Oy tabiati va uning xususiyatlari



Yüklə 48 Kb.
səhifə1/3
tarix19.06.2023
ölçüsü48 Kb.
#132790
  1   2   3
OY TABIATI VA UNING XUSUSIYATLARI


oy tabiati va uning xususiyatlari

Reja:
1. Oy erning tabiiy yo`ldoshi.


2. Oy harakati.
3. Oy fazalari.
4. Oy sirti va uning o`rganilishi
5. Oyning yichki tuzilishi
6. Oyning er tabiatiga taosiri.


Oy erning tabiiy yo`ldoshi.
Oy erga eng yaqin bo`lgan osmon jismi va erning yagona tabiiy yo`ldoshidir. U tortishish kuchi taosirida er atrofida aylanadi. Oy bilan er o`rtasidagi o`rtacha masofa 384400 km ga teng. Oyning diametri 3476 km. Oy radiusi 1740 km. Oy sirtining maydoni 3,8x107 km2. O`rtacha zichligi 3,34 gr sm3. Oyning massasi er massasidan 81,3 marta tortishish kuchi esa 6 marta kichikdik.
Oyning faraz qilingan o`qi orbita tekisligiga nisbatan qiyaligi 60 40000. Oy albedosi 6,7 %, erniki esa 35 %.
Oy quyosh sistemasida ichki va tashqi kuchlar taosirida rivojlanayotgan mustaqil kosmik jismdir. Uning massasi kichik bo`lganligidan tortishish kuchi ham ozdir. Shuning uchun uning atrofida turli gazlarni ushlab tura olmaganligidan unda atmosfera va gidrosferalarga ega emas. Quyoshdan kelayotgan rentgen, ultrabinafsha va korpuskulyar nurlar (quyosh shamoli) Oy yuzasiga to`siqsiz etib keladi. Bu nurlar hayotning rivojlanishi uchun xavflidir. Oy atmosferasi bo`lmaganligi sababli uning albedosi ernikidan ancha kichik.
Oy harakati.
Oy er atrofida 1,2 km/sek tezlikda soat strelkasiga teskari yo`nalishda o`rta hisobda 27,32166 sutkada g`o`la aylanib chiqadi. Bu vaqtni siderik Oy deyiladi. Oy fazalarida aylanish vaqti hisoblanganda u 29,5 sutkaga teng bo`ladi. Bu sinodik Oy deb yuritiladi. Sinodik Oy oy kalendarini tuzish uchun asos qilib olingan. Erning tortish kuchi oynikiga nisbatan katta bo`lganidan oyning o`z atrofida aylanishiga majbur qiladi. Oy harakati yo`li elips shaklida. Shuning uchun Oy harakati vaqtida Oy bilan er o`rtasidagi masofa o`zgarib turadi. Oy va er o`rtasidagi minimal uzoqlik 356400 km bo`lsa, maksimal uzoqlik 406800 km ga tengdir. Oyning o`z o`qi va er atrofidagi aylanish vaqti burchagi bir xil bo`lganligidan biz oyning orqa tomonini ko`ra olmaymiz. Quyosh nurlari tomonidan oyning bizga qaragan toonini yortilishi xususiyatiga ko`ra uni turli fazalarda ko`ramiz.
Oy fazalari.
Oy o`zidan nur chiarmaydi. Uni quyosh nuri yoki quyosh nurining erdan qaytgan qismi yoritishi mumkin. Shuning uchun ham Oy erdan turli shaklda ko`rinadi. Oy er bilan quyosh o`rtasida bo`lganida u erga o`zining qorong`i tomoni bilan turadi. Bir ikki kundan so`ng osmonning g`arbiy qismida Oy o`xshash bo`lgan o`roq shaklida ko`rinadi. Bu yangi Oy deyiladi. 7 kundan so`ng erdan Oy bilan quyosh orasidagi burchak 90 gradus bo`ladi. Bu Oy fazasini birinchi chorak deyiladi. 14-15 kundan so`ng to`lin Oy bo`ladi. 22 kunda oyning faqat sharqiy tomoni yoritiladi. Oy yarim doira bo`lib ko`rinadi. Buni oxirgi chorak deyiladi. 29,5 sutkada Oy oyga o`xshash bo`lgan o`roq shakliga o`xshash ko`rinadi. Bu eski oydir.
Oy sirti.
Uning sirti qora-oq rangda, uning albedosi 7,3 %. Oyda kunduzi va kechasi 15 sutkaga teng. Oy yuzasi kunduzi +110 S, kechasi -120 S bo`ladi. Oyning osmoni kunduzi ham qorong`i bo`ladi. Chunki unda atmosfera yo`q.
Oy sirtida diametri bir necha 100 m dan bir necha 100 km gacha keladigan halqasimon tog`larning 30000 dan ortig`i Oy kartalarida aks ettirilgan. Oyning bizga ko`rinmaydigan tomonida tog`liklar ko`p, qoramtir, tekislik va dengizlar juda oz.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin