O’xtasinova


Bozor muvozanati shakllari xususiy va umumiy muvozanat



Yüklə 395,08 Kb.
səhifə4/4
tarix25.03.2023
ölçüsü395,08 Kb.
#89960
1   2   3   4
nozima

2. Bozor muvozanati shakllari xususiy va umumiy muvozanat.
Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o'zgarib turishini ko'rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo'ladi, bu nisbatlar o'zgarib turadi. Ba’zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko'tarilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori o'rta-sidagi nisbat bir-biriga teng bo'lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo'lib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko'plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo'ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo'ladi. Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga o'tish imkonini beradi. Mos kelishlik o'z ifodasini muvozanatli narxda topadi. Oldingi bandlarda ко'rib chiqilgan talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz (5-chizma): Tb=Tf=Nrn=M m, bu erda: Ть - talab, Tf - taklif, N m - muvozanatli narx, Mm - tovarning muvozanatli miqdori. Grafikda E nuqatga muvozanatli narx (N m) va mahsulotning muozanatli miqdori (Mm) mos keladi. Ya'ni narx 250 so'm bo'lganda, xaridorlar mazkur tovar (un) dan 3 tonna sotib olishga, sotuvchilar esa 3 tonna unni bozorga chiqarishiga tayyor bo'ladi. 200 so'mlik narxda sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o'zgaradi: sotuvchilar faqat 2 tonna unni sotishga, xaridorlar esa 5 tonna sotib olishga tayyor bo'ladi va hokazo. P, so'm 5-chizma. Muvozanatli narx. Grafikda narxning 350 so'm darajasidagi bozor holat



Grafikda narxning 350 so'm darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini ko'rsatadi va to'yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 150 so'm darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defisit) vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi. Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega bo'ladi. Shu sababli, bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bogMiq. Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko'paytirish imkoniyatini taqozo qiladi. Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi. Uzoq davrli muvozanatlik o'zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quwatlarni vujudga keltirish bilan bogMiq investisiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalami qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning paydo boMishi ham mumkin boMadi. Bozorning yuqorida bayon etilgan modeli statik model hisoblanadi, chunki u vaqtning qandaydir qat’iy belgilangan davri (masalan, yil, oy va h.k.)ni o'z ichiga oladi. Vaqt mobaynidagi uning o'zgaruvchilari o'rtasidagi aloqalar ko'rib chiqilmaydi. Modelga talab, taklif va narxning vaqt mobaynidagi o'zaro bog'liqligining kiritilishi uning dinamik modelini tashkil etadi. Bunda amaldagi bozor narxi muvozanat narxiga muvofiq kelishi ham, kelmasligi ham mumkin. Umuman olganda, dinamik modelda vaqt o'tishi bilan talab va taklifning o'zaro nisbati saqlanib qolgani holda narxning muvozanatga intilishiga ko'ra 3 xil holat ro'y berishi mumkin: 1) vaqt o'tishi bilan muvozanat narxidan chetlanish darajasining kamayib borishi (6-chizma); 2) vaqt o'tishi bilan muvozanat narxidan chetlanish darajasining o'sib borishi (7-chizma); 3) narxning muvozanat narxi atrofida tebranib, umuman muvozanatga erishmasligi (8-chizma). Bu holatlarning grafikdagi ko'rinishi xuddi o'rgimchakning to'ri shaklidagi chiziqlar hosil qilganligi uchun, odatda, iqtiso- diyot nazariyasida «o‘rgimchak to'ri shaklidagi model» deb ataladi. Birinchi holatni ko'rib chiqamiz. 6-chizmadan ko'rinib turibdiki, narxning dastlabki Ro darajasida talab juda past, taklif esa juda yuqori boiadi, ya’ni ishlab chiqaruvchilar mahsulot hajmini Qo darajasiga qadar yetkazishlari mumkin. Biroq Qo miqdoridagi mahsulot bozorda o'z egasini topmaydi. sababi bunday hajmdagi mahsulotni sotib olishni rag‘batlantirish uchun narx P| darajaga qadar pasayishi lozim. Narxning P| darajaga intilishi o‘z navbatida taklif miqdorining ham Q| darajaga qadar qisqarishiga olib keladi. Qj miqdordagi mahsulotni sotib olish uchun xaridorlar o'rtasidagi raqobat uning narxini P2 ga qadar o'sishiga ta'sir ko'rsatadi. Bunday narx darajasida esa ishlab chiqaruvchilar mahsulot hajmini Q2ga qadar o'stirishlari mumkinki, bu o'sish narxning P3 darajasiga tushishini keltirib chiqaradi. Shunday tarzda narx yo'nalishining spiralsimon tarzdagi harakati uni pirovardida muvozanat narxi Pg ga olib keladi. б-chizma. Muvozanat tomon boruvchi «o'rgiinchak to'ri shaklidagi model». 7-chizmada yuqoridagi jarayonning teskari holati yuz beradi, ya’ni bunda muvozanat narxi yaqinidan boshlangan bozor narxi Po ning harakati pirovardida uning muvozanat


7-chizmada yuqoridagi jarayonning teskari holati yuz beradi, ya’ni bunda muvozanat narxi yaqinidan boshlangan bozor narxi Po ning harakati pirovardida uning muvozanat nuqtasidan yanada uzoqlashishiga olib keladi


8-chizmadan ko'rinib turibdiki, o'zining harakatini Po darajasidan boshlagan bozor narxi mahsulot ishlab chiqirish hajmining Qo darajasiga qadar o'sishiga, buning natijasida esa narxning P| ga qadar pasayishiga olib keladi. Narxning pasayishi ishlab chiqarish hajmini Qi ga qadar pasaytirib, yana bozor narxining Po ga qadar ko'taradi. Shunday tarzda, bozor narxi muvozanat narxi atrofida goh ko'tarilib, goh pasayib, tebranib turaveradi.


Yuqorida ko‘rib chiqilgan modellarning bunday bir-biridan farqlanishi talab va taklif egri chiziqlarining holatiga bog'liq. Iste’molchining tovar narxlarining o'zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi uncha sezilarli bo'lmagan o'zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdoridn katta o'zgarishlar bo'lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o'zgarish xarid miqdorida faqat katta bo'lmagan o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o'zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o'zgarishi talabning necha foizga o'zgarishini ifodalovchi ko'rsatkich talabning narx bo'yicha egiluvchanligi ko'rsatkichi deyiladi. Bu ko'rsatkich ko'pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi. Talabning narx bo'yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:

Bu erda: AQ - talab miqdorining foizli o'zgarishi; ДР - narxlaming foizli o'zgarishi. Talab egiluvchanligini belgilab beruvchi bir qator omillar mavjud bo'ladi. Ularning asosiylari quyidagilar: 1. Mahsulotiarning o‘mini bosuvchanligi. Iste’molchiga biror mahsulotning o'mini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko'proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo'ladi. Masalan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan mahsulotlaming juda ko'p o'mini bosuvchilari mavjud bo'ladi, shu sababli, har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan bo'ladi. 2. Mahsulot qiymati (narxi)ning iste’molchi daromadidagi salmogM. Iste’molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik katta o'rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo'ladi. Masalan, daftar yoki qalam narxining 10 foizga o'sishi bir necha so'mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan mahsulot miqdorida juda kam o'zgarish bo'lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil yoki uy narxining 10 foizga o'sishi mos ravishda 0,5 yoki 1,5 mln. so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko'p oilalar bir necha yillik daromadining katta qismini tashkil qiladi va aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi. 3. Mahsulotlarning iste’mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab, odatda egiluvchan, hayotiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste'mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli, ular narxining oshishi non yoki elektr energiyasini iste'mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan zeb-ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste’moldan chiqarib tashlash mumkin. 4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig'i qancha uzoq bo'lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo'ladi. Masalan, agar mol go'shtining narxi 10%ga ko'tarilsa, iste'molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o'tishi bilan u o'zining moyilligini tovuq go'shti yoki baliqqa o'tkazishi mumkin. Shuningdek, daromad bo'yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar ko'payishi bilan tovar va xizmatlarga bo'lgan talab ham oshadi. Bundan ko'rinadiki, daromad talabga ta'sir ko'rsatadi. Bu ta’sir darajasini aniqlash uchun daromad bo'yicha talab egiluvchanligi ko'rsatkichidan foydalaniladi. Iste'molchi daromadining 1% ga o'zgarishi talabning necha foizga o'zgarishini ifodalovchi ko'rsatkich talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko'rsatkichi deyiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bu erda: AQ - talab miqdorining foizli o'zgarishi; AD - daromadning foizli o'zgarishi. Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o'zgarm

Bu erda: AQ - talab miqdorining foizli o'zgarishi; AD - daromadning foizli o'zgarishi. Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o'zgarmay qolgan sharoitda, narxning l%ga o'zgarishi taklifning necha foizga o'zgarishini ifodalovchi ko'rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko'rsatkich ko pincna oddiy qiiib takiifning egiiuvcnanngi dec nam ataladi. Taklifning narx bo'yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi: Г7 AO E tf = ------ " A P ' Bu erda: AQ - taklif miqdorining foizli o'zgarishi; AP - narxlarning foizli o'zgarishi. Taklif egiluvchanligiga ta’sir ko'rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning mavjud o'zgarishini hisobga olish uchun zarur bo'lgan vaqt oralig'i hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o'zgarishiga moslashish uchun qanchalik uzoqroq vaqtga ega bo'lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o'zgaradi va shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori bo'ladi. Biz yuqorida vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning o'zgarishiga ta’sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta’sir taklifning egiluvchanligida ham o'z ahamiyatini saqlab qoladi.
Yüklə 395,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin