Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/71
tarix13.12.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#175214
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71
Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019

faoliyati 
Reja: 


138 
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat arxivining tashkil etilishi. 
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi va unda saqlanayotgan 
fondlar tasnifi. 
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat arxivining tashkil etilishi. 
Turkiston, Buxoro, Xorazm sovet respublikalari 1924-yil noyabrida bo‘lib o‘tgan 
maxsus sessiyalarida o‘z-o‘zini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorini qabul qildi. 
Shu yilning 31-oktyabrida O‘zbekiston SSR tuzilishini boshqarish uchun Inqilobiy 
qo‘mita (Revkom) ta’sis etildi.
O‘zbekiston SSR Inqilobiy qo‘mitasi Qoraqalpoq Avtonom viloyati bilan 
ham chegaralar xususida quyidagi kelishuvni tasdiqladi:
1) To‘rtko‘l shahri va uning tumanlari Qoraqalpoq Avtonom viloyati tarkibiga 
kiritilsin; 
2) Qoraqalpoqlarni ajratgandan so‘ng aholisini o‘zbeklar tashkil qilgan 
Amudaryo viloyatidagi Xorazm SHo‘raxon uezdi O‘zbekiston SSR tarkibiga 
kiritilsin; 
3) Qo‘mitaning To‘rtko‘l tumani hududini Qoraqalpoq Avtonom viloyati va 
O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida chegaralash to‘g‘risidagi qarori tasdiqlansin 
(O‘rta Osiyo Byurosining 2-sonli bayonnomasi). 
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishning o‘tkazilishi natijasida 
O‘zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR (O‘zbekiston SSR 
tarkibida), Qoraqirg‘iz (Qirg‘iz) viloyati (RSFSR tarkibida) va Qoraqalpog‘iston 
Avtonom oblasti (Qozog‘iston ASSR tarkibida) tashkil etildi va ularga tegishli arxiv 
hujjatlar berib yuborildi. 1936-yildan e’tiboran Qoraqalpog‘iston Avtonom 
respublika sifatida O‘zbekiston SSR tarkibiga kiritildi. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining markazi Nukus shahri bo‘lib, uning hududi 166,600km
2
ni tashkil 
etadi. Respublika 14 ta Amudaryo, Beruniy, Chimboy, Ellikqa’la, Kegayli, 
Mo‘ynoq, Nukus, Qani’ko‘l, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak, Shumanay, Taxtako‘pir, 
To‘rtko‘l, Xo‘jayli tumanlaridan iborat.
Qaraqalpog‘istonda arxiv ishi 1925-yili Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati 
arxiv idorasi sifatida faoliyat boshladi. 1932-yildan Qoraqalpog‘iston ASSR arxiv 


139 
idorasi sifatida, 1934-yildan esa Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy boshqarmasi, 
1940- yili Qoraqalpog‘iston ASSR NKVD arxiv bo‘limiga aylantirildi. 1943-yildan 
to 1991-yilgacha Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy Davlat arxivi sifatida o‘z 
faoliyatini olib bordi. 1991-yili O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga 
erishgach Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham O‘zbekiston tarkibida o‘zining 
mustaqil tuzilmalarini tuzdi. Shu bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston ASSR Markaziy 
Davlat arxivi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb 
o‘zgartirildi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivida bugungi kunda 
f
uqarolarni qabul qilish, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini 
ta’minlash nazoratga olingan. Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha ish olib boruvchi 
xodimlarning ish o‘rinlari va ichki hujjatlarini (murojaatlarni qayd etish jurnallari), 
shu bilan birga ularning muomala madaniyatini har bir arxiv muassasasi rahbari 
tomonidan shaxsan nazarot qilib borish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxiv ishi boshqarmasi 
tarkibiga:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tuman davlat arxivi 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman davlat arxivi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qani’ko‘l tuman davlat arxivi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tuman davlat arxivi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tuman davlat arxivi 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tuman davlat arxivi 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tuman davlat arxivi 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tuman davlat arxivi 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tuman davlat arxivi 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tuman davlat arxivlari 
kiradi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin