Oвid haydarov


II. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/103
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#42733
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
O.Haydarov Fuqarolik jamiyati

II. Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada 
isloh qilishning ustuvor yo‗nalishlari 
2.1.  Sud  hokimiyatining  chinakam  mustaqilligini  ta‟minlash,  sudning 
nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: 
sudyalar  va  sud  apparati  xodimlarining  mavqeini,  moddiy 
rag‗batlantirish  va  ijtimoiy  ta‘minot  darajasini  oshirish,  sudlarning 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; 
sudyalarga  g‗ayriqonuniy  tarzda  ta‘sir  o‗tkazishga  yo‗l  qo‗ymaslik 
bo‗yicha ta‘sirchan choralar ko‗rish; 
sudning  mustaqilligi  va  beg‗arazligi,  sud  protsessida  tomonlarining 
tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish; 
«Xabeas  korpus»  institutini  qo‗llash  sohasini  kengaytirish,  tergov 
ustidan sud nazoratini kuchaytirish va boshqalar. 
2.2.  Fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  ishonchli  himoya  qilish 
kafolatlarini ta‟minlash: 
fuqarolarning murojaatlarini o‗z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‗rib 
chiqishda  sansalorlik,  rasmiyatchilik  va  loqayd  munosabatda  bo‗lish 
holatlariga  yo‗l  qo‗yganlik  uchun  javobgarlikning  muqarrarligini 
ta‘minlash,  shuningdek,  buzilgan  huquqlarni  tiklashning  barcha  zarur 
choralarini ko‗rish;  
sud,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  faoliyatida 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
ta‘minlash va boshqalar. 
2.3.  Ma‟muriy,  jinoyat,  fuqarolik  va  xo„jalik  qonunchiligini 
takomillashtirish: 
jinoyat  va  jinoyat-protsessual  qonunchiligini  takomillashtirish  va 
liberallashtirish,  alohida  jinoiy  qilmishlarni  dekriminallashtirish,  jinoiy 
jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish; 


98 
 
odil  sudlovni  amalga  oshirish  samaradorligi  va  sifatini  oshirish, 
ma‘muriy,  jinoyat,  fuqarolik  va  xo‗jalik  sud  ish  yurituvining  protsessual 
asoslarini takomillashtirish va boshqalar. 
2.4.  Jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  va  huquqbuzarliklarning  oldini 
olish tizimini takomillashtirish: 
jinoyatchilikka  qarshi  kurashish  va  huquqbuzarliklarning  oldini  olish 
borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; 
diniy  ekstremizm  va  terrorizmga,  uyushgan  jinoyatchilikning  boshqa 
shakllariga  qarshi  kurashish  bo‗yicha  tashkiliy-amaliy  choralarni 
kuchaytirish; 
korrupsiyaga  qarshi  kurashishning  tashkiliy-huquqiy  mexanizmlarini 
takomillashtirish  va  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tadbirlarining 
samaradorligini oshirish; 
aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat 
tuzilmalarining  fuqarolik  jamiyati  institutlari,  ommaviy  axborot  vositalari 
bilan o‗zaro samarali hamkorligini tashkil etish. 
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash: 
huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  ishini  samarali 
rejalashtirish  va  uning  natijalarini  tahlil  qilish,  tizimli  huquqbuzarliklarni 
aniqlash  hamda  ularga  imkoniyat  yaratayotgan  sabab  va  sharoitlarni 
bartaraf etish; 
sud,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  xodimlarini 
o‗qitish,  tanlash,  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish, 
rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish; 
huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  xodimlari  orasida 
huquqbuzarliklarni  oldini  olish,  profilaktika  qilish  va  bartaraf  etish 
bo‗yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; 
huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  faoliyati  ustidan 
jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning 
huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‗lgan ishonchini mustahkamlash. 
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‗rsatish tizimini takomillashtirish: 
davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish; 
advokatura  institutini  rivojlantirish,  jinoyat,  fuqarolik,  ma‘muriy  va 
xo‗jalik ishlarini ko‗rib chiqishda advokatlarning rolini oshirish; 
notariat  va  fuqarolik  holatlari  dalolatnomalarini  yozish  organlari 
tizimini isloh qilish. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin