g) otga aro, umum, yarim, g‘ayri, nim, rang so‘zlarini qo‘shish bilan. Bular qo‘shib
yoziladi: xalqaro, umumkomanda, yarimavtomat, g‘ayridin, nimpushti.
Qo‘shma sifatlar: a) ikki tub so‘zdan tashkil topadi: sovuqqon, xomsemiz, kamgap; b)
biri tub, ikkinchisi yasama so‘zdan iborat bo‘ladi: ishyoqmas, erksevar, tilbilmas,
o‘zbilarmon.
•
birikmali sifatlar
tarkibi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘ladi va ular
orasidagi munosabatlar aniq sezilib turgan bo‘ladi, bunday sifatlar aralash, yo‘q,
ko‘p, oliy, och, to‘q, to‘la, chala, yarim, bir, ikki kabi so‘zlar ishtirokida hosil
qilinadi: qum aralash (loy), tengi yo‘q, ko‘p tarmoqli, oliy ma’lumotli, och qizil,
qorni to‘q, to‘q qizil, to‘la huquqli, chala mulla, yarim avtomat, bir tomonlama,
ikki qavatli, yuqori hosilli (dala), uzun tolali (paxta), yoshi ulug’ (inson), gapga
usta (odam), oqishdan kelgan (yigit).
•
juft sifatlar
quyidagicha yasaladi: 1) qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan: katta-
kichik, uzun-qisqa, maza-bemaza, sezilar-sezilmas, bilinar-bilinmas, kirdi-
chiqdi; 2) sinonim ko‘rinishdagi so‘zlardan: erka-arzanda, boy-badavlat, sog’-
salomat, uzuq-yuluq, ola-chipor, soya-salqin, mo‘min-qobil, xor-zor; 3) yaqin
ma’noli so‘zlardan: och-nahor, shaldir-shuldir, o‘ydim-chuqur, och-nochor,
nozik-nihol, ola-quroq, kuydi-pishdi.
Sifatlarning
juft shakli
asosan antonimlardan hosil bo‘ladi va umumlashtirish
ma’nosini bildiradi: yaxshi-yomon (gap), katta-kichik (bolalar). Juft sifatlar chiziqcha
bilan yoziladi, -u, -yu yuklamalari bilan bog‘lansa, chiziqcha qo‘yilmaydi: yakkayu
yakka farzand.
3. So‘zlarni takrorlash bilan ham sifatlar yasaladi: bu usul yordamida sanoqli
miqdordagi sifatlargina yasaladi: yo‘l-yo‘l (ko‘ylak), manman (odam), shiqshiq
(tugma), liplip (chiroq), chaqchaq (odam).
Sifatlarning
Dostları ilə paylaş: