Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Trikuspidal klapan yetishmovchiligi



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə30/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Trikuspidal klapan yetishmovchiligi
Trikuspidal klapan yetishmovchiligida – o‘pkada venoz dimlanish kuzatiladi. Eng ishonchli alomatlar: 4.5-rasm 1) yuqori kovak venaning kengayishi; 2) yurakning o‘ng bo‘limlarini kattalashishi; 3) hamma proyeksiyalarda yurak konturlarining to‘mtoqlashishi; 4) ikki yon proyeksiyada o‘ng bo‘lmacha va qorincha kattalashishi.
Exo KG: oldingi tavaqalar harakati diastolik egilishning ifodalangan deformatsiyasi, tavaqalar harakati ampltudasining kattalashishi, orqa tavaqaning turli yo‘nalishdagi harakati.
Kateterizatsiyada yurakning o‘ng bo‘limlarini kateterizatsiya qilganda – ste-nozning asosiy gemodinamik alomati – o‘ng qorincha va o‘ng bo‘lmacha o‘rtasida diastolik bosim gradienti aniqlanadi. Organik nuqsonda bu gradient 2-6 mm. sim. ustuniga teng, hamroh nuqsonlarda esa 8-15 mm.sim. ustuniga teng bo‘ladi.
Hamma ko‘rib o‘tilgan elementlardan faqat ba’zilarigina qisman bo‘yin venalarining sistolik va presistolik pulsatsiyasi. Shuningdek jigarning erta va turg‘un kattalashishi-trikuspidal klapanning patologik o‘zgarganligidan dalolat beradi. Faqat klinik alomatlarning kompleks baholash va diagnostika usullari ma’lumotlari 80 % hollarda uch tavaqali klapan nuqsonining mavjudligini va uni xarakterini aniqlashga yordam beradi. Operatsiya vaqtida klapanlarni barmoq bilan taftish qilish – diagnostikaning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Uch tavaqali klapan yetishmovchiligi klassifikatsiyasi
Etiolologik nuqtai nazardan quyidagi turlari mavjud:

  • Tug‘ma va orttirilgan yetishmovchilik

  • Birlamchi (organik) va ikkilamchi (funksional) yetishmovchilik

ExoKGda regurgitatsiya ifodalanishiga ko‘ra uch tavaqali klapan yetishmovchiligi 4 darajaga bo‘linadi:
I – Qonning kam miqdorda orqaga oqishi, gemodinamik buzilishning bo‘lmasligi.
II – Qonning orqaga oqimi uch tavaqali klapandan 2 sm uzoqlikda.
III – Qonning orqaga oqimi uch tavaqali klapandan 2 sm dan ko‘p uzoqlikda.
IV –O‘ng bo‘lmacha bo‘shlig‘ida uzoq masofada qonning keng qayta oqimi.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin