25
fotonusxalari Leningrad (Sankt-Peterburg) professori A.A. Freymanga o‘rganib
chiqishga yuborilgan edi. Ipak tolalari aralashmasidan tayyorlangan yuqa oqish-
kulrang qog‘ozga bitilgan bu hujjat yaxshi saqlanib qolgan. Uning hajmi 28,9x28,2
o‘lchamda bo‘lib, deyarli to‘rtburchak shaklda bo‘lgan. Uning barcha 23 qatori
to‘liq saqlangan. Qog‘oz to‘rtga buklangani bois, buklangan izlaridan yirtila
boshlagan. Qog‘ozning chap burchagidan ozgina uzilgan. Ammo matn qismi zarar
ko‘rmagan. Varaqning ostki qismida unga shirach bilan ikkinchi bir qog‘oz ulangan.
Ammo bu parcha saqlanmagan, faqatgina qog‘oz izlari qolgan xolos. Uni ilk bor
tadqiq qilgan A.A. Freyman dastlab hujjatning maktub ko‘rinishida ekanligiga
e’tibor qaratgan. O‘qish jarayonida bu maktub Panch hukumdori Devashtichga
yo‘llanganligi aniqlangan. Sababi hujjat “Sug‘d podshosi, Samarqand hokimi
Devashtichga yuborilgan deb boshlanar edi.
Yuqoriga tahlil etilgan O‘rta Osiyo hududidan topilgan Nisadagi Parfiya
arxivi, shimoliy Afg‘onistondan topilgan Baqtriya arxivi, qadimgi Xorazmdagi
Tuproqqal’a arxivi va Mug‘ tog‘idan topilgan arxiv hujjatlari bizga mintaqamizda
ro‘y bergan siyosiy voqealar xususida ma’lumot beradi. Qolaversa, bu hujjatlar
tarixiy shaxslar faoliyatiga to‘g‘ri baho berish, ularning yutuq va kamchiliklaridan
xulosa chiqarish, eng asosiysi tarixiy saboq uchun yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: