Nazariy tushuncha. Organizm o‟z hayot faoliyati uchun zarur energiyani
ovqat tarkibidagi oqsil, yog‟ va uglevodlardan oladi. Bundan tashqari, ovqat
energiya zapasini uzluksiz to‟ldirib turishi bilan birga organizm
to‟qimalarining tiklanishi va qayta qurilishi uchun zarur har xil moddalar bilan
ta‟minlab turadi.
Ovqat ratsionini tuzish uchun ovqat mahsulotlari tarkibini, sifati va
miqdorini aniq bilish zarur bo‟ladi. Ovqatlanishning fiziologik normalari odamning
yoshi, jinsi, bo‟yi, vazni, u yashaydigan iqlim sharoiti, geografik joylashishi,
shuningdek, bajaradigan ishining turiga qarab turli odamda turlicha bo‟ladi.
Sutkalik ovqat ratsioniga qo‟yiladigan talablar qo‟yidagicha: a) ovqat
ratsionining kaloriyasi sutkalik energiya sarfini qoplashi zarur; b) ovqat etarli
miqdorda uglevodlar, oqsillar va yog‟larga, shuningdek, vitaminlar, mineral tuzlar
ga boy bo‟lishi kerak; v) ovqatni iste‟mol qilish vaqti to‟g‟ri taqsimlangan bo‟lishi
zarur. Bir kunda 3 marta: ertalab, tushda va kechqurun ovqatlanish oralig‟i 6-7
soatdan oshmasligi zarur. Sutkalik kaloriyaning 30% ni ertalab, 50% ni tushda,
20% ni kechqurun olish kerak; g) kattalarning kasb-kori, bolalarning yoshi,
sportchilarning esa jismoniy ish xaraktera hisobga olinishi shart; d) iste‟mol
qilingan ovqat hajmi to‟yganlik hissini yuzaga keltiradigan bo‟lsin; e) iste‟mol
qilinadigan har galdagi ovqat tarkibiga kiradigan moddalar ratsional taqsimlangan
bo‟lishi kerak: oqsil va yog‟larga boy ovqatlarni kunduzgi soatlarda, sutli va
o‟simlik mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatlarni kechqurun tanovul qilish tavsil
etiladi.