140
Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxiv ishi boshqarmasi
faoliyati yildan-
yilga rivojlanib bormoqda.Bularni Qoraqolpog‘iston Respublikasi davlat arxivlarida
arxiv ishini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlar rejasini bajarilishi bo‘yicha
2017-yilgi hisobotida ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilda 800 ta arxiv hujjatini
tamirlash rejalashtirilgan bo‘lsa, 1182ta bilan ortig‘i bilan bajarildi.Bu 2016-yilga
nisbatan 148% ni tashkil qildi. Muqovalash va tikishda 620ta arxiv
hujjatirejalashtirilgan bo‘lsa, bu 1316 ta muqovalash bilan bajarildi. Bu o‘tgan
yilgiga nisbatan 212%ni tashkil qilishi bu arxiv ishi xizmatining yuqori darajada
rivojlanayotganini ko‘rsatadi.
Shunday qilib,
bugungi kunda, Qoraqolpog‘iston Respublikasi arxiv
boshqarmasi o‘ziga yuklatilgan ishlarni bajarib kelmoqda va bu borada ko‘plab
yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Ammo shu bilan birga boshqarmani qiynayotgan
ko‘plab muammolar mavjud ekanligi ko‘zga tashlanadi. Bunga birinchidan,
boshqarma bilan Qoraqolpog‘iston Respublikasi MDAni
bir binoda joylashgani
va binoda etarli qulayliklar yo‘qligi. SHu bilan birgalikda arxiv binosining tamir
talab emasligi, binoda etarlicha xonalar mavjud emasligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Bino masalasi nafaqat boshqarma va MDAgabalki, qolgan tuman davlat arxivlarida
ham asosiy muammo edi. Buni har yili o‘z joyini almashtirishida ko‘rish mumkin.
Ikkinchidan, bu bino ijarasi masalasida uzoq vaqt O‘zbekiston
Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi Qoraqolpog‘iston Respublikasi bo‘limi
binosi bo‘yicha tortishuv mavjud. Buni “O‘zarxiv” agentligining o‘sha davrdagi
direktori A.X.Abdullaev tomonidan 2006-yil 5-iyulda N02-09/144 sonli
O‘zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi raisi L.Y.G‘ulomovga
yo‘llagan “Shartnoma majburiyatlarini bajarish haqidagi” xatida ko‘rish mumkin.
Shuningdek, Qoraqolpog‘iston Respublikasi arxiv boshqarma boshlig‘i
I.O.Seytkamolov ijara yuzasidan agentlikka murojaat qilgan.
Murojaatida
boshqarma 2006-yil 2-sonli ijara shartnomasida ko‘rsatilgan 657,07 m
2
maydonga
1182726 so‘m miqdorida bir yilga ijara haqini to‘lashi va shu yilning birinchi
yarmi uchun to‘lov to‘langanini keltiradi.Ammo, Qoraqolpog‘iston Respublikasi
Xalq Demokratik partiyasi tomonidan shu vaqtgacha kelishilgan 83.2m
2
bo‘shatib
141
berilmagani, boshqarma esa bu hududdan maxfiy arxiv hujjatlari saqlovxonasi,
hujjatlarni ta’mirlash
ustaxonasi, foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘quv zali
uchun ko‘zda tutilganini keltirgan. Shu munosabat bilan A.Asanovning shartonoma
majburiyatlarini bajarishiga amaliy yordam berishni so‘ragan.
Uchinchidan, Qoraqolpog‘iston Respublikasi arxiv tizimida kadrlar
masalasi ham dolzarb hisoblanadi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat
arxividan tortib tuman davlat arxivlarida ham hal qilinish kerak bo‘lgan muhim
muammolar saqlanib qolmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2006-yilga qadar
Markaziy Davlat arxivi
(QR MDA) va uning Qorao‘zak, Kegayli, Beruniy, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot tuman
filiallari faoliyat yuritgan.
Keyinchalik bir qancha tumanlarda Markaziy davlat
arxivining filiallari tashkil etildi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori
Kengesining 2006-yil 27-fevraldagi 83-son qarori va tuman hokimlarining qaroriga
muvofiq bir qator tuman arxivlari tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi
“O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-son
qarori talabiga muvofiq ushbu 10 ta tuman arxivi tuman davlat arxivlariga
aylantirildi. Qoraqolpog‘iston Respublikasida mavjud o‘nta tuman arxivlarida,
bugungi kunda 1900 ta fond mavjud bo‘lib, bularda 320286 ta yig‘majild
saqlanmoqda va o‘tgan 2017-yilning o‘zida 9006 ta yig‘majild qabul qilingan.
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi tizimidagi davlat
arxivlarida 2017-yilda Milliy arxiv fondi hujjatlari
va faoliayti tugatilgan
tashkilotlardan qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha ma’lumot.
T/r
Arxiv
2017-yil
15-dekabr
holatida
Jami:
2017-yil
davomida
qabul qilingan hujjatlar
soni (saqlov birligida)
fondlar soni saq.birl.
1
QR MDA
575
156707
2872
142
2
Amudaryo tuman DA 166
29624
1040
3
Beruniy tuman DA
139
26581
-
4
Kegeyli tuman DA
119
23249
460
5
Qanliko‘l tuman DA 166
18661
590
6
Qorao‘zak tuman DA 193
21462
507
7
Qung‘irot tuman DA 309
51183
2237
8
To‘rtko‘l tuman DA
180
32588
510
9
Xo‘jayli tuman DA
349
55589
1477
10
Chimboy tuman DA
198
40760
1718
11
Ellikqal’a tuman DA 81
20589
467
Jami:
2475
476993
11878
Boshqa tuman arxivilarida saqlanayotgan hujjatlar orqali, qoraqalpoq
xalqining madaniy-ma’naviy hayotih aqida, uning xo‘jaligi
haqida qimmatli
ma’lumotlar olishimiz mumkin. Bu yig‘majildlar orqali biz Orol dengizi muammosi
bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi boshqa tuman arxivlaridagi, fondlarda
mavjud yig‘majildlar orqalibiz respublika hayotini,
uning turmush tarzini bilib
olishimiz mumkin. Qo‘ng‘irot tumani davlat arxividagi fondler bizga mamlakat
uchun eng katta ekalogik muammo bo‘lgan Orol dengizi, uning qurishi sabablari,
uni atrofidagi hududlarga bo‘lgan zararini hamda bugungi kundagi holatini bilishga
yordam beradi.