Qarshi shahar DSENM sanitariya-bakteriologiya Iaboratoriyasiga yo’llanma
yili, oyi, kuni
Men Qarshi shahar DSENM ovqatlanish gigiyenasi bo’Jimi mutaxas-sisi — sanitariya shifokorining assistenti Q.Fozilov ovqatdan zaharlanish hodisasini tekshirish lozimligi munosabati bilan 3 (uch) ta: yangiligicha sovitilgan 1 (bir) kg go’sht namunasi va 2 (ikki) ta go’shtli manti namu-nasi yuborayotibman. Bu namunalar Qarshi shahar «o’zbekiston» resto-raniga qarashli 47-sonli oshxonada 2006-yil 10-noyabr kuni soat 10 da olingan.
Namuna JV°1 yangiligicha sovitilgan, umumiy miqdori 20 kg bo’lgan o’rtadan past semizlikdagi mol go’shtidan olingan. Bu go’sht 3-sonli yuk xati bo’yicha 2006-yil 1-noyabr kuni «o’zbekiston» restoranidan 47-sonli oshxonaga 150 (yuz eilik) kg rniqdorida keltirilgan, uning sifat shahodat-nomasi yo’q. Go’sht muzxonada saqlangan, 20-noyabr kuniga shu go’shtdan hammasi bo’lib 30 (o’ttiz) kg qolgan. Muzxona harorati +8 °C.
Namuna N°2 yuqorida ko’rsatilgan go’shtdan tayyorlangan mantilar tarqatish stolidan olindi.
Namuna N°3 2006-yil 19-noyabr kuni tayyorlangan va sotilgan go’shtli mantilar qoldig’i, sovuq sexdan olindi. Namunalar toza steril idishga (hajmi 500 ml li shisha bankalarga) olindi va Qarshi shahri DSENM ning surg’uchli muhri bilan muhrlandi.
Barcha kasal bo’lib qolgan kishilarning yegan umumiy taomi go’shtli mantilar edi.
Namunalar bakteriologik va kimyoviy usullar bilan tekshirish uchun yuborilayapti.