Ovqat ratsionini tuzish Ishdan maqsad



Yüklə 64,63 Kb.
səhifə6/7
tarix01.06.2022
ölçüsü64,63 Kb.
#60329
1   2   3   4   5   6   7
RATSION

Botulizm. Tabiatda kеng tarqalgan botulinus tayoqchasi bilan zararlangan ovqatni istе'mol qilish orqali odam o`tkir zaharlanadi. Odam zaharli qonsеrvalar, qo`ziqorin, tuzlangan baliq, dudlangan mahsulotlar, go`sht orqali yuqadi. Bir nеcha soat o`tgach zaharlanish bеlgilari paydo bo`ladi: muskullari bo`shashadi, ko`zi yaxshi ko`rmaydi, og`zi quriydi, nutqi buziladi, yutishi qiyinlashadi, nafas olishi qiyinlashib, bеmor halok bo`lishi mumkin.
Stafilokokklardan zaharlanish. Tеrisiga yara chiqqan, angina, qonvyuktivit bilan og`rigan kishilar infеktsiya tashuvchi bo`ladilar. Odamning tomog`ida, burun shilliq qavatida, tеrida, ichagida kasallik mikroblari bo`ladi. Bu mikroblar sut, baliq, mahsulotlarida, sabzavotlarda bo`ladi. Bunda odam qusadi, qorinda og`riq paydo bo`ladi, harorat ko`tariladi.


Dizеntiriya. Dizеntiriya tayoqchalari orqali yuqadi. Asosan iflos qo`l orqali o`tadi va nihoyatda yuqumli hisoblanadi. Bola tеz suv yo`qotadi, harorat ko`tariladi, ich kеtadi va ba'zida qon aralash bo`ladi.
Baktеriyasiz zaharlanishga qo`ziqorindan, qo`rg`oshindan, bodom, o`rik, olxo`ri, shaftoli danagidan zaharlanish kiradi. Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun maxsulotlarni to`g`ri saqlash, sanitariya-gigiyеna, shaxsiy gigiyеna qoidalariga rioya qilish kеrak.
Yaponiya ta'lim tizimi dunyoda yetakchi o‘rinlardan birida turadi. Xalqaro standartlarga to‘la javob beradigan ilg‘or fikrli kadrlarni yetishtirish oson bo‘lmagan, albatta. Bunga bir qancha omillar sabab bo‘lgan. Jumladan, o‘qituvchilarga yuqori oylik maosh, izzat-ikrom (kunchiqar mamlakatda o‘qituvchilarga alohida ehtirom ko‘rsatiladi), boy moddiy-texnik baza, qat'iy intizom va vatanparvarlik hissi.
Bular asosiy omillar qatoriga kiradi. Ammo ushbu omillarga poydevor bo‘lgan boshqa sabablarga ham e'tibor qaratish lozim. Birgina misol: yapon boshlang‘ich maktablarida o‘quvchilarning tushlik qilishiga katta ahamiyat beriladi. Hatto, Japanese School Lunch (1954 yilda) maxsus dasturi ham tuzilgan.
Unda bolalar qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilishlari aniq belgilab qo‘yilgan. Dasturda sut va sut mahsulotlari juda muhim o‘rin tutadi. Bolalarni foydali va to‘yimli ovqat bilan ta'minlash maqsadida maktab shifokori va oshpaz maxsus taomlar ro‘yxatini tuzib chiqishadi. 45 daqiqalik tanaffusda o‘quvchilar sinfxonaning o‘zida ovqatlanishadi. Bu ancha vaqtni tejaydi. Eng qiziq va ahamiyatli jihati shundaki, bolalar maktab hovlisida yetishtirgan poliz ekinlaridan taom tayyorlanadi. O‘quvchilar mehnatsevarlikka, tabiatni asrash, uning ne'matlarini uvol qilmaslikka o‘rgatiladi.
Bizda-chi? Ahvol qanday? Xalq ta'limi tizimi maktab o‘quvchilarining tushlik qilishiga qay darajada e'tibor bermoqda? Tizimda qanday yutuq va kamchiliklar bor? Haqiqiy vaziyatni o‘rganib chiqish uchun o‘qituvchilar, ota-onalar, shifokorlar bilan suhbat o‘tkazdik, xilma-xil fikrlarni eshitdik, foydali takliflar ham bildirildi. 


