126
hujjatlar fondi mavjud bo‘lib, ularda 157371 ta tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega
bo‘lgan yig‘majild hujjatlar saqlanmoqda. Hozirda viloyat davlat arxivi Andijon
shahri, Bobur shohko‘chasi, 41-uyda faoliyat yuritmoqda.
Buxoro viloyati davlat arxivi.
Buxoroda arxiv ishining tashkil etilishi 1925-
yili Zarafshon viloyati arxiv byurosining vujutga kelishi bilan bog‘liq. Bu arxiv
muassasasi 1927-yilda Buxoro okrugi arxiv byurosi deb qayta nomlandi. 1931-
yildan Zarafshon viloyati va Buxoro okrugi arxiv jamg‘armalari Samarqand
bo‘limida to‘plangan edi. 1932-yildan bu jamg‘armalar Buxoro bo‘limiga
topshirilgan. Bu bo‘lim 1938-yili Buxoro viloyati tashkil topgach Buxoro viloyati
boshqaruviga o‘tkazildi. Shunday qilib, Buxoro viloyati arxiv bo‘limi 1940-yildan
Buxoro viloyati davlat arxivi deb qayta nomlandi.
Arxivda Buxoro viloyati shuningdek, Zarafshon viloyatiga oid hujjatlar,
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 1920-1924-yillar tarixiga doir hujjatlar
jamlangan. Shuningdek, arxivda 1918-yildagi shahar dumasining faoliyati,
zavodlarning milliylashtirilishiga oid, Navoyi, Buxoro harbiy garnizoniga oid,
Kerkidagi qo‘zg‘olonlar (1919-yil) haqidagi materiallar to‘plangan. Buxoro tumani
ijroiya qo‘mitasi jamg‘armasida – Zarafshon viloyati dastlabki MTSning tuzilishiga
oid, uy, sanoat qurilishiga hamda madaniy-ma’rifiy sohaga doir hujjatlar mavjud.
Arxivning suratli hujjatlarida 1917-yilgi voqe’alarning O‘zbekiston xalqiga
o‘tkazgan zulmiga, gaz quvirini qurilishiga oid (1965), Amu Buxoro kanali (1965)
tarixiga oid, Navoyi GES qurilishiga oid lavhalar tasvirlangan. Shuningdek,
Buxorodagi Minorai Kalon (Arslonxon minorasi), Mir Arab madrasasi, Chorminor,
Ismoil Somoniy maqbarasi, Buxoro amirining yozgi va qishgi saroylari hisoblangan
Sitorai Mohi Xosa va Buxoro Arki xususida atroflicha ifodalar berilgan. Hozirda
viloyat davlat arxivi Buxoro shahri, Ibn-Sino ko‘chasi, 8-1-uyda faoliyat
yuritmoqda.
Dostları ilə paylaş: