44
voqelikka nisbatan ob‘ektiv va tanqidiy yondashuv;
- hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan
ijobiy muloqot yuritish qobiliyati;
- bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli
huquqiy, madaniy va til makoniga mansublikda ifodalangan fuqaroviy
o‗zlikni anglash va hokazolar.
Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga
ham ajratish mumkin:
- fuqaro mas‘uliyatli, ongli va vijdonli bo‗lsa uni dastlabki pog‗onada,
ya‘ni fuqaroviy xususiyatlarga ega bo‗lgan shaxslar qatoriga kiritish
mumkin;
- agar fuqaroda atrofda bo‗layotgan voqea-hodisalarga nisbatan
ma‘lum bir munosabat shakllangan bo‗lsa uni
fuqaroviy pozitsiyaga ega
bo‗lgan shaxs sifatida e‘tirof etish mumkin;
- agar fuqaroda o‗z haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy
harakatni bajarish ko‗nikmasi mavjud bo‗lsa uni
faol fuqaro sirasiga
kiritish mumkin.
Fuqaroviylikning tugal yoki to‗kis ekanligini quyidagi mezonlar
vositasida talqin qilish mumkin:
1. Agar fuqaroviy pozitsiya hali shakllanmagan, fuqaroviy xususiyatlar,
o‗z haq-huquqlari uchun kurashish istagi to‗liq namoyon bo‗lmasa
fuqaroviylikning eng quyi darajasi namoyon bo‗ladi.
2. Fuqaro o‗z haq-huquqlari uchun kurashishga moyil bo‗lsa, u haqda o‗z
bilim va qobiliyatini namoyon qilishga tayyor bo‗lsa, bunda
fuqaroviylikning o‗rta darajasi namoyon bo‗ladi.
3. Agar fuqaroda fuqaroviy xususiyatlar hamda faol fuqarolik pozitsiyasi
to‗liq shakllangan, o‗z haq-huquqlari uchun amaliy harakatga kirish
ishtiyoqi yaqqol namoyon bo‗ladigan bo‗lsa uni yuqori darajada
Dostları ilə paylaş: