O'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik
Rahbarlik qilish qo’l ostidagi xodimlarga topshiriqlar berish, jamoa ahvolini tahlil qilish, qo’l ostidagi xodimlarning ishini baholash, taqdirlash va jazolash haqida qarorlar qabul qilish, xodimlarni xabardor qilish, nizoli vaziyatlarni hal qilishni va h. k. ko’zda tutadi.
Boshqaruv jarayonida, ayni paytda, turli boshqaruv turkumlari ishi amalga oshiriladi. Kimdir mashg`ulotlar jadvaliga tuzatishlar kiritishi, kimdir o’qituvchining ishini nazorat qilib borishi, yana kimdir pedagogika kengashining ish rejasini muhokama qilishi mumkin
Masalan, ta’lim tashkilotida o’quv-tarbiya jarayonini boshqarishning umumiy turkumida boshlanQich va umumiy o’rta ta’limni rejalashtirish, tashkil etish, unga rahbarlik va uni nazorat etish turkumlari ajratib ko’rsatiladi. Bu turkumlar ham, o’z navbatida, murakkab tuzilmaga ega.
Masalan, boshlang`ich ta’limni boshqarish turkumi ichida va ayrim sinflar, predmetlarni o’rganishni rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish turkumlari ajratiladi
Ta’lim tashkilotini boshqarishda bitta emas, balki ko’plab boshqaruv turkumlari amalga oshiriladi. Bu turkumlar ierarxik tuzilmaga ega — xususiy turkumlar nisbatan umumiylari tarkibiga kiradi.
a) o'z yo'nalishi bo'yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma'lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha kurslarni tugatganlik; b) xorijiy tillardan birining boshlang'ich bosqichini va axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi; v) uch yildan kam bo'lmagan ish staji.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti rahbarining Malaka talablari:
. Maktabgacha ta'lim muassasasida
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish tarbiyalash bo'yicha ishni
mehnat jamoasi, maktabgacha ta'lim muassasasi kengashining
faollari ishtirokida ma'muriyat amalga oshiradi.
Maktabgacha
ta'lim muassasasi rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini,
umumiy ta'lim mahoratini, umumiy ta'lim va madaniy
darajasini muntazam o'stirib borishiga g'amxo'rlik qiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri Maktabgacha
ta'limni boshqarish organlari tomonidan oliy ma'lumotga
va 3 yildan kam bo'lmagan pedagogik ish stajiga ega bo'lgan
shaxslardan tayinlanadi.
Maktabgacha ta`lim tashklotini boshqarish, rejalashtirish va tashkil qilish ishini bajarish tufayli ta’lim tashkiloti jamoasi a’zolarining kuch-g`ayratini samarali birlashtirish uchun zarur, ammo yetarli bo’lmagan shart-sharoit yaratiladi.
Amaliyotdan shu narsa ma’lumki, odamlar real bajarayotgan ishlar ularga qo’yilayotgan rasmiy talablarga har doim ham mos kelavermaydi. Ijtimoiy tashkilotlarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularga kiruvchi odamlar o’z sabablariga ega bo’lgan holda, o’z oldilariga o’zlari maqsad qo’yishga qodirdirlar.
Ular nimanidir qilishni xohlashlari va xohlamasliklari va shunga qarab ishlashlari mumkin. Odamlar tashkilotga kelgach, u o’zlarining manfaatlarini amalga oshirish imkonini berishini xohlashadi. Bu hol yuz bermasa, ular yo tashkilotdan ketadilar yoki salohiyatlari va iqtidorlarini ishga to’liq safarbar etmaydilar.
Birgalikdagi faoliyat yaxshi rejalashtirilgan va uyushtirilgan bo’lsa, ijrochilar bu jarayonga tuzatish kiritishni talab qiladigan qandaydir ichki va tashqi shart-sharoit o’zgarmagunga qadar nimani, qaerda va qay yo’sinda bajarishlarini bilishgandagina u muvaffaqiyatli kechadi. Bu o’zgarishlar rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish uchun xavf tuxdirishi yoki, aksincha, qandaydir yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin.
Boshqaruv yuz berayotgan o’zgarishlarga o’z vaqtida munosabat bildirishi, buning uchun esa bu haqda axborotga ega bo’lishi lozim. Bunday axborotni olish va ishning borishiga tuzatish kiritish zarurligini aniqlash uchun nazorat qilish deb ataladigan maxsus boshqaruv harakatini amalga oshirish zarur.
Boshqaruv nazorat tufayli o’zi usiz faoliyat yuritmaydigan eng muhim tarkibiy qism — qayta aloqaga ega bo’ladi. Nazorat boshqaruvning «ko’zini ravshan» va o’zgarishlarga nisbatan ta’sirchan qiladi. Ushbu o’zgarishlarga munosabat esa rejalashtirish, tashkil etish va rahbarlik qilish orqali amalga oshiriladi. Natijada boshqaruv davrasi yopiq holga keladi.
Rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish va nazorat qilish murakkab tuzilmaga ega bo’lib, o’zi ham ko’plab boshqa ishlardan tashkil topadi. Masalan, u rejalashtirish, vaziyatni tahlil etish, prognozlash, maqsad qo’yish, samaradorlikni baholash, ish rejasining biron-bir variantini tanlash haqida qaror qabul qilish kabilarni o’z ichiga olishi mumkin.