68
fondlarining ro‘yxatlari nashr qilish uchun tayyorlangan edi, lekin e’lon qilinmay
qoldi.
Xorijlik arxivshunos olim A.Burton O‘zbekiston SSRda ikkinchi jahon
urushidan keyingi arxiv hujjatlariga bo‘lgan munosabat haqida fikr yuritar ekan
jumladan shunday degan edi: “Tarixchilar 1930-yillarda oxir oqibatda milliy
bo‘linishlarni emas, ijtimoiy tabaqalanishni aks ettiradigan hujjatlarni izlashga
kirishdilar. 1937-yilgacha Stalin Rossiya imperiyasining yangi talqinini
shakllantirdi. Tarixchilar uni jabr sitam etkazuvchi hukumat emas, balki qattiqqo‘l
hokimiyat deb ta’riflay boshladilar. Go‘yoki Evropaga qaraganda imperiyaning
ichki sinfi Rossiya hukumronligi ostidagi qatlam holati ancha yaxshilangandek edi.
Urushdan keyingi davrda ham sovet tarixchilari tarixni qo‘llashda davom etdilar.
1953-yilda Rossiyaning tarixiy adabiyotlarida "bosib olish" so‘zining o‘rniga
qo‘llaniladigan "birlashtirish" terminining ahamiyatli tomonlarini muhokama qilina
boshlandi. Bu kabi ta’riflar jamoatchilikning ko‘ngliga yo‘l topishga imkon yaratdi.
Sovet Ittifoqi qardosh xalqlari deb nomlanuvchi o‘zbek kommunistik partiyasining
1-sekretari 1956-yildagi nutqi chor hukumati bosqiniga qarshi o‘zbek-rus
xalqlarining ittifoqqa kirishi haqida edi. Pravdo Vostoka deb ataluvchi partiya
gazetasida mazkur mavzu xususida fikr bildirilgan. Bunda ushbu mavzu yuzasidan
turli konferensiyalarning o’kazish kerakligi ta’kidlangan. Ammo bu masala mahalliy
tarixchilarda noqulayliklar tug‘dirganini ko‘rsatdi. Ma’lum bir o‘zbek tarixchilari
iqtisodiy o‘sish izchil rivojlanayotgan masalalar xususida va Rossiya tomonidan olib
borilayotgan ba’zi bir ishlarni ochiqdan-ochiq qoraladilar. Ular mahalliy aholini
oyoq osti qilishga qarshi ochiqdan-ochiq so‘zga chiqdilar. Arxivlarda saqlanayotgan
ularning nutqi bugungi taqiqotchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi (Antonina
Burton. Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history).
Dostları ilə paylaş: