17
majmuini o‘rganish jarayonida III asrga oid Xorazm podsholari arxivi topilgan.
Tuproqqal’a saroyidagi podsho arxivida 1947–1949 yillarda S.P. Tolstov
rahbarligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi a’zolari qadimgi
xorazmliklarning teri va yog‘ochga yozilgan 140 ta hujjatini topishdi. Shundan 122
tasi teriga yozilgan bo‘lib, ularning ko‘pi chirib ketgan. Teriga yozilgan hujjatlardan
18 tasi, taxtaga yozilganlardan esa 8 tasi yaxshi saqlangan. Bu hujjatlarning asosiy
qismi ma’muriy-xo‘jalik masalalariga doir bo‘lib, oromiy tipidagi alifboda yozilgan.
Hujjatlarning tili A.A. Freyman va boshqa tilshunoslar tekshirgan Xorazmning XIII
– XIV asrlardagi o‘ziga xos eroniy (forsiy) tiliga o‘xshaydi. Ayrim hujjatlarning yili
ham ko‘rsatilgan. Ular teriga yozilgan bo‘lib, noma’lum davr sanalari – 207, 231 va
232 yillar bilan belgilangan. Hujjatlar topilgan madaniy qatlam Xorazm tarixining
kushon-afrig‘iylar davri oralig‘i, ya’ni III-IV asrlarga oiddir.
Tuproqqal’a hujjatlari Mug‘ qal’asidan topilgan Panjikent hokimi Devashtich
arxivi kabi O‘rta Osiyoning qadimgi davriga xos ijtimoiy munasabatlarni
o‘rganishda beqiyos muhim manba hisoblanadi. Ilk o‘rta asrlarga oid teriga bitilgan
boshqa bir Xorazm hujjati Yakkaporson ko‘shkida, 1959 yilda Xorazm arxeologik-
etnografik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topilgan.
Dostları ilə paylaş: