Faoliyatning borishi: 1. Rangli bо‘yoq tayyorlash uchun stakandagi suvga suyuq sovun yoki shampun, rangli bо‘yoq
solish.
2. Tayyorlangan rangli bо‘yoqlar naycha bilan qog‘ozga puflanib kо‘pikchalar hosil qilish.
3. Qog‘ozdagi kо‘pikchalarga ijodiy yondashgan holda turli shakllar berish.
4. Ishlar taqdimoti.
5. Amaliy tajribalar tahlili va xulosa.
Qо‘shimcha: kichkina qoshiqcha yordamida sovun pufakchalari oq qog‘ozga quyilib rasm chiziladi
Alohida e’tibor qaratiladi: sovun kо‘pikchalari yordamida chiroyli rasmlar chizishga, bolalardagi
qiziqish va tajribalarning natijalari.
San’at Mavzu: Yosh ijodkorlar Maqsad: bolalar simmetrik shakldagi narsalarni (gullar, barglar) siluetini kesadilar, gofri qog‘ozdan
applikatsiya (gullar, qо‘ng‘iz, oqqush) yasaydilar. Bolalarda ranglar mutanosibligini his etish layoqati
rivojlanadi.
Kerakli jihozlar: gofri qog‘oz, oq qog‘oz, buyoqlar, qaychi, yelim, qalamlar.
Faoliyatning borishi:
1. Rasmli kо‘rgazmani tomosha qilish.
2. Namunani tahlili qilish va ijodiy ishni rejalashtirish
3. Gofri qog‘oz bilan ishlash yо‘lari, usullarini tushuntirish.
4. Fikrlarini bayon etish, aynan nima uchun shu tasvirni tanlaganini izohlash.
5. Ijodiy ishni tahlil qilish.
Qо‘shimcha:bolalar ishlari kо‘rgazmasini tashkil etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: ozoda ishlay olish malakalari va hayot xavfsizligiga rioya qilish.
IYUL OY MAVZUSI: QUVNOQ YOZ Guruh Katta Mavzu Biz yosh sportchilarmiz Muddati Iyul 2-hafta Rivojlanish sohalariga oid maqsadlar Jismoniy rivojlanish va