Shoshmaslik. Odatiy «zararli» taomlarni yangi va sog’lom ovqatlarga keskin va to’liq almashtirish deyarli 100% holatlarda yangi tartibga amal qilmaslikka olib keladi. Ratsion asta-sekin o’zgartirilishi, foydali mahsulotlar asta-sekin kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
Qat’iy cheklovlardan qochish. Soat 18:00 dan keyin ovqatlanmaslikka majbur qilish, shirinliklarni butunlay cheklashlar tavsiya etilmaydi. Bunday taqiqlar organizm uchun stress hisoblanadi va odatlarni yaxshi tomonga o’zgartirishga urinishlardan qochishga unday boshlaydi. Kechki ovqat uchun oddiy va oson hazm bo’ladigan taomlarni tanlash mumkin: sabzavotlar, mevalar, tvorog, tuxum, kam yog’li baliq, parranda go’shti. Shirinliklarni nonushtaga va oz miqdorda iste’mol qilish yaxshiroqdir.
Ratsion turfa xil bo’lishi lozim. Sog’lom oziq-ovqatlar har doim ham bemaza va oddiy bo’lmaydi. Tana uchun juda foydali bo’lgan juda ko’p tansiq taomlar mavjud.
Ratsion turfa xil bo’lishi lozim. Sog’lom oziq-ovqatlar har doim ham bemaza va oddiy bo’lmaydi. Tana uchun juda foydali bo’lgan juda ko’p tansiq taomlar mavjud.
Uydan tashqarida ovqatlanishni to’xtatish. Kerakli odatlar shakllanmaguncha, kafe va restoranlarga tashriflarni cheklash tavsiya etiladi. Uyda ovqatlanishga afzallik berish zarur.
Do’konga faqat to’q qoringa borish. Bu holda yorqin va jalb etuvchi o’ramdagi zararli mahsulotlarni sotib olish istagi pastroq bo’ladi.
Telefonga suv ichish va ovqatlanish haqida eslatma qo’yish, shunda tartibga rioya qilish osonroq bo’ladi.
O’zaro fikrlaydigan odamlarni qidirish — birgalikda biron narsani o’zgartirish har doim osonroq kechadi. Agar sizni qo’llab-quvvatlaydigan inson topilsa, bu juda yaxshi: bu holda kechki ovqat siz uchun sinovga aylanmaydi.