Maktab o‘quvchilarining asosiy vaqti maktabda o‘tadi. Shuni hisobga olib, 2 mahal ovqatlanish tartibini joriy qilish kerak. Birinchisi, soat 10.00da yengil hazm qiladigan mahsulotlar (xo‘l meva, pechene, pishloq, sut, qaynatilgan suv)ni iste'mol qilinsa, judayam foydali bo‘ladi va asosiy ovqatlanish vaqtigacha (tushlik) qorinni to‘q tutadi. Tushlik, odatdagidek, soat 12.00da bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bunda birinchi suyuq ovqat (oshqozon shirasi ishlab chiqarilishini oshiradi), ikkinchi navbatda quyuq taom (organizmni quvvatlantiradi) va albatta, meva sharbatlari yoki qaynatilgan suvdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, ota-onalarda noto‘g‘ri tushuncha borki, bolalari issiq ovqatdan ko‘ra, ko‘chada yengil hazm bo‘luvchi bulochka (arzon va «to‘yimli») iste'mol qilgani ma'qul. Ikkalasi ham to‘yish hissini paydo qiladi, lekin oshqozonda hazm qilish jarayoni har xil kechadi. Yengil hazm bo‘luvchi mahsulotlarda organizm uchun foydali elementlar mavjud emas. Doimiy ravishda shunday yengil ovqatlanish oqibatida, oshqozon kasalliklari, yod yetishmovchiligi, xotira pasayishi, uyqusizlik va boshqa asoratlar kelib chiqadi.
Ushbu mavzuda ota-onalar va o‘qituvchilar bilan ham suhbatlashdik. Ular ham takliflarini berishdi. Jumladan, o‘qituvchilardan biri maktablarda tushlik tashkil qilinishi mumkin, ammo ota-onalarga bu ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarishini aytdi. Maktab majlislarida ushbu masala ko‘tarilganda, ko‘pchilik ota-onalar rad javobini berishgan ekan. Yana bir maktab direktorining aytishicha, maktabda darslar faqat bir smenada tashkil qilinsa, tanaffus vaqtini uzaytirish imkoniyati bo‘ladi va issiq ovqat yeyishlari mumkin bo‘ladi. Ko‘pincha tanaffus qisqaligi bemalol ovqatlanishga xalaqit beradi.


Ota-onalarga ham quloq tutganimizda, buni mablag‘ masalasiga bog‘lashdi. Ba'zilar har kuni tushlik pulini berishga qurbimiz yetmaydi, degan bo‘lsa, yana bir guruh ota-onalar maktab ma'muriyati ovqatni to‘g‘ri tashkil qilib bersa, ovqat tarkibi bilan tanishtirilsa, buni bajonidil qabul qilamiz, deyishdi. Maktabgacha ta'lim muassasalaridagidek ovqat uchun olinadigan oylik to‘lov tizimini maktablarga joriy qilish taklifi ham bildirildi.

Umumiy xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Yaponiya tajribasini tadqiq etish juda katta samara beradi. Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning maktabda tushlik qilishlari bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilishi lozim. Shuningdek, ota-onalar va bolalarga tibbiy madaniyat tushunchasini singdirish kerak. O‘z vaqtida, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanish tartibi qanday ekanligi borasida dars o‘tish yaxshi natija beradi. Qo‘shimcha qulaylik har doim pullik bo‘ladi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak. Ba'zida ota-onalarning cho‘ntagi ko‘tarmaydi. Kunlik beriladigan 2-3 ming so‘mga issiq ovqat sotib olib bo‘lmaydi, albatta. Balki, shuning uchun ham barcha maktablarda issiq ovqatga talab kamdir. Lekin gap farzandingiz haqida ketar ekan, juda e'tiborli bo‘lishingiz lozim, aziz ota-onalar. Zero, sog‘lom farzand tarbiyasida «eng kichik» jihat ham o‘ta muhim. Dilbandingiz kelajakda sog‘lom va har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishi uchun hozirdanoq harakat qiling.



Yüklə 64,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin