Ovqatdan zaharlanish mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari



Yüklə 39,53 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix17.05.2023
ölçüsü39,53 Kb.
#115110
Ovqatdan zaharlanish - Vikipediya



Ovqatdan
zaharlanish
Ovqatdan zaharlanish - mikroblar bilan
zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari
isteʼmol qilinganda vujudga keladigan
kasallik. Aksariyat birdan koʻpchilik
kasallanadi, lekin bemorlardan sogʻlom
odamga yuqmaydi. Koʻpincha
stafilokokklar, enterokokklar, ayrim ichak
tayoqchalari, protey, sitrobakter,
iyersiniya, klostridiya va boshqa
mikroblar sabab boʻlishi mumkin.


Quyidagi 2 holat Ovqatdan zaharlanish
uchun umumiy hisoblanadi: 1) mikrob
tushib koʻpaygan ovqat mahsulotlarini
isteʼmol qilish oqibati; 2) bemor
organizmiga mikrobning oʻzi va uning
toksini taʼsiri. Ovqatdan zaharlanish yoz
oylarida koʻp uchraydi. Kattalarga
nisbatan bolalar, ayniqsa, 3 oylikdan 2
yoshgacha boʻlgan bolalar koʻproq
kasallanadi. Odam koʻproq urinib qolgan
goʻsht va uning mahsulotlari, sut
mahsulotlari (ayniqsa, tort va pirojnoye),
baliq, tovuq goʻshtini isteʼmol qilganda
zaharlanishi mumkin. Stafilokokklar
sabab boʻlgan hollarda infeksiya manbai
odam hisoblanadi. Angina yoki turli
yiringli kasalliklar: sachratqi, chipqon,


hasmol va boshqa yiringli yaralar boʻlgan
kishilardan mikrob tayyor mahsulotga
oʻtib, tez koʻpayadi. Uni bilmay isteʼmol
qilgan kishi darhol zaharlanadi.
Kasallikning yashirin davri 2—3 so-atdan
3 kungacha. Kasallik toʻsatdan koʻngil
aynishi va qusish bilan boshla-nadi, ich
ketadi, qorinda tutash ogʻriq boʻladi.
Qisqa vaqt ichida bemor orga-nizmi
suvsizlanadi, u holsizlanib qoladi. Yurak-
tomir sistemasi faoliyati buziladi.
Ayniqsa, klostridiyalar sababli roʻy
beradigan zaharlanish ogʻir kechadi.
Kasallikkatashhis qoʻyish uchun
bemorning qusuq massasi, meʼdani
chayilgan suvi sterillangan bankaga
yigʻilib lab.ga yuboriladi. Zaharlanishga


sababchi deb gumon qilingan ovqat
mahsulotlari ham lab.da tekshiriladi.
Najasdan Myuller muhiti va tuzli eritmaga
ekma olinadi. Tekshirishga olingan turli
ekmalardan bir xil mikrob topilishi, oʻsha
kasallik sababchisi ekanidan dalolat
beradi. Kasallikning 5—6-kunidan
boshlab bemor qoni zardobi bilan ajratib
olingan mikrob kulturasi aralashtirilib
agglyusinatsiya reaksiyasi qoʻyiladi.
Reaksiyaning 1:40 nisbatda va undan
yuqori suyultirishda ijobiy natija berishi
ushbu mikrob kasallik sababchisi
ekanidan darak beradi. Ovqatdan
boʻladigan toksikoinfeksiyalar va
intoksikatsiyalarnn Ovqatdan
zaharlanishdan farq qila bilish kerak.


Davo kasallikning dastlabki alomatlari
paydo boʻlganida tez yordam sifatida
meʼdani 2% li soda yoki nimrang kaliy
permanganat erit-masi bilan chayish,
ichakni tozalashdan iborat. Regidron,
bektit preparati eritmasini ichirib turish
kasallik ogʻirlashishining oldini oladi.
Ogʻir-roq hollarda disol, atsesol, trisol
kabi suklujklar tomir orqali tomchilab
quyiladi. Zarurat boʻlganida yurak-tomir
sistemasi faoliyatini yaxshilaydigan
dorilar yuboriladi. Oziq-ovqat tayyorlash
korxonalari xizmatchilari ish jarayonida
shaxsiy gi-giyenaga qatʼiy rioya qilishlari,
emizikli onalar goʻdakni emizishdan ol-
din qoʻli va koʻkragini sovunlab yuvi-shi
kerak. Yoz kunlari goʻdaklar uchun ovqat


faqat bir marta isteʼmol qilishga yetarli
qilib tayyorlanishi lozim. Ovkatga
ishlatiladigan idishlar avval yuvilib,
so'ngra qaynatilishi, ustiga toza doka
yopib qo'yilishi lozim. Ro'zg'orda
ishlatiladigan tez buziladigan
mahsulotlar sovutkichda saqlanishi
shart. Oshpazlar sanepidstansiya
xodimlari tomonidan belgilangan
muddatlarda tibbiy ko'rik va labaratoriya
tekshiruvidan o'tib turishlari kerak.
Kattaqoʻrgʻon shahar FVB FVDT va FM
boʻlinma boshligʻi leytenant
https://t.me/baxxxxx13
Manbalar

Yüklə 39,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin