46
stolning uchtasi asosan shaxsiy tarkib hujjatlarini, to‘rtinchi stol esa “sud ishlari va
chet elliklar haqida”gi hujjatlarni yuritish va jamlash bilan shug‘ullangan.
Ikkinchi bo‘lim o‘lkaga hamda majburiyatlarga
oid savollar masalasi bilan
shug‘ullangan bo‘lib, hujjatlari beshta alohida stolda taqsimlangan. Ushbu
bo‘linmada shuningdek, moliya va xo‘jalik bo‘linmasi faoliyat yuritgan. Bunda
yuqorida keltirilgan alohida yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar yuritilgan va jamlagan.
Uchinchi bo‘lim yer mulk va soliq ishlari bo‘yicha hujjatlarni yuritish bilan
shug‘ullangan. Bunda shaharlar qurilishi va ularning hisob-kitob ishlarini yuritish
alohida uchta stolda taqsimlangan.
Keltirib o‘tilgan bo‘limlardan general-gubernatorlik kanselyariyasida nazorat
palatasi bo‘limi ham faoliyat ko‘rsatgan. Bunda Turkiston
general-gubernatorligi
hududida moliyaviy ishlarni nazorat qilish uchun tashkil etilgan komissiya
a’zolarining ishlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi hujjatlar majmui jamlangan.
Ushbu bo‘lim gubernatorlikda o‘lkaning moliya va soliq masalalari bilan
shug‘ullanuvchi amaldorlari ishlarini nazorat qiluvchi taftishchilarning imperatorga
bergan xabarnomalari, ma’ruzalari, hisobotlari, o‘rnatilgan tartib qoidalarni buzgan
rus va mahalliy amaldorlarni javobgarlikka tortish bilan shug‘ullangan.
Turkiston
general-gubernatorligi
kanselyariyasining
eng
muhim
bo‘limlaridan biri bu diplomatik aloqalar bo‘limi bo‘lib, unda gubernatorlikning
qo‘shni
davlatlar, xususan, Buxoro va Xiva xonliklari, Afg‘oniston, Qashg‘ar va
boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalariga oid masalalar bilan shug‘ullangan.
Kanselyariyaning ushbu bo‘limida shuningdek, diplomatik aloqalarga oid hujjatlar,
xususan, Turkiston general-gubernatorligi qoshidagi diplomatik amaldor faoliyatiga
oid rasmiy hujjatlar yuritilgan va saqlangan. Shuningdek, general-gubernatorlik
kanselyariyasi huzurida Turkiston ommaviy bibliotekasi, muzeyi, “Turkestanskiye
vedomosti” gazetasi va uning bosmaxonasi (1872-1881 yy.) faoliyat yuritgan.
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi so‘nggi
general-gubernator
Kuropatkinning iste’foga chiqishi munosabati bilan o‘lkada yangi tashkil etilgan
Turkiston Muvaqqat hukumati kanselyariyasiga aylantirilgan (1917 yil aprel oyida).
47
Shunday qilib, Turkistonning birinchi general-gubernatori fon Kaufman
tomonidan XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil etilgan, O‘zbekiston
tarixini
yoritishda muhim ahamiyatga ega qimmatli manbalarni o‘zida jamlagan hujjatlar
majmui – Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi hisoblanadi. Ushbu
kanselyariya hujjatlari hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat
arxivi I-1 Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi fondida saqlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan eng katta hajmli
fondlardan biri hisoblangan ushbu jamg‘arma 35 ta ro‘yxat (opis)ga
kiritilgan
hujjatlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: