Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Andijon viloyati davlat arxivi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/71
tarix13.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#175214
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019

Andijon viloyati davlat arxivi. 
SSSR Xalq Komissarlar Sovetining 1941-yil 
29-martdagi 723-sonli qarori va O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlar Sovetining 
1943-yil 18-fevral 145-sonli qaroriga asosan Andijon viloyati davlat arxivi tashkil 
topdi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining tashkiliy qo‘mitasi 1941-yil 24- apreldagi 
qaroriga asosan NKVD arxiv boshqarmasi va Andijon shahar davlat arxivi 
tasarrufida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi arxivining shtatlar jadvali 
tasdiqlandi. Andijon viloyat ijroiya qo‘mitasining 1956-yil 14-martdagi 79/4 sonli 
qaroriga asosan viloyat ichki ishlar boshqarmasi tasarrufidan shu viloyat ijroiya 
qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi. Andijon viloyat ijroiya qo‘mitasining 1965-yil 19-
apreldagi 211- sonli qaroriga asosan tumanlardagi davlat arxivlari viloyat davlat 
arxivi filiallari deb nomlandi. Mustaqillik yillarida Andijon viloyatida arxiv 
ishlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan viloyat davlat arxivi va 
tumanlardagi Asaka, Izboskan, Marxamat, Oltinko‘l, Shaxrixon va Qo‘rg‘ontepa 
arxivlari hisoblanadi. Viloyat davlat arxivida 2013-yil 1-yanvar holatida 478 ta 


126 
hujjatlar fondi mavjud bo‘lib, ularda 157371 ta tarixiy va ilmiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan yig‘majild hujjatlar saqlanmoqda. Hozirda viloyat davlat arxivi Andijon 
shahri, Bobur shohko‘chasi, 41-uyda faoliyat yuritmoqda.
Buxoro viloyati davlat arxivi. 
Buxoroda arxiv ishining tashkil etilishi 1925-
yili Zarafshon viloyati arxiv byurosining vujutga kelishi bilan bog‘liq. Bu arxiv 
muassasasi 1927-yilda Buxoro okrugi arxiv byurosi deb qayta nomlandi. 1931- 
yildan Zarafshon viloyati va Buxoro okrugi arxiv jamg‘armalari Samarqand 
bo‘limida to‘plangan edi. 1932-yildan bu jamg‘armalar Buxoro bo‘limiga 
topshirilgan. Bu bo‘lim 1938-yili Buxoro viloyati tashkil topgach Buxoro viloyati 
boshqaruviga o‘tkazildi. Shunday qilib, Buxoro viloyati arxiv bo‘limi 1940-yildan 
Buxoro viloyati davlat arxivi deb qayta nomlandi. 
Arxivda Buxoro viloyati shuningdek, Zarafshon viloyatiga oid hujjatlar, 
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 1920-1924-yillar tarixiga doir hujjatlar 
jamlangan. Shuningdek, arxivda 1918-yildagi shahar dumasining faoliyati, 
zavodlarning milliylashtirilishiga oid, Navoyi, Buxoro harbiy garnizoniga oid, 
Kerkidagi qo‘zg‘olonlar (1919-yil) haqidagi materiallar to‘plangan. Buxoro tumani 
ijroiya qo‘mitasi jamg‘armasida – Zarafshon viloyati dastlabki MTSning tuzilishiga 
oid, uy, sanoat qurilishiga hamda madaniy-ma’rifiy sohaga doir hujjatlar mavjud. 
Arxivning suratli hujjatlarida 1917-yilgi voqe’alarning O‘zbekiston xalqiga 
o‘tkazgan zulmiga, gaz quvirini qurilishiga oid (1965), Amu Buxoro kanali (1965) 
tarixiga oid, Navoyi GES qurilishiga oid lavhalar tasvirlangan. Shuningdek, 
Buxorodagi Minorai Kalon (Arslonxon minorasi), Mir Arab madrasasi, Chorminor, 
Ismoil Somoniy maqbarasi, Buxoro amirining yozgi va qishgi saroylari hisoblangan 
Sitorai Mohi Xosa va Buxoro Arki xususida atroflicha ifodalar berilgan. Hozirda 
viloyat davlat arxivi Buxoro shahri, Ibn-Sino ko‘chasi, 8-1-uyda faoliyat 
yuritmoqda. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin