Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Surxandaryo viloyati davlat arxivi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

Surxandaryo viloyati davlat arxivi. Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya 
Qo‘mitasi (MIK) ning 19-noyabr va O‘zbekiston SSR MIKning 1934-yil № 16/86 
va № 6 sonli qarorlariga asosan Termiz shahrida O‘zbekiston Markaziy arxiv 
boshqarmasining tumanlararo bo‘limlari tashkil etilgan. Ushbu bo‘limlarning
Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sherobod va Termiz tumanlarida xizmat ko‘rsatishi 
bilglangan. Ushbu arxiv 1935-yil 21-dekabrda O‘zSSR Markaziy Ijroiya 
Qo‘mitasining qaroriga asosan Surxandaryo viloyat Ijroiya Qo‘mitasining arxiv 
boshqarmasi deb qayta tashkil etilgan. O‘zSSR Oliy Sovet Prizidiumining 1941-
yil 6-martdagi farmoniga asosan Buxoro viloyati tarkibidagi Surxandaryo viloyati 
ajralib chiqishi munosabati bilan Surxandaryo viloyat davlat arxivi tuzilgan. 
Surxandaryo viloyat davlat arxivida 1-yanvar 2010-yil holatiga ko‘ra 361 
dona jamg‘arma mavjud bo‘lib, unda 148 808 ming saqlov birligidagi hujjat 
saqlanmoqda. Arxivda 1917-yildan hozirgacha bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, 
sud va prokrotura organlari, o‘kuv, madaniy va ma’rifiy muassasalar , kasaba 
uyushmalari, xalk ta’limi tashkilotlarning doimiy va uzoq muddatli saqlanadigan 
hujjatlari saklanmoqda. Ushbu hujjatlarda Surxandaryo viloyatining tarixi, 
madaniyati, qurilish, qishlok xo‘jaligi, mahalliy sanoat, xalq talimi bo‘limi sohalari 
aks etib, bosqichma-bosqich ko‘rsatkichlar asosida ifodalangan. 
Surxandaryo viloyat davlat arxivining quyidagi tumanlarda bo‘limlari faoliyat
ko‘rsatib kelmoqda: Boysun, Shirobod, Angor, Muzrabot, Jarqurg‘on, Sho‘rchi, 
Denov, Uzun. Bugungi kunda Surxandaryo viloyat davlat arxivi Termiz shahri 
A.Temur ko’chasi 49-uyda faoliyat yuritadi.
Toshknt viloyati davlat arxivi. 1938-yil yanvar oyida Toshkent viloyatinig 
tashkil topishi munosabati bilan, O‘zbekiston SSR Markaziy ijroya qo‘mitasi 
sovetlarining tashkiliy bo‘limi qoshida Toshkent viloyati arxiv bo‘limi boshqarmasi 
tashkil topdi. 


131 
O‘zbekiston SSR Xalq Komissasrlari Sovetining 1940-yil 21-iyuldagi 1052-
sonli qaroriga asosan Toshkent viloyati arxiv boshqarmasi, Toshkent viloyati davlat 
arxiviga aylantirildi. 1943-yildan 1957-yilgacha Toshkent viloyati davlat arxivi 
O‘zbekiston SSR Ichki Ishlar Vazirligi boshqarmasining Toshkent viloyati 
bo‘linmalari qoshida faoliyat yuritdi. 
1992-yildan boshlab Toshkent viloyati hokimligi tashkil topganligi sababli, 
Toshkent viloyati hokimligi arxiv bo‘limi deb ataldi. O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2004- yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv 
ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 49-sonli qarori, Toshkent 
viloyati hokimligining 2004-yil 17-mart № 54 sonli qaroriga asosan Toshkent 
viloyati arxiv bo‘limi, Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmasiga aylantirildi. 
Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmasiga qarashli Toshkent viloyati davlat arxivi 
va uning 6 ta filialida hozirgi kunda 593239 dan ortiq hujjatlar saqlanmoqda. 
Bugungi kunda Toshkent viloyat davlat arxivi Qibray tumani, Yangiobod q.f.y, 
Milliy bog’ 27 a-uyda faoliyat yuritadi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin