Muhandis yoki injener, texnikaning muayyan bir sohasiga ixtisoslashgan mutaxassis hamda muhandislik sohalaridan biri boʻyicha oliy maʼlumotli kasb egasi. Ilgari Sharqda binokor, yer oʻlchovchi, bino va inshootlarni loyihalovchi, geometriya bilan shugʻullanuvchi kishilar "muhandis" deb atalgan. Bagʻdod, Damashq, Buxoro, Xiva, Samarqand, Toshkent, Qoʻqon va boshqa shaharlarda hozirgacha saqlanib qolgan qadimiy bino va inshootlar qurilishida foydalanilgan murakkab geometrik shakllar, arklar, gumbazlar, qubbalar, jumladan sugʻorish va suv chiqarish inshootlari (koriz, sardoba), charxpalak (chigʻir) muhandislik qadimdan taraqqiy etganligini bildiradi. Xususan, Ashad al-Fargʻoniyning Nil daryosiga qurilgan suv miqdorini oʻlchash inshooti ham muhandislik namunasi hisoblanadi.

Elektr (lotincha: electricus) — elektr zaryadlarning mavjudligi, harakati va taʼsiri bilan bogʻliq hodisalar majmui. Miloddan avvalgi 8-asrda yunon faylasufi F. Miletskiy jun matoga ishqalangan ebonit parchasi momiq va boshqalar yengil buyumlarni oʻziga tortish xususiyatiga ega boʻlib qolishini taʼkidlagan. Oradan ancha vaqt oʻtgach, 1600-yilda ingliz vrachi U. Gilbert ipakka ishqalangan shisha va bir qator boshqa moddalar ham shunday xossaga ega boʻlishini aniqlagan va "E". terminini qoʻllagan. Ishqalanish natijasida yengil jismlarni oʻziga tortadigan jismlarni elektrlangan yoki elektr zaryadi bilan zaryadlangan jismlar deb yuritildi. Faqat 18-asrga kelib E. hodisalari tez surʼatlar bilan oʻrganildi.