davlat vazifalarini
nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlariga
bosqichma-bosqich o„tkazib borish zarur. Bu borada o„zini o„zi
boshqaradigan idoralarning, mahallalarning nufuzini va mavqeini
oshirish, ularga ko„proq huquqlar berish katta ahamiyat kasb etadi».
2.Mamlakatimizda ―Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari‖ tamoyili
asosida ham islohotlar olib borilmoqda. Haqiqatan ham bugungi kunda
davlatning bir qator funksiyalari o‗zini - o‗zi boshqarish organlariga
o‗tkazilganligi ijobiy natijalar berayotganining guvohimiz. Ya‘ni, bu
organlar joylarda bir qator ijtimoiy himoya, iqtisodiy masalalar, madaniy-
ma‘rifiy soha, atrof-muhit himoyasiga oid davlat zimmasida bo‗lgan
ko‗plab masalalarni ishonarli ado etib kelmoqda. Fuqarolarning o‗zini-o‗zi
boshqarish organlari ayni vaqtda fuqarolarning siyosiy faolligini
oshirishda ham katta bir ijtimoiy maktab hisoblanadi.
Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari ham nodavlat notijorat
tashkilotlariga o‗xshagan jamoat tuzilmasi hisoblanadi. Ularning
shakllantirilishi demokratik asoslarda – saylovlar orqali amalga oshiriladi.
Shunday ekan, fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlariga faqat
ijtimoiy xarakterga ega bo‗lgan vazifalar yuklatilishi lozim. Bunday
tuzilmalar bevosita davlat organlari vakolatiga kiradigan vazifalarni
bajarishdan ozod etilishi kerak. Ijtimoiy tuzilmalar jamiyat boshqaruvida
munosib ishtirok etsa, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishni
zimmasiga olsa, har bir fuqaroning davlat va jamiyat boshqaruvida erkin
ishtirokini ta‘minlashga erishsa, bu jamiyat kuchli jamiyat sifatida tan
olinadi. Kuchli jamiyat har qanday muammoni o‗zi hal etadi. Har bir
fuqaro esa o‗zining siyosiy hamda iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalana
oladi, jamiyatning faol a‘zosiga, muhimi uning boshqaruvchisiga aylanadi.
Boshqaruv jarayonida jamatchilikning ishtiroki ortib, mahalliy hokimiyat
bilan ular o‗rtasidagi munosabatlar birlashib boradi. Shu yo‗l bilan o‗zini-
o‗zi boshqaradigan jamiyat barpo etiladi. Ammo, bu jarayon tez
kechadigan ijtimoiy hodisa emas. Bular demokratik huquqiy davlatning
asosini tashkil etadi.
Kuchli fuqarolik jamiyati-turli xil nodavlat notijorat
133
tashkilotlari, siyosiy partiyalar, yuqori saviyadagi siyosiy fuqarolar
faolligi bilan xarakterlanadi.
Kuchli davlat esa kuchli jamiyat shakllanishida islohotchilik qilishi
mumkin. Davlat islohotchi sifatida o‗zining qator vazifalarini turli ijtimoiy
tuzilmalarga bosqichma-bosqich o‗tkazib borishi lozim. Buning uchun esa
jamoat tuzilmalari doimo davlatning yordamiga, uning qo‗llab-
quvvatlashiga ehtiyoj sezadi. O‗zbekiston Respublikasining nodavlat
notijorat tashkilotlari va boshqa jamoat tuzilmalarini davlat tomonidan
qo‗llab-quvvatlash g‗oyasi Birinchi Prezidentimiz I.Karimovga tegishli
bo‗lib, u «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» konsepsiyasining tarkibiy
qismi hisoblanadi. Nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa jamoat
tuzilmalari bilan bog‗liq munosabatlar va tamoyillar O‗zbekiston
Respublikasining «Jamoat birlashmalari to‗g‗risida», «Nodavlat notijorat
tashkilotlar to‗g‗risida», «Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari
to‗g‗risida», «Siyosiy partiyalar to‗g‗risida»gi Qonunlari va boshqa
qonunlarda o‗z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: