Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi va unda



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/68
tarix02.05.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#106091
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68
ozbekistonda arxiv ishi tarixi-1

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi va unda 
saqlanayotgan fondlar tasnifi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat 
arxivi tarixida 1991-yildan boshlab yangi sahifa ochildi.Mustaqillikka 
erishganimizdan so‘ng Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida 
fondlarni saqlash, qayta ishlash ishlari jadal suratlarda rivojlanmoqda va zamonaviy 
texnika vositalari joriy qilinib, aholiga xizmat ko‘rsatish yaxshilandi. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori bilan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi bo‘lib qayta tuzildi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2010-yil 12-yanvardagi 9-b 
son qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi 
balansiga sobiq partiya arxivining binosi o‘tkazib beriladi. Ushbu bino 200 ming 
saqlash birligi hujjatlarini saqlash uchun maxsus bo‘lib qurilgan va hozirgi kunda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi joylashtirilgan.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“O‘zbekiston 
Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” 26.08.08 yil 194-son qarori talablarini bajarish yuzasidan QR MDA va 
tuman davlat arxivlari zamonaviy konditsionerlar, yong‘in xavfsizligi uskunalari, 
qo‘riqlash signalizatsiyalari, video kuzatish tizimi, kompyuter vositalari va 
litsenziyali dasturiy ta’minat, korporativ tarmoqqa ulash uchun tegishli qurilmalar, 
metall stellajlar, arxiv hujjatlaridan nusxa olish bo‘yicha yuqori texnologik asbob 
uskunalar bilan ta’minlandi. “Hujjatlarning elektron sug‘urta fondini yaratish 
qurilmasi” yordamida hujjatlarning elektron nusxasini yaratish ishlari 4-5 
barobariga tezlashtirishga va bu ko‘rsatkish bo‘yicha bir kunda 300-400 kadr 
yaratish o‘rniga 2000 gacha kadr yaratish imkaniga erishildi. 2013-yilda o‘ta 
qimmatli hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish bo‘yicha QR MDAda 1000 
saqlov birligidan 25346 kadr yaratildi. Ushbu yaratilgan elektron nusxalardan 
tadqiqotchilar va arxiv xodimlari tomonidan foydalanish imkoni yaratildi.
Vazirliklar, idoralar, shahar va tuman hokimliklari idoraviy arxivlari 
faoliyatini rivojlantirish, idoraviy saqlashdagi MAF hujjatlarining saqlanishini va 
ilmiy-texnik jihatdan ishlanishini ta’minlash, arxiv ishi va ish yuritish xodimlari 


144 
malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat arxivlari 40ta 
kompyuter, 10ta notebook, 32ta printer, 8ta skaner, 12ta faks apparatlari, 10ta 
ksersks, 
3ta 
raqamli 
fotoapparatlar 
bilan 
ta’minlangan.
Fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini 
ta’minlash nazoratga olingan. Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha ish olib boruvchi 
xodimlarning ish o‘rinlari va ichki hujjatlarini (murojaatlarni qayd etish jurnallari), 
shu bilan birga ularning muomala madaniyatini har bir arxiv muassasasi rahbari
tomonidan e’tibor qaratilmoqda.
Arxiv hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarining tarkibi va hajmi 
ularning o‘zgarishi shuningdek, ularni saqlash joylari bo‘yicha yagona ma’lumotlar 
bazasi tizimli shakllantirildi. Davlat arxiv fondlari, shuningdek idoraviy arxivlarning 
arxiv fondlari va ularning jamlash manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har 
kalendar yilning 1-yanvar holati bo‘yicha 5-yanvardan kechikmay taqdim etilishi 
yo‘lga qo‘yildi.
Qoraqalpog‘iston MDAga 1992-2016-yillarda Shamshetov Murat 
Perdebaevich direktor lavozimida ishlagan. Ushbu arxivga 2016-yildan hozirgacha
Bekmuratov Aymurza Mirzamuratovich direktor lavozimida ishlamoqda. Hozirda 
Qoraqolpog‘iston Respublikasi MDA da 24 kishidan iborat xodim faoliyat yuriitadi. 
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi fondlarida 
respublika hokimiyatining yuqori organlari, respublika va shahar ahamiyatiga 
molik hujjatlar, sud va prokuratura organlari, jamoat, kooperativ muassasalar, o‘quv, 
madaniy-ma’rifiy muassasalar, kasaba uyushmalari va boshq tashkilotlarning ish 
jarayonida hosil bo‘lgan arxiv materiallari saqlanadi. Arxiv fondlarida o‘zbek, 
qoraqalpoq, turkman, rus, arab va lotin alifbosida yozilgan asl nusxa va ko‘chirilgan 
nusxalardan iborat hujjatlarni uchratish mumkin. 
2017-yil 15-dekabrdagi holat bo‘yicha Qoraqolpog‘iston Respublikasi
Markaziy Davlat arxivida 575 fond va 156707 yig‘majild saqlanmoqda. 
Shulardan 36 ta shaxsiy tarkib hujjatlari hisoblanadi. Qoraqolpog‘iston
Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan 575 fondning dastlabki
9 tasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxiviga yuborilgan. Bu


145 
fondlarda “Petro –Aleksandrovskiy shahar maktablari”, “Amudaryo boshqaruv 
kanselariyasi” hujjatlari bo‘lib, ular O‘rta Osiyo tarixi uchun muhim ahamiyatga 
ega. SHuning uchun ham hozirda, bu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
Davlat Arxivining 275 fondida saqlanmoqda. 
Qoraqolpog‘iston ASSR arxividagi davlat boshqaruvi va tuzilishi
jamg‘armasida, Qoraqolpog‘iston ASSR va Nukus shahri tarixi shuningdek, 
Turkiston ASSR Amudaryo bo‘limi tarixi va Qoraqolpog‘iston ASSR ning
1924-yilda O‘z SSR tarkibidagi tarixiga doir ma’lumotlar, Qoraqolpog‘iston
viloyati va qishloqlari to‘g‘risidagi ma’lumtlar, ocharchilik, vayrongarchilikka 
qarshi kurash to‘g‘risidagi hujjatlar jamlangan. Shuningdek, O‘rta Osiyo 
xalqlarining ko‘payishi va aholining soni, Qoraqalpog‘iston Avtonom 
Respublikasining birinchi Konsititutsiyasini qabul qilinishi haqidagi ma’lumotlar 
mavjud. Markaziy va mahalliy sovet tashkilotlari jamg‘armasida avtonom 
respublika xo‘jaligi va madaniy qurilishiga oid hujjatlar jamlangan. O‘lkadagi ishlab 
chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, paxta tozalash zavodlari jamg‘armasida 
jamlangan bo‘lib, unda shuningdek, Xo‘jayli, To‘rtko‘l, Chimboy, Beruniy va 
boshqa shaharlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Bu jamg‘armada Mo‘ynoq 
baliqchilik konserva zavodiga, shuningdek, Nukusdagi turli zavodlarga oid arxiv 
hujjatlari jamlangan. Yer boshqaruvi jamg‘armasida qishloq xo‘jaligi tarixiga doir, 
ishchi dehqon deputatlar faoliyatiga oid, sovet hukumati davrida Qoraqolpog‘iston 
tarixiga doirma’lumotlar saqlanadi. 
 
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi R-193 fondida 3500ga 
yaqin yig‘ma jild saqlanmoqda. Ushbu yig‘majilddagi hujjatlarning eng qadimiysi 
1932-yildan to 2017-yilgacha bo‘lgan materiallar hisoblanadi. Bu fond hujjatlari 
qoraqalpoq va o‘zbek xalqlari tarixi haqida ma’lumot beruvchi qimmatli manba 
sanaladi. Shuningdek, arxivda saqlanayotgan o‘ta qimmatli fondlardan 12-fondda 
saqlanayotgan “Amudaryo bo‘limi ishchi, dehqon, soldatlar soveti deputatlari” ham 
juda muhim ahamiyatga ega. Bu fond 4 ta opisdan iborat bo‘lib, ular har biri turli
yillarni o‘z ichiga oladi. Mazkur fonddagi mavjud hujjatlarni tahlil qiladigan 
bo‘lsak, 1-opisda 40 ta yig‘majild mavjud bo‘lib, unda 1915-yildan 1921-yilgacha 


146 
bo‘lgan, ishchi, dehqon, soldatlar soveti deputatlarining yig‘ilishlar, qarorlar va turli 
masalalar haqida qimmatli ma’lumot beriladi. SHu bilan birgalikda
bolsheviklarning ushbu hududga kirib kelishiga oid ma’lumotlar keltiriladi.Ushbu 
hujjatlarda markazi hozirgi To‘rtko‘l shahri bo‘lgan Amudaryo bo‘limida 
bolsheviklarning bosqinchilik harakatlari, shu erdan turib Xiva xonligiga qarshi 
tashviqot olib borishi va harbiylarni to‘plab xonlik hududiga bostirib kirish
harakatlari alohida o‘rin olgan. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi MDA 12-fond 2-opisida esa, 470 ta yig‘majild 
mavjud bo‘lib, bu hujjatlarda 1921-1926-yilgacha bo‘lgan Amudaryo bo‘limi 
haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Bu ma’lumotlarda dastlab bolshevikla tomonidan 
qo‘llab-quvvatlangan “YOsh xivaliklar” faoliyati, xon hokimiyati tugatilganidan 
so‘ng XXSR ning tuzilishi,milliy hududiy chegaralanishga bo‘lgan harakatlar va 
dastlabki er-suv islohoti haqidagi qimmatlli ma’lumotlar saqlanadi. Shu fondda Xiva 
xonligini tugatishda qanday harakatlar olib borilganligi, bolsheviklar tomonidan 
mahaliy aholining qiynalishi, bu erga ham ko‘chirib keltirish siyosatini olib 
borilganligi haqida ma’lumotlarni olishimiz mumkin bo‘ladi. Mazkur fondning 3-
opisida esa 1925-yildan to 1932-yilgacha bo‘lgan voqealar yoritilgan. 
Qoraqalpog‘iston MDA 649 ta yig‘majildni birlashtirgan 203-fondda 
“Qoraqalpog‘iston ASSR Kompartiyasi”ga tegishli hujjatlar saqlanadi. Bu hujjatlar 
davlat boshqaruviga oid buyruq va qarorlardan iborat. 462-fonddan boshlab asosan 
mustaqillik davri hujjatlarini ko‘rishimiz mumkin. 462-fondda Qoraqalpog‘iston
Respublikasidagi siyosiy partiyalarning yig‘ilishlari va tadbirlari, respublikada 
mavjud bo‘lgan banklar, sud organlari, prokratura, ichki ishlar, moliya 
tashkilotlariga tegishli bo‘lgan hujjatlar mavjud. 
506-fondda 1990-2008-yillgacha bo‘lgan davrdagi qimmatli hujjatlar 
saqlanadi. Bu fondda 195 ta yig‘majild mavjud bo‘lib, unda O‘zbekiston 
Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi chiqargan qaror, nizomlarni va shular asosida 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi tomonidan yuqoridagi 
qarorlar ijrosini bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar keltirilgan. SHuningdek, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavjud bo‘lgan jamoat birlashmalari, korxona va 


147 
tashkilotlar, oliygoh va umumiy o‘rta ta’lim tizimiga tegishli bo‘lgan hujjatlarni 
ko‘rishimiz mumkin. 555-fondda esa “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Komolot 
yoshlar tashkilotining fondiga” teshigli bo‘lgan 135 ta yig‘majild saqlanadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari X.Abdurahmonovning 2005-yil 
17-may oyidagi 08/96-sonli qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq 
Demokratik Partiyasi binosi (Nukus shahri, A.Shamurotova ko‘chasi, 93 A uy) ga 
ko‘chib o‘tgan. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